O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta mahsus ta’lim vazirligi Urganch Davlat universiteti Pedagogika fakulteti


Download 209.76 Kb.
bet1/7
Sana11.02.2023
Hajmi209.76 Kb.
#1188825
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Mundarija


O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta mahsus ta’lim vazirligi
Urganch Davlat universiteti Pedagogika fakulteti
5112100-texnologik ta’lim yo`nalishi talabasi
Normetova Zilola Muxiddin qizining
Texnologik ta’lim metodikasi”
fanidan bajargan


KURS ISHI
Mavzu:
Topshirdi: Normetova Zilola
Qabul qildi:
Urganch – 2023
Mundarija
Kirish
1.bob. Mehnat taʼlimi darslarini innovatsion texnologiyalar asosida tashkil etishning shakl va metodlari
1.1. Innovatsion texnologiyalar asosida mashgʻulotlarni tashkillashtirish hususiyatlari
1.2. Umumiy oʻrta taʼlim maktablarida oʻqitishni innovatsion texnologiyalar asosida tashkil qilishning shakl va metodlariga qoʻyiladigan zamonaviy talablar
1.3. Mehnat taʼlimi darslarida innovatsion texnologiyalarni tadbiq etishning shakl, metod va vositalari
2.bob. O’simliklardan olinadigan tabiiy tolali gazlamalar va ularning xususiyatlari” mavzusini o’qitishda pedogogik va axborot texnologiyalarini qo’llash
2.1. Tabiiy tolalar tasnifi va ularning turlari o’rganish
2.2 O’sikliklardan olinadigan tolalar gazlamalarning tola turkumlanishi, olinishi, tarkibi va xossalar
Xulosa
Foydalangan adabiyotlar ro’yxati


Kirish
Yurtimizda sogʻlom va barkamol avlodni voyaga yetkazish borasidagi ishlarni yangi bosqichga koʻtarishda, ayniqsa taʼlim tizimini isloh qilishda “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonun hamda “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ning qabul qilinishi muhim ahamiyatga ega boʻldi. Bu bilan mamlakatimizda taʼlim tizimini tubdan isloh qilishda, uning sifati va samaradorligini oshirishda, zamonaviy mutaxassis kadrlarni tarbiyalashda demokratik va dunyoviy mazmunga ega boʻlgan koʻp bosqichli, uzluksiz taʼlim tizimini shakllantirishda qonuniy asosi yaratildi.
Uzluksiz taʼlimning turli boʻgʻinlarida oʻquv-tarbiyaviy jarayonning maqsadlari, mazmuni, metodlari, vositalari va tashkiliy shakllari bilan bogʻliq haqiqiy pedagogik va didaktik muammolar istiqbolini aniqlash hamda samarali yechimlarni topish boʻyicha bugungi kunda turli ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Hozirgi davrda ishlab chiqarishda yangi texnika va texnologiyalarning joriy etilayotganligi, ilm va fanning jadal taraqqiyoti mutaxasssis kadrlardan oʻz bilimlarini mustaqil va muntazam ravishda chuqurlashtirib, yangilab, toʻldirib va kengaytirib borishni talab etadi.
“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ni amalga oshirish jarayonida va mustaqil fikrlovchi barkamol avlodni shakllanishini taʼminlaydi.
Taʼlim jarayoniga zamonaviy pedagogik texnologiyalar va interfaol oʻqitish texnologiyalarini qoʻllash orqali boʻlajak mutaxassislarning ijodiy fikrlash, mustaqil qaror qabul qilish, yangi bilimlarni mustaqil egallash qobiliyatini rivojlantirishga erishish mumkin. Chunki oʻzgaruvchan bozor iqtisodiyoti sharoitida faqatgina mustaqil fikrlash qobiliyatiga ega boʻlgan, tadbirkor shaxsgina oʻz muammolarini oʻzi hal qila oladi va jamiyatda oʻz mavqeiga ega boʻladi. Bunday qobiliyat esa taʼlim muassasalarida,mehnat taʼlimi darslarida shakllantiriladi.
Taʼlimning sifatiga qoʻyiladigan talablarning oshib borishi uzluksiz talim tizimini rivojlantirishning dolzarb muammosi va talabiga aylanib, taʼlim mazmunini yangilashning fundamental prinsiplariga, yaxlitligiga, izchilligiga va amaliyotga yoʻnaltirilganligiga asoslangan muhim omili boʻlib qolmoqda.
Zamonaviy taʼlimning maqsadi kasbiy, mutaxassislik salohiyati yuqori darajada boʻlgan, ijtimoiy jihatdan faol, mustaqil ijodkor shaxsini shakllantirish uchun shart-sharoitlarni yanada rivojlantirishdan iborat.

Download 209.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling