O’zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o’rtа mахsus tа’lim vаzirligi


Download 2.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/183
Sana02.08.2023
Hajmi2.51 Mb.
#1664654
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   183
Bog'liq
tibbiyot kasbiga kirish (4)

Nazorat savollari 
1. Terapevtik ovqatlanishning asosiy tamoyillari? 
2. Balansli dietaning formulasi? 
3. Terapevtik parxez. 
4. Oshqozonning sekretor funktsiyasini oshiradigan duodenal yarada qanday 
ovqatlanish belgilanadi. 
5. Ogir bemorlarni ovqatlantirish. 
1.18. Nafas tizimi kasalliklari bilan kasallangan bemorlarni 
parvarishi va ularning nazorati 
Pulmonologiya (lot. pulmo –o‘pka grek. logos- ta‘limot) ichki kasalliklar 
bo‘limi bo‘lib, nafas organlari kasalliklari tashhisi, davolanishi va profilaktik 
tadbirlar o‘tkazishni o‘rganadi. 
Nafas organlari kasalliklari bilan og‘rigan bemorlarni ko‘zdan kechirish 
va parvarishi 2 yo‘nlishda olib boriladi. 
Umumiy tadbir- har qanday kasallik bilan kasallangan bemorlarda 
quydagi parvarish va kuzatuv olib boriladi.
 bemorni umumiy ahvolini ko‘zdan kechirish
 termometriya
 arterial qon bosimi va puls nazorati 
 harorat varaqasini to‘ldirish 
 bemorning shaxsiy gigeyanasiga rioya qilish
 tubak tutish 


80 
Maxsus tadbirlar - bu nafas organlari kasalligi simptomlari (xansirash, 
yo‘tal, qon qusish va og‘riq) bilan og‘rigan bemorlarni kuzatish va parvarish 
qilish choralaridir. 
1.19. Nafas olish tizimi kasalliklarining belgilari 
Dyspnoe - Harsillash (Nafas olishni qiyinlashishi) Nafas olish – bu tashqi 
muhitdan kislorodning avval o'pkaga, keyin qonga, so'ngra butun organizmning 
a'zo va to'qimalariga kelishi, hamda organizmdan karbonat angidrid gazini 
chiqarilishi bilan bog'liq jarayondir. Harsillash (grek.dys - qiyinlashish, pnoe - 
nafas) nafas tezligini susayishi, nafas olish qiyinlashuvi, havo etishmasligi, 
chuqur nafas olib chiqarishni buzilishi, nafas muskullari faoliyatini ortishida 
namoyon bo'ladi, bemor bug'ilib havo etishmayotganini his qiladi. Shuningdek, 
harsillash - yurak, o'pka, asab, plevra kasalliklarida, kamqonlikda ham uchrashi 
mumkin. 
Nafas harakatlari tezligiga ko'ra harsillash ikki turga ajratiladi: Tachypnoe - 
Tez–tez yuza nafas olish (1minutda 20dan ziyod) Nafas siqilishining bir turi, 
nevroz, ba'zi yurak va endokrin kasalliklarida uchraydi. Ko'pincha o'pka 
yallig'lanishi (masalan, pnevmoniyada) lixoradka, qon kasalliklari (masalan, 
kamqonlikda) kuzatiladi. Nafas tezligi jazavani eslato'vchi holatida minutda 60-
80 dan oshishi mumkin, bunday tez tez nafas olishni ―Holdan toygan, sillasi 
qurigan hayvon nafas olishi‖ deyiladi.
Bradynoe – haddan tashqari sekin nafas olish, nafasi ichiga tushib ketish 
holati (1minutda 16dan kam) Qandli diabet kasalligida modda almashinuvi 
nordon mahsulotlar qonda to'planishi (atsidoz) va diabetik komada nafas 
markazi ezilishi, to'qimalarda kislorodni kamayishini davomli, og'ir holati 
(masalan yurak etishmovchiligi sababli)da, miya po'stlog'i, bosh miya kasal-
liklari(miyaga qon quyilishi,miyadagi xavfli o'sma)da kuzatiladi.Nafas faza 
(davrlari)si buzilishiga ko'ra harsillash quyidagi turlarga ajratiladi. 
 


