O’zbеkistоn rеspublikasi оliy va o’rta maхsus ta’lim vazirligi
Xorijiy investitsiyalarning mazmuni va mohiyati
Download 483.74 Kb.
|
Маъруза матни. асосий ИБ uz-assistant.uz
Xorijiy investitsiyalarning mazmuni va mohiyati.
Iqtisodiyotda tarkibiy o‘zgarishlarni yanada chuqurlashtirish, korxonalarning investitsiya faoliyatini jadallashtirish, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta qurollantirish dasturlarini amalga oshirishda xorijiy investitsiyalar, avvalo, to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarning o‘rni beqiyosdir. Bunda ilg‘or texnologiyalarni tatbiq etish, yangi ish o‘rinlari yaratish va shu asosda mamlakat iqtisodiyotining barqaror va bir maromda rivojlanishini taʼminlash imkoniyati yaratiladi. Rivojlangan davlatlar tajribasi shuni ko‘rsatadiki, chet el investitsiyasi jalb qilinishi mazkur davlatlarning yuksak darajada taraqqiy etishida hal qiluvchi omillardan biri bo‘lgan. O‘zbekistonda Prezidentimiz Islom Karimov rahbarligida Vatan ravnaqi, yurt tinchligi, xalq farovonligini taʼminlash maqsadida chet el investitsiyalarini jalb etishga strategik ustuvor vazifa sifatida qaralib, mazkur masala davlat iqtisodiy siyosatining muhim yo‘nalishi etib belgilangan. Bugungi kunda yurtimizda faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarni jadal modernizatsiya qilish va texnik qayta jihozlashni taʼminlash, yuksak texnologiyalar asosida ishlaydigan avtomobilsozlik va gaz-kimyo, elektr texnikasi va to‘qimachilik, oziq-ovqat va farmatsevtika, axborot va telekommunikatsiyalar tarmog‘i hamda boshqa yo‘nalishlardagi yangi va zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etishga qaratilgan faol investitsiya siyosatini yuritishga ustuvor etibor berilmoqda. Eng muhimi, xorijiy va mahalliy sarmoyadorlar uchun qulay, har tomonlama imtiyozli investitsiya muhiti yaratilgan. 2007 yil davomida iqtisodiyotimizga kiritilgan investitsiyalarning 70 foizdan ortig‘i ishlab chiqarish obʼektlari qurilishiga, jumladan, salkam 50 foizi korxonalarni texnik va texnologik modernizatsiya qilishga yo‘naltirildi. O‘zlashtirilgan xorijiy investitsiyalar hajmi 58 foizga ortdi. Ularning 76 foizi to‘g‘ridan-to‘g‘ri kiritilgan xorijiy investitsiyalardir. Investitsiya dasturi doirasida o‘tgan yili 300 dan ziyod yirik investitsiya loyihasi nihoyasiga yetkazildi, xorijiy investitsiyalar ishtirokida 700 dan ziyod yangi korxona barpo etildi. qo‘shma korxonalar birinchi galda yuksak texnologiyaga asoslangan tarmoqlarda - engil, oziq-ovqat, elektrotexnika, kimyo va neftkimyo, mashinasozlik, qurilish materiallari sanoatida, telekommunikatsiya va axborot texnologiyalari sohasida tashkil etilayotgani etiborga loyiqdir. Hozirgi kunda respublikamiz tashqi savdo aylanmasining uchdan bir qismi xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar hissasiga to‘g‘ri kelmoqda va ularning eksport hajmidagi ulushi o‘tgan yili 60 foizni tashkil etdi.Bular Vatanimiz ravnaqi, xalqimiz farovonligini taʼminlash maqsadida mamlakatimizda chet el investitsiyasini jalb etishning tegishli tashkiliy-huquqiy, institutsional tuzilmalari va infratizimini yaratish hamda mavjud shart-sharoitlarni izchil rivojlantirish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilganini yaqqol tasdiqlaydi. Ayniqsa, bunda qonuniy kafolatlarni yaratish alohida ahamiyat kasb etdi.Mamlakatimizda ushbu sohani huquqiy tartibga soluvchi "Chet el investitsiyalari to‘g‘risida"gi Qonun hamda bir qator boshqa qonun hujjatlari qabul qilindi. Ushbu qonunlarni qabul qilish, ularga zamon talablariga mos ravishda o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritib borishning sababi bitta - qayerda imtiyoz, qayerda sharoit bo‘lsa, qonuniy kafolat beriladigan bo‘lsa, shu yoqqa investitsiya keladi. Mamlakatimizdagi siyosiy, iqtisodiy, moliyaviy barqarorlik chet el investitsiyasi uchun har tomonlama qulay sharoit yaratmoqda. Davlatimiz rahbarining oqilona siyosati natijasida qabul qilinayotgan imtiyozli muhitni yaratuvchi qonunlar chet ellik investorlarda tobora katta qiziqish uyg‘otmoqda. Xususan, 2008 yil 8 aprelda matbuotda eʼlon qilingan “Bojxona imtiyozlarining qo‘llanilish tartibini takomillashtirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun chet el investorlarini jalb qilish bo‘yicha izchil amalga oshirilayotgan islohotlarning mantiqiy davomidir.Maʼlumki, chet el investorlari mamlakatimiz hududida o‘z ishlab chiqarish faoliyatini, qoidaga ko‘ra, xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar tashkil etish yo‘li bilan amalga oshiradilar. O‘z ehtiyojlari uchun yurtimiz hududiga zamonaviy texnologiyalar va asbob-uskunalar, ularga butlovchi buyumlar, shuningdek, xomashyo va materiallar olib kirayotgan xorijiy investorlar uchun amaldagi qonun hujjatlarida muayyan imtiyozlar nazarda tutilgan. Jumladan, "Boj tarifi to‘g‘risida"gi Qonunning 33-moddasi va "Chet el investitsiyalari to‘g‘risida"gi Qonunning 12-moddasiga muvofiq, xorijiy investorlar tomonidan o‘z ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun O‘zbekiston Respublikasiga olib kiriladigan mol-mulkka bojxona boji solinmas edi. YAngi qonun asosida - chet ellik investorlar uchun yanada qulay muhit yaratish maqsadida - yuqorida qayd etilgan har ikki qonunga o‘zgartishlar kiritildi. Endilikda nainki chet ellik investorlar, ayni chog‘da, ustav fondida chet el investitsiyalarining ulushi kamida o‘ttiz uch foiz bo‘lgan chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar ham o‘z ishlab chiqarish yehtiyojlari uchun O‘zbekiston Respublikasiga olib kiradigan mol-mulk bo‘yicha boj undirilishidan ozod qilindilar. Mazkur qonunning qabul qilinishi natijasida "Boj tarifi to‘g‘risida"gi Qonunning 33-moddasida va "Chet el investitsiyalari to‘g‘risida"gi Qonunning 12-moddasida belgilangan imtiyozlar ustav fondida chet el investitsiyalarining ulushi kamida o‘ttiz uch foiz bo‘lgan chet el investitsiyalari ishtirokidagi qo‘shma korxonalarga ham tatbiq etiladigan bo‘ldi. Prezidentimiz Islom Karimovning 2015 yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2016 yilda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasi majlisidagi maʼruzasida qayd etilganidek, joriy yilda iqtisodiyotimizni rivojlantirishga barcha moliyaviy manbalar hisobidan qiymati 8 milliard dollardan ziyod, jumladan, umumiy qiymati taxminan 3 milliard dollardan ziyod xorijiy investitsiyalarni kiritish ko‘zda tutilmoqda. Buning natijasida mamlakatimiz iqtisodiyotiga jalb etilayotgan xorijiy investitsiyalarning o‘sish surʼati 23 foizdan oshadi. Xorijiy sarmoyalarni kiritish hisobidan 400 dan ortiq investitsiya loyihasini amalga oshirish, umumiy qiymati 2,4 milliard dollarlik o‘ttizdan ziyod obʼektni foydalanishga topshirish mo‘ljallangan. YAngi qonunda ko‘zda tutilgan imtiyozlar ana shu xayrli maqsadlarga erishishimizda muhim rag‘batlantiruvchi omil bo‘lib xizmat qiladi. Ushbu qonun xalqimiz farovonligini oshirishda ham ulkan ijobiy o‘zgarishlarga sabab bo‘ladi. Xususan, aholini ish bilan taʼminlash, yangi ish o‘rinlari ochish, eng zamonaviy texnologiya va jihozlarni keltirish hisobiga ish unumi va samaradorligi oshishi muqarrar. Bu, o‘z navbatida, halol raqobatning kuchayishi evaziga bozorlarimizda arzon hamda sifatli mahsulotlar ko‘payishiga, demakki, yurtdoshlarimizning ish haqi va daromadlari oshishiga, xarid quvvati ortishiga, dasturxonlari yanada to‘kin bo‘lishiga olib keladi. Download 483.74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling