O’zbеkistоn rеspublikasi оliy va o’rta maхsus ta’lim vazirligi


O‘zbekiston Respublikasida chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar va ular uchun belgilangan imtiyoz va kafolatlar


Download 483.74 Kb.
bet15/86
Sana24.01.2023
Hajmi483.74 Kb.
#1116434
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   86
Bog'liq
Маъруза матни. асосий ИБ uz-assistant.uz

3. O‘zbekiston Respublikasida chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar va ular uchun belgilangan imtiyoz va kafolatlar.
O‘zbekiston Respublikasi hududidagi Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar deganda aksiyalarining (ulushlari, paylarining) yoki ustav jamg‘armasining kamida o‘ttiz foizini Chet el investitsiyalari tashkil etadigan korxonalar tushuniladi. Ular O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga zid kelmaydigan har qanday tashkiliy-huquqiy shakllarda faoliyat ko‘rsatadilar. Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxona qatnashchilaridan biri Chet ellik investor bo‘lishi shart.
O‘zbekiston Respublikasida Chet ellik investorlar quyidagilar bo‘lishi mumkin:
- Chet el davlatlari, Chet el davlatlarining maʼmuriy yoki hududiy organlari;
- davlatlararo bitimlar yoki boshqa shartnomalarga muvofiq tashkil topgan yoki xalqaro ommaviy huquq subʼektari bo‘lgan xalqaro tashkilotlar;
- Chet el davlatlarining qonun hujjatlariga muvofiq tashkil topgan va faoliyat ko‘rsatib kelayotgan yuridik shaxolar, boshqa har qanday shirkatlar, tashkilotlar yoki uyushmalar; Chet el davlati fuqarolari bo‘lgan jismoniy shaxslar, fuqaroligi bo‘lmagan va Chet ellarda doimiy yashaydigan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari.
Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxona uni taʼsis etish yo‘li bilan yoki ilgari Chet el investitsiyalari ishtirokisiz taʼsis etilgan korxonada ishtirok etish ulushini (payini, aksiyalarini) yohud bunday korxonani butunlay, shu jumladan xususiylashtirish jarayonida Chet ellik investor tomonidan sotib olinishi natijasida tashkil etilishi mumkin. Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxona davlat ro‘yxatiga olingan paytdan etiboran yuridik shaxs huquqiga ega bo‘ladi
Davlat ro‘yxatiga olinadigan Chet el investitsiyasi ishtirokidagi korxonalarga quyidagi shartlarga javob beradigan korxonalar kiradi:

  • korxona ustav jamg‘armasining hajmi 300 ming AQSH dollariga to‘g‘ri keladigan summadan kam bo‘lishi mumkin emas;

  • korxona ishtirokchilaridan biri albatta Chet ellik yuridik shaxs bo‘ladi; Chet el investitsiyalarining hissasi korxona ustav jamg‘armasining kamidagi 33 foizini tashkil etadi. Ko‘rsatilgan shartlarga muvofiq kelmaydigan korxonalar xorijiy investitsiyali korxonalar qatoriga kiritilmaydi hamda ular korxona joylashgan yerdagi shahar va tuman hokimiyatlarida belgilangan tartibda davlat ro‘yxatiga olinishi kerak.

Chet el investitsiyalari ishtirokidagi ishlab chiqarish korxonalariga ustav faoliyatida o‘z ishlab chiqarishi va (yoki) ishdab chiqarilayotgan mahsulot servis xizmatining ulushiga xo‘jalik faoliyatidan olingan tushum umumiy hajmining 60 foizdan ko‘pi to‘g‘ri keladigan chyet el, shuʼba va qo‘shma korxonalar kiradi (bundan oldingi bandda keltirilgan shartlarga muvofiq bo‘lganda).
Davlat O‘zbekiston Respublikasi hududida investitsiya faoliyatini amalga oshiruvchi chyet ellik investorlarning huquqlarini kafolatlaydi va himoya qiladi.
Chet ellik investorlarni himoya qilishning umumiy kafolatlari va choralari bilan bir qatorda qonun xuxjatlarida qo‘shimcha, shu jumladan sheriklar tomonidan Chet ellik investorlar oldidagi o‘z majburiyatlarining so‘zsiz bajarilishini taʼminlovchi kafolatlar va ularni ximoya qilish choralari nazarda tutilishi mumkin. Chet ellik investorlarga qo‘shimcha kafolatlar va ularni himoya qilish choralari har bir muayyan holda, yaʼni:
- barqaror iqtisodiy o‘sishni, mamlakat iqtisodiyotida ilg‘or tuzilmaviy o‘zgarishlar ro‘y berishini taʼminlovchi ustuvor tarmoqlarga investitsiyalar kiritilayotganda;
- respublikaning eksport imkonini mustahkamlanishi va kengayishini, respublika jahon xo‘jalik aloqalariga integrasiyalashuvini taʼminlovchi ustuvor loyihalarga investitsiyalar kiritilayotganda;
- amalga oshirishda xom ashyo va materiallarni qayta ishlashga, isteʼmol tovarlari ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatishga, aholini ish bilan taʼminlashga qaratilgan kichik biznes va taldbirkorlik sohasidagi loyihalarga investitsiyalar kiritilayotganda berilishi mumkin.
Chet ellik investorlarga qo‘shimcha kafolatlar va ularni ximoya qilish choralari O‘zbekiston Respublikasi hukumati tomonidan kafolat berishni, investitsiya loyihalarini moliyaviy taʼminlashda ko‘maklashishini, maxsus soliq va to‘lov rejimi yaratilishini, loyihalar ro‘yobga chiqarilishining davlat monitoringi amalga oshirilishini hamda qonun hujjatlariga muvofiq boshqa choralarni o‘z ichiga olishi mumkin.
Qonun hujjatlari, shu jumladan idoraviy normativ hujjatlar, agar ularning ijrosi chyet ellik investorga yoki chyet el investitsiyalariga zarar yetkazsa, ular orqaga qaytish kuchiga ega emas.
Agar O‘zbekiston Respublikasining keyingi qonun hujjatlari investitsiyalash shart-sharoitlarini yomonlashtirsa, unda Chet el investitsiyalariga nisbatan investitsiyalash sanasida amal qilgan qonun hujjatlari iivestisiyalash paytidan boshlab o‘n yil mobaynida ko‘llaniladi. Chet ellik investor o‘z xohishiga ko‘ra yangi qonun hujjatlarining investitsiyalash shart-sharoitlarini yaxshilaydigan qoidalarini ko‘llash xuquqiga egadir.
Davlat boshqaruv organlari va davlat hokimiyati mahalliy organlari Chet ellik investorlarning O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshirilayotgan xo‘jalik faoliyatiga aralashishga haqli emas.
Davlat boshqaruv organlari va davlat hokimiyati mahalliy organlari o‘zlarining qonuniy vakolatlaridan foydalanish paytida Chet ellik investor qonun hujjatlarini buzganligini aniqlasalar, ular faqat vakolatlari bo‘lgan hamda muayyan qoidabuzarlikni bartaraf etish bilan bevosita bog‘liq choralarnigina ko‘rishlari mumkin. Davlat boshqaruv organlari yoki davlat hokimiyati mahalliy organlari qoidabuzarlik mavjudligi faktidan chyet ellik investorning boshqa qonuniy faoliyatiga aralashish yoki faoliyati cheklab qo‘yish uchun asos sifatida foydalanishi mumkin emas.
Ushbu modda xalqaro huquqning umum eʼtirof etilgan prinsiplariga muvofiq belgilanadigan, O‘zbekiston Respublikasining milliy xavfsizligi manfaatlari himoya qilinishini taʼminlashga bevosita bog‘liq bo‘lgan qonun hujjatlarini yoki ularni bekor qilishga nisbatan tadbik etilmaydi.
Davlat boshqaruv organlari yoki davlat hokimiyati mahalliy organlari tomonidan Chet ellik investorlarning huquqlarini kamsituvchi normativ hujjatlar qabul qilingan taqdirda, shuningdek ular Chet ellik investorlarning xo‘jalik faoliyatiga g‘ayriqonuniy aralashgan hollarda yetkazilgan zarar shu organlar tomonidan sud tartibida qoplanadi. Chet ellik investorlar huquqparining kafolatlari va ularni himoya qilish choralari to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini bo‘zgan davlat boshqaruv organlari yoki davlat hokimiyati mahalliy organlarining mansabdor shaxslari belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar.



Download 483.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling