O’zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o’rtа mахsus tа’lim vаzirligi


Download 2.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet141/183
Sana02.08.2023
Hajmi2.51 Mb.
#1664654
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   183
Bog'liq
tibbiyot kasbiga kirish (4)

Nazоrat savоllari: 
1. Tеrminal хоlat nima?
2. Tеrminal хоlatlarni qanday ko‘rinishlarini bilasiz?
3. Tеrminal хоlatlarni qanday asоsiy bеlgilari va simptоmlarini bilasiz? 
4. Tеrminal хоlatlar qanday diagnоstika qilinadi?
5. Klinik o‘lim nima?
6. Klinik o‘limning qanday bеlgilari sizga ma‘lum?
7. Biоlоgik o‘lim nima?
8. Biоlоgik o‘limning qanday bеlgilari sizga ma‘lum?
9. Rеanimatsiоn chоra-tadbirlar o‘tkazish uchun qanday ko‘rsatmalarni bilasiz?
 


326 
IV BOB. BOLALAR XIRURGIYASIDA BEMOR PARVARISHI 
4.1. Xirurgik bemorlarning o’ziga xos hususiyatlari, ularni qabul qilishda 
shifokorning tutgan o’rni 
Bolalar xirurgiyasi pediatriya sohasidagi klinik fanlar orasida alohida o‘rin 
egallab turadi. Bolalar xirurgiyasi ikki fan: xirurgiya va pediatriya asosida
tug‘ilgandan 18 yoshga qadar bolalarda uchraydigan xirurgik kasalliklarni 
davolash bilan shug‘ullanadi. Ularga xar xil, oddiydan murakkabgacha, terini 
kesishdan a‘zolarni ko‘chirishgacha bo‘lgan jarroxlik amaliyotlari o‘tkaziladi. 
Davoni natijasi ko‘p hollarda bemor bolalarni operatsiya oldi va operatsiyadan 
keyingi davrda parvarishlashni to‘g‘ri tashkil qilishiga bog‘liq. Bemordagi 
klinik holatni chuqur va to‘g‘ri bilish uchun bemorning yoshiga doir 
xususiyatlarni bilishi lozim. Ayniqsa bu yosh davrdagi bemor bolalarga 
ta‘aluqli. 
Bolalarni tanasi va a‘zolarini anatomik va fiziologik tuzilishi kattalardan 
farq qiladi. Shu sababli kasalliklarni kechishida ham ko‘p farqlarga olib keladi. 
Shifokorlar ushbu xususiyatlarni bilishlari va tushunishlari kerak. Alifboni 
bilmasa xikoyani o‘qib bo‘lmasday, bolalarni anatomik va fiziologik 
xususiyatini bilmasa, ulardagi kasalliklarni tushunish va davolash mumkin emas. 
Yangi tug‘ilgan chaqaloqni terisi nozik bo‘ladi, u oson shikastlanishi 
mumkin. Bolada terining himoya funktsiyasi yetarlicha emas va shu sababli tez 
shikastlanib infektsiyalar uchun kirish darvoza bo‘lishi mumkin. Chaqaloq va 
yosh bolalarni teri qavatini noto‘g‘ri yoki sifatsiz parvarish qilinsa, bolalarni 
terisida xar xil yallig‘lanish jarayonlari va kasalliklar, ularni asoratlari 
(flegmona, abtsess, sepsis va h.o.) paydo bo‘lishi mumkin. 
Bolalar, ayniqsa kichik yoshdagi, ularni asab tizimi to‘liq 
rivojlanmaganligi sababli ularda infektsiya, intoksikatsiya, og‘riq, psixologik 
shikastlarga umumlashtirilgan o‘ziga hos reaktsiyaga ega. Shu sababli bolalarda 
mahalliy belgilar ko‘rinmasdan, umumiy belgilar (tana haroratini oshishi, ichi 
ketishi, qayt etishi) yuzaga keladi. Shu bilan birga bolalarda (ayniqsa 5 


