O’zbеkistоn rеspublikasi оliy va o’rta maхsus ta’lim vazirligi urganch davlat univеrsitеti fizika-matematika fakultеti


Download 0.86 Mb.
bet2/11
Sana08.01.2022
Hajmi0.86 Mb.
#248454
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
9363 ishchi2020 21(мехмонхона)

Tuzuvchi: Hajiev U.
Taqrizchi: dots. Sharipov M.

Kafedra mudiri: dоts. Madatov X.

Axborot kommunikatsiya texnologiyalari va tizimlari fani ishchi dasturi Fizika-matematika fakultеti kеngashida ko’rib chiqilgan va ma’qullangan. «__ » _________ 2020 yildagi №1-sоnli bayonnоma


Fizika-matematika fakul’teti dekani: dоts. Hujamov J.

1. KIRISH

Turizm sohasida mutaxassislarni tayyorlash zamonaviy axborot texnologiyalaridan chuqur bilimlarga ega bo‘lishlarini hamda ular yordamida iqtisodiy va xizmat ko‘rsatish sohasidagi masalalarini echa olishlarini taqozo etadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining mamlakatimizni 2018- yilda ijtimoiy-iqtisodiy ivojlantirish yakunlari va 2019-yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma’ruzada ta’kidlaganlaridek, — «Jahon tajribasi shundan dalolat beradiki, ayni paytda global iqtisodiyotda kompьyuter va telekommunikatsiya texnologiyalari, dasturiy ta’minot maxsulotlarini ishlab chi.arish va ular asosida keng turdagi interfaol xizmatlar ko‘rsatishni o‘z ichiga olgan axborot- kommunikatsiya texnologiyalari sohasining roli va ahamiyati tobora ortib bormoqda.».

«Turizmda axborot texnologiyalari» fani doirasida talabalarga turizm va servis sohasida axborot texnologiyalarini qo‘llashda va joriy etishda bilimlar berish bilan bir qatorda ularda tizimli yondashuvni shakllantirishdan iborat. SHu bois ushbu fan axborot texnologiyalari va unda amaliy dasturlar paketi bilan ishlashni o‘rganish va turizmda avtomatlashtirilgan ish joylarida mavjud axborot tizimlarining integratsiyasini tahlil qilishga qaratilgan.

Fanning maqsadi - “Turizmda axborot texnologiyalari” fanining o‘qitish jarayonida talabalar zamonaviy kompьyuterlarga doir bilimlarni o‘zlashtirgan holda o‘z mutaxassisligi bo‘yicha echiladigan masalalarga ularni tadbiq qilish ko‘nikmasini xosil qilish.

Fanning vazifasi - “Turizmda axborot texnologiyalari” fanining asosiy vazifasi – uni o‘rganuvchilarga talabalar tomonidan turizm va mehmonxona sohasida qo‘llaniladigan axborot texnologiyalarini mavjud fanlar doirasida tadbiq qilishi, boshqaruv jarayonlarida shaxsiy kompьyuterlardan foydalanishning nazariy asoslari va ularni milliy iqtisodiyotning turli tarmoq va sohalariga tadbiq qilish usullarini o‘rgatish.

Fan bo‘yicha talabalarning bilim malaka va ko‘nikmalariga quyidagi talablar qo‘yiladi. Talaba:

- bronlash tizimlarida ishlash asoslari;

- turizm va mehmonxonada dasturiy ta’minot tasnifi;

- turistik faoliyatni tashkillashtirishning axborot ta’minoti;

- xizmat sohasi, mehmonxona va turistik faoliyatda axborot texnologiyalarini qo‘llash istiqbollari;

- Internetdan foydalanish yo‘llari;

- turizm faoliyatiga qaratilgan Internet resurslari;

- turizm faoliyatida elektron tijorat;

- elektron turistik biznes modeli;

- turizm korxonasi ofis ishini avtomatlashtirish;

- turistik buyurtmalarni qayta ishlash tizimlari haqida tasavvurga ega bo‘lishi;

- turizmda ma’lumotli reklamani;

- turizmni boshqarishda avtomatlashtirilgan axborot tizimlarni;

- turizmni tashkillashtirishda geoaxborot texnologiyalarni;

- turistik faoliyat, mehmonxona va xizmat ko‘rsatish sohalari uchun ma’lumotlar bazasini yaratish texnologiyalarini bilishi va ulardan foydalana olishi;

- xizmat ko‘rsatish sohasidagi masalalarni echishda zamonaviy axborot texnologiyalarini qo‘llash;

- dasturlar paketi yordamida iqtisodiy ma’lumotlarni qayta ishlashni;

- global Internet tarmoqi uchun axborotlarni shakllantirish va ularni joylashtirish;

- turizm va mehmonxona xo‘jaligiga doir masalalarni echishda ofis ilovalaridan foydalanish;


- lokal va global kompьyuter tarmoqlarida axborotlarni qidirish hamda tahlil qilish;

- turizm va mehmonxona biznesini avtomatlashtirish jarayonini ishlab chiqish hamda joriy etish;

- ixtisoslashtirilgan dasturiy ta’minotlar bilan ishlash ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak.


Download 0.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling