CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES (CARJIS)
Google Scholar
ISSN:2181-2454
www.carjis.org
VOLUME 1 | ISSUE 3 | 2021
Tashkent, Uzbekistan 298 E-mail: carjisor@carjis.org
O‘QUV MASHG‘ULOT GURUHLARIDA UMUMIY VA MAXSUS
JISMONIY TAYYORGARLIK DAVRIDA JISMONIY YUKLAMALARNI
ME’YORLASHTIRISH
I.Mirzatillayev
O„zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti
A.Baratov
O„zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti
Z.Saydqulov
O„zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti
B.Aqmonov
O„zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti
B.Xaydarov
O„zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti
ANNOTATSIYA
O„zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so„ng jismoniy tarbiya va
sportning rivojlantirilishiga katta e‟tibor qaratilmoqda. So‟ngi
yillarda
Respublikamizda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga doir bir qator hujjatlar
qabul qilindi. Sport
insonning nafaqat jismoniy, balki ma‟naviy takomillashuvida
muhim omillardan biri hisoblanadi. Shu sababli O„zbekistonda
sport davlat
faoliyatining eng muhim yo„nalishlaridan biriga aylandi. Sog„lom va barkamol
avlodni tarbiyalash uchun jismoniy tarbiya va sportni yuksak ilmiy–texnik
darajada
rivojlantirish zarur. “O„zbekiston Respublikasi Jismoniy Tarbiya va Sport
to„g„risidagi” qonun O„zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999- yil 27
maydagi 271-sonli «O„zbekistonda jismoniy taribiya va sportni
yanada rivojlantirish
chora-tadbirlari to‟g„risida»gi qarori hamda 2002-yil 31-oktyabrdagi 371-sonli
«O„zbekiston bolalar sportini rivojlantirish jamg„armasi faoliyatini tashkil etish
to‟g„risida»gi qarori juda muhim ekanligini alohida ta‟kidlash joiz. Mazkur qonun va
qarorlar
mamlakatning ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy sharoitlariga muvofiq holda
jismoniy tarbiya sport sohasidagi hamma sub‟ektlar faoliyatini
muvofiqlashtiradi va
integratsiyalaydi, shuningdek O„zbekistonda jismoniy tarbiya va sportning yangi sifat
bosqichiga ko„tarilishiga yordam beradi.