327 
yoshgacha) asab tizimining kompensator reaktsiyalarning yo‘qotilishi kuzatiladi. 
Bola og‘riqni qiyinchilik bilan anglaydi. 
Bolaning ruxiy yetilmaganligi o‘zini salbiy tutishiga, (dissimulyatsiya) 
kasalligini belgillarini bekitishga olib keladi. 
Bolani organizmini asosiy hususiyatlaridan doimiy o‘sish va rivojlanish: 
tug‘ilishdan 14-18 yoshigacha bolalar organizmida o‘zgarishlar kuzatiladi, 
chaqaloqlarda ushbu jarayonlar kuchliroq kuzatiladi. 
Bolalar organizmini a‘zo va tizimlarini yetilishi xar xil yosh davrlarida 
amalga oshadi. Ularning funktsional holati va umumiy jismoniy rivoji qator 
o‘zgarishlarga uchraydi. Bolalarni anatomik va fiziologik hususiyatlariga ko‘ra 
ularda xirurgik kasalliklarni kechishi kattalardan farq qiladi. Bolalar organizmini 
tuzilishi, a‘zo va tizimlarni funktsiyalarini xususiyatlari ularni parvarishiga 
aloqasi borligini e‘tiborga olish kerak. O‘sish omili shifokorning olib boradigan 
davosiga ta‘sirini belgilaydi. Ayrim hollarda ushbu omillar davoga teskari, 
ayrim hollarda aksincha foydali ta‘sir etishlari mumkin.
Masalan, suyak sinishi (uzunasiga va bo‘ylamasiga suyak sinib siljishi) 
natijasidagi qo‘l-oyoqdagi qiyshayishlar bola o‘sishi bilan to‘g‘rilanib ketadi va 
operatsiya talab etmaydi. Shuningdek erta yoshda bo‘lgan axamiyatsiz
ko‘ringan kichik shikastlanishlar yoki epifizar o‘suvchi sohani infektsion 
zararlanishi (osteomielit) keyinchalik bola o‘sishi davrida qiyin bartaraf 
etiladigan kasallikka aylanishi mumkin. Yana misol: bola to‘qimalarini yahshi 
rivojlanmaganligi va davom etuvchi o‘sishi tug‘ma deformatsiyalarni 
kesmasdan yoki engil manipulyatsiyalar yordamida to‘g‘rilashga imkon 
tug‘diradi, vaholanki kattalarda bu usullar naf bermaydi. Yassi oyoqlik erta 
bosqichida bosqichli yumshoq boylamlar va shinalar; displaziya va tug‘ma son 
chiqishlari ham erta bosqichida funktsional shinalar va gimnastikalar yordamida 
davolanadi.
Bolalarda ularning anatomik va fiziologik hususiyatlari hisobiga faqat 
ularga hos kasalliklar uchraydi. Ularni orasida omfalit (kindik atrofi 


328 
to‘qimalarini yallag‘lanishi) va flegmonani mahsus turi (chaqaloqlar nekrotik 
flegmonasi). 
Chaqaloqlarda ayrim a‘zo va to‘qimalar funktsiyalarini vaqtinchalik 
buzilishlari katta axamiyatga ega. Ushbu holatlar yoki sindromlar shoshilinch 
xirurgik muolajalarni talab etadigan klinik ko‘rinishlari og‘ir kasalliklar va 
nuqsonlarni eslatadi. Lekin ba‘zan ushbu holatlar o‘zidan o‘zi yo‘qoladi yoki 
konservativ davolanadi. Masalan, ichak disfunktsiyasi, halaziya yoki ahalaziya 
chala tug‘ilgan chaqaloqlarda uchraydi va qusish boshqa hazm qilish a‘zolari 
o‘tkazuvchanligini buzilishi bilan xarakterlanadi. Operativ davo bu holatda 
yordam bermaydi, balki konservativ davo (kyuvezda saqlash, vitaminterapiya, 
gormonterapiya) yahshi natija beradi. Shunday qilib bolalar jarrohi organic va 
funktsional o‘zgarishlarni bir-biridan ajratishda ma‘lum bir qiyinchiliklarga 
duch keladi.
Yuqorida bayon etilganlar bola organizmining anatomo-fiziologik 
ko‘rinish hususiyatlarini namoyon etib, bolalar xirurgiyasi o‘rnini belgilaydi. 
Qolgan to‘liq ma‘lumotlar amaliy mashg‘ulotlarda o‘tiladi.

Download 2.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling