O’zbеkistоn rеspublikasi оliy va o’rta maхsus ta’lim vazirligi
Milliy iqtisodiyotga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish shakllari
Download 483.74 Kb.
|
Маъруза матни. асосий ИБ uz-assistant.uz
4. Milliy iqtisodiyotga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish shakllari.
Milliy iqtisodiyotni rivojlantirishda xorijiy investitsiyalarning ahamiyati benihoya katta bo‘lib, u quyidagilar bilan izohlanadi: birinchidan, xorijiy investitsiyalar yordamida ishlab chiqarishga zamonaviy texnika va texnologiyalar joriy etilib, eksportga mo‘ljallangan mahsulotlarni ishlab chiqarish rivojlantiriladi; ikkinchidan, import o‘rnini bosuvchi tovar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish va buning uchun xorijiy investitsiyalarni iqtisodiyotning ustuvor sohalariga yo‘naltirish va pirovardida aholining turmush darajasini yaxshilash imkoniyati yaratiladi; uchinchidan, kichik biznesni rivojlantirish va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini jadallashtirish orqali o‘sib borayotgan aholini ish joylari bilan taʼminlash; to‘rtinchidan, korxonalarni eskirgan ishlab chiqarish quvvatlarini, moddiy texnik bazasini yangilaydi va texnik qayta qurollantiradi; beshinchidan, tabiiy resurslarni qayta ishlovchi korxonalarni barpo etishga ko‘maklashadi va hokazo. Bugungi kunda xorijiy investitsiyalarni yanada kengroq miqyosda jalb qilish, xorijiy investorlarni o‘z mablag‘larini mamlakat iqtisodiyoti uchun sarflashga qiziqtirish maqsadida qonun asosida ular uchun imtiyozli moliyaviy sharoitlar yaratilgan, jumladan: xorijiy investorlar kapitalini saqlanishi uchun kafolatlar; ko‘rilgan zararlarni qoplanishi uchun kafolatlar; soliqqa tortish tizimida ularga oid belgilangan imtiyozlar; foyda va daromadlarni xorijga olib ketishning erkinligi; milliy so‘mda va chet el valyutasida olingan foydalarini o‘tkazish va olib chiqib ketish imkoniyati; bojxona imtiyozlarning mavjudligi; xorijiy investorlarning mulklari va ularning o‘zlarini xavf-xatarlardan sug‘urtaviy muxofaza qilish tizimi yaratilganligi. Hozirgi kunda mamlakatimizda faoliyat ko‘rsatuvchi xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarga amaldagi soliqlar va bojxona yuzasidan qator engiliklar, imtiyozlar belgilangan. Ushbu imtiyozlarning amal qilishi bevosita mamlakatimizda yuritilayotgan investitsiya siyosatining asosiy negizlaridan birini tashkil etib, o‘z ijobiy samarasini bermoqda. Xorijiy investitsiyalarni jalb etish tadbirlarini amalga oshirishda hukumat quyidagi tamoyillarga asoslanadi: tashqi iqtisodiy faoliyatni yanada erkinlashtirish sohasida aniq maqsadni ko‘zlab, siyosat yuritish; respublika iqtisodiyotiga bevosita kapital mablag‘ni keng jalb etishni taʼminlaydigan huquqiy ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa shart-sharoitlarni tobora takomillashtirish; respublikaga jahon darajasidagi texnologiyani yetkazib berayotgan va iqtisodiyotni zamonaviy tarkibini vujudga keltirishga ko‘maklashayotgan xorijiy investorlarga nisbatan ochiq eshiklar siyosatini yurgizish; mablag‘ni respublika mustaqilligini taʼminlaydigan import o‘rnini qoplovchi va raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan eng muhim ustuvor yