O’zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o’rtа mахsus tа’lim vаzirligi


Download 2.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet143/183
Sana02.08.2023
Hajmi2.51 Mb.
#1664654
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   183
Bog'liq
tibbiyot kasbiga kirish (4)

Nazorat savollari: 
1. Tibbiy etika nima? 
2. Tibbiyot xodimining axloqiy burchi nima? 
3. Deontologiya qanday o'rganiladi? 
4. Tibbiy deontologiya vazifalari qanday? 
5. Tibbiy xodimlarni o‘rtasidagi aloqalqr bolalar kasalxonasi sharoitida qanday 
bo‘ladi? 
6. Post hamshirasi va bemor bolaning ota-onasi o'rtasidagi munosabatlarning 
axloqi qoidasi qanday? 
7. Tibbiy xodim qaysi qoidalar va tamoyillarga amal qilishi kerak? 
8. Tibbiy sir nima? 
4.3. Antiseptika va aseptika asoslarini o’rganish, xirurgik bemor bolalarni 
qabul qilishda sanitar ishlov berishning axamiyati 
Jaroxatda og‘ir yiringli jarayonni chaqiruvchi har xil mikroorganizimlarga 
qarshi kurash mexanizimlarini ishlab chiqilmaganda, hozirgi xirurgiya 
yutuqlariga erishilmasdi. Xirurgiya tarixidan bilamizki, infektsiyalarga qarshi 
kurashning ikki xil yo‘li bulgan: Antiseptika va Aseptika 
 
Antiseptika (grek. so‘z bo‘lib anti- qarshi, septika- yallig‘lanish) 
jaroxatga yoki to‘qimaga tushgan mikroblarga qarshi kurash va aseptika 
(tozalik) – jaroxatga infektsiya tushishini oldini olish. Rejali ravishda 
qilinadigan aseptika va antiseptika zamonaviy xirurgiyaning muhim 
tamoyillaridan sanaladi. Aseptika antiseptika bilan birgalikda steril sharoitlar 
yaratishni ta‘minlaydigan tadbirlarga asosan xirurglar faoliyatiga imkoniyatlar 
ochadi. Mikroblarni rivojlanishi uchun, xayoti uchun qulay sharoit kerak, ya‘ni: 
harorati, osmotik bosimi va ion bir hilligi ta‘minlanishi kerak. Klinik amaliyotda 


334 
antiseptik vositalarni ishlatilganda mikroorganizimlarda moddalar almashinuvi 
va strukturasi buziladi. Shu tariqa antiseptik vositalar o‘zining bakteriosatik 
ta‘sirini bildiradi. Agar antiseptik moddalar mikrob plazmasiga kirsa tarkibidagi 
oqsil moddasini ivishiga olib keladi, o‘z yo‘lida mikrob xujayrasini o‘limiga 
sabab buladi va bunda antiseptik moddalar o‘zining bakteriolitik ta‘sirini 
bildiradi.
Antiseptik omil turlari mikroorganizmga ta‘siriga qarab bo‘linadi: 
- Mexanik 
- Fizikaviy 
- Kimyoviy 
- Biologik 
 
Mexanik antiseptika – bu mexanik yo‘l bilan mikroorganizmlarni 
jaroxatdan olib tashlashdir. 
Mexanik antiseptika usullariga quyidagilar kiradi: jaroxatga ishlov berish
(jaroxatdan yot jismlarni, yiringlarni, va qon laxtalarini olib tashlash, xamda 
nekrozga uchragan to‘qimalarni kesib olib tashlash tushuniladi. 

Download 2.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling