A'lo 5 ball bilan baholanadi:
- savolga atroflicha, aniq va to‘gri javoblar yozilgan bo‘lsa;
- o‘quv rejadan tashqari (zamonaviy) materiallardan xabardorligi bilinib tursa;
- qonun va qoidalar, nazariyalar, tushunchalar va tasavvurlar, formula va reaksiya tenglamalari to‘gri va aniq yozilgan bo‘lsa;
- bayonda ilmiy xatoliklarga yo‘l qo‘yilmay, material mazmunining ilmiy va mantiqiyligi saqlangan holda puxta yozilgan bo‘lsa;
- bayonda orfografik va grammatik kamchiliklar uchramasa.
Yaxshi 4 ball bilan baholanadi:
- savolga yozilgan javoblar o‘quv dasturi talablari doirasi bilan cheklangan, ammo to‘gri bo‘lsa;
- javobda ilmiylik buzilmagan, bayon mazmunida mantiq saqlangan bo‘lsa;
- qonun-qoida, nazariya, tushuncha va tasavvurlar bayonida, formula va reaksiya tenglamalarida xatoliklar uchramasa;
-bayonda orfografik va grammatik xatolar uchramasa.
Qoniqarli 3 ball bilan baholanadi:
-savolga javob o‘quv dasturi talablariga mos kelmasa, ya'ni tor doirada yoritilgan bo‘lsa;
-qonun-qoida, nazariya, tushuncha va tasavvurlar bayonida, formula va reaksiya tenglamalarida ba'zi xatoliklar uchrasa;
-bayonda ba'zi orfografik va grammatik xatolar uchrasa.
Do'stlaringiz bilan baham: |