81 
Inspirator harsillash nafas olishning qiyinlashishi, hiqildoq va kekirdak 
teshiklarini difteriya pardalari bug'ib qo'yganda yoki o'sma, poliplar siqib 
qo'yganda ro'y beradi. 
Ekspirator harsillash nafas qisishi sababli olingan havoni tashqariga 
chiqarib yuborishni qiyinlashuvi, bu holat nafas yo'llari ichida shilliq bo'lganda 
kuzatiladi.
Issiqdan harsillash tashqi muhit harorati ko'tarilganda nafas olishni 
tezlashishi bo'lib, issiq havo tana haroratini turg'un holda saqlashga xizmat 
qiladi.
Aralash harsillash nafas qisishi sababli nafas olish va chiqarishning 
qiyinlashishi, bu o'pka nafas olish yuzasining kichrayib qolishiga bog'liq. 
Nafas ritmi o'lchoviga ko'ra harsillash quyidagi asosiy shakl (―davriy 
nafas‖deyiladi) larda farqlanadi: Nafas qisilishi astma yoki bug'ilish 
(grek.asthma – og'ir qisqa nafas) - harsillashning turlicha o'tkir xurujini umumiy 
nomi. Nafas yo'llari og'rig'i sababli o'pkadagi bug'ilish xuruji ro'y 
berishi(bronxial astma) nafas yo'llari bug'ilishi deyiladi. Qon aylanishida qon 
harakatining susayib yoki qotib qolishi yurak qisilishi (astma)ni avj oldiradi. 
Bemorda nafas qisishi yoki entikib qolish ro'y berganda hamshira zudlik bilan 
davolovchi shifokorga bemorning harsillash turini, nafas tezligini o'zi kuzatgan 
holatni etkazib, bemor engil tortishi choralarini ko'radi. Bemor atrofida sokin, 
osoyishtalik muhitini yaratib, bemor va uning atrofdagilarini tinchlantiradi. 
Bemorga yarim o'tirgan holatida boshini ko'tarib, krovatga suyantirib boshi 
va bo`yni ko'taradigan yostiq qo'yishga yordam beradi, siqib turgan kiyimlarini 
echib, ustidagi og'ir ko'rpani olib qo'yiladi. Xonada oynasini qiya qilib ochib 
qo'yilsa toza havo kirib turishi ta'minlanadi. 
Nafasi qisilgan bemorga shifokor tavsiyasiga ko'ra cho'ntak ingolyatori 
be-riladi, nafas yo'lini sun'iy ochish uchun undan qanday foydalanishni 
ko'rsatiladi. Nafas yo'llari bug'ilishida cho'ntak ingolyatoridan foydalanish 
uchun: suyuqlik (aerozol) ballonchasi og'zidan himoya qadpoqchasi 


82 
olinib ,balloncha tepadan pastga qarab aylantirilib silkitiladi va bemordan 
chuqur nafas chiqarishini so'raladi. Bemorga chuqur nafas olishidan oldin 
balloncha og'zini labida qisib, balloncha klapanini bosish, chuqur nafas olish va 
bir necha soniya nafasni ushlab turishni tushuntirish lozim. Shundan so'ng 
bemor og'zidan ballonchani uzoqlashtiradi, sekin asta nafas chiqaradi. 
Ballonchadagi dori suyuqligi miqdorini, har qancha vaqtda foydalanishni 
davolovchi shifokor aniqlaydi. Glyukokartikoid garmoni bilan nafas olgan 
bemor og'iz bo'shlig'i infektsiyasi oldini olish uchun og'zini chayib tashlashi 
kerak. Glyukokartikoidlar - buyrak usti bezi po'stlog'i gormoni bo'lib, 
prednizolon, prednizon va boshqalar glyukokartikoidlarning sintetik analogi 
hisoblanadi.
Yo'tal – murakkab reflektor jarayon, ko'krak bo'shlig'i pardasi va nafas 
yo'llari retseptorlari qo'zg'alishida vujudga keladi. Yo'tal refleksi nafas 
yo'llarining turli omillari – shilimshiqlar, bronxlar qisqarishi, siqilishi, og'iz 
bo'shlig'i qatlami shilliq qurishi, tana yot jismlari yoki nafas yo'llari tuzilishidagi 
o'zgarishlar ta'sirida paydo bo'ladi. Yo'talning fiziologik faoliyati nafas yo'llariga 
tashqidan tushgan moddalar, turli bezlar ishlab chiqaradigan suyuqliklardan 
tozalashdan iborat. Yo'tal turtkisi birdaniga qattiq nafas chiqarish natijasida 
ko'krak qafasi devorini turtilishi yoki tovush boylamlari chuqurchasida tiqilib 
qolgan nafas to'satdan ho'l balg'am (qoqiriq) va tana yot jismlari havosi bilan 
birga og'izdan chiqib ketishini tashkil qiladi. 
Yutal paydo bulish sabablari kuyidagilar:
Nafas yullari yalliglanish kasalliklari: laringit, traxeit, bronxit, bronxiolit, 
bronxial astma, zotiljam, upka abstsessi va boshkalar.
Organizmga allergenlar (usimliklar changi, chang xasharotlari, kir yuvish 
kukuni) kirishiga immun javob.
Yurak kon tomir tizimi kasalliklaridagi kichik kon aylanish doirasida 
dimlanish sabablari – yurak nuksonlari, yurak ishemik kasalligi, dilyatatsion 
kardiomiopatiya va boshkalar.


83 
Mexanik 
ta'sirlanish 
sabablari 
– 
pnevmokoniozlar, 
bronxlar 
o`tkazuvchanligini o`sma bilan bosilishi, yot jism tiqilib qolishi xisobiga yuzaga 
keladi.
Pnevmokoniozlar – uzoq vakt davomida ishlab chikarish changlarini xisobiga 
yuzaga keluvchi kasb kasalliklari guruxidir. 

Download 2.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling