O’zbekisтon respublikasi oliy va o’rтa maхsus тa’lim vazirligi тoshkenт davlaт iqтisodiyoт universiтeтi
Download 224.77 Kb.
|
Ахмедов Н Курс иши Масофавий хизмат
STK-banking, mijozning sim-kartasi «qayta yuklanadi» va uning mobil telefonida bank xizmatlarini ko’rsatish qo’shimcha menyusi paydo bo’ladi.
JAVA-banking, mijozning mobil telefoniga JAVA-ilovalarni o’rnatish orqali GPRS protokoli bo’yicha bank xizmatlarini ko’rsatishni o’z ichiga oladi. NFC-banking (Near Fieald Communication) – 2-5 sm oralig’ida ishlaydigan radiotarmoq orqali foydalaniladi. Bunda maxsus chip sotuvchining terminalida joylashtiriladi va mijoz to’lovini o’tkazmoqchi bo’lganida o’z mobil telefonini ushbu terminalga yaqinlashtiradi, maxsus identifikatsion raqamlarni teradi va to’lovni amalga oshiradi. Hozirgi kundagi barcha mavjud masofaviy bank xizmatlarini ko’rsatuvchi zamonaviy bank texnologiyalaridan O’zbekiston Respublikasi tijorat banklari Internet banking, Mobil banking, Bank-mijoz turlaridan keng foydalanadilar. Masofaviy bank xizmatlarini (mobil-banking, internet-banking) keng joriy qilish, o’z navbatida, yangi bank xizmatlari bo’yicha tegishli marketing ishlarini olib borilishini taqozo etadi. Xorijiy amaliyotda, internetning interaktiv imkoniyatlaridan foydalanuvchi banklar ijtimoiy tarmoqlarda faol reklama kompaniyalarini olib boradilar. Respublikada faoliyat yuritayotgan tijorat banklari ijtimoiy tarmoqlardan bank mahsulotlari va xizmatlari bo’yicha marketing ishlarini olib borish uchun foydalanishmoqda. Banklar tomonidan (Hamkorbank, Universalbank, Kapitalbank, Agrobank) ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirilgan akkauntlar bank mahsuloti va xizmatlari bo’yicha marketing ishlarini olib borishning asosiy vositasi bo’lib, mijozlar bilan o’zaro aloqa o’rnatish, mijoz to’g’risida kerakli ma’lumotni yig’ish, mijozlarni qo’llab quvvatlash sifatini oshirish uchun xizmat qilmoqda. Markaziy bank tomonidan O’zbekiston banklari assotsiatsiyasi hamda O’zbekiston Respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari Davlat qo’mitasi (hozirgi vazirlik) bilan kelishilgan «Ko’rsatilayotgan bank xizmatlarining sifati va ko’lamini axborot-aloqa texnologiyalarni keng qo’llagan holda kengaytirish bo’yicha chora-tadbirlar majmuasi hamda bank hisob varaqlarini masofadan boshqarish tizimlari (bank-mijoz, internet banking, mobil-banking, sms-banking va boshqalar)ni respublika miqyosida doimiy kengaytirib borishga doir maqsadli ko’rsatkichlar rejasi tasdiqlangan.
Download 224.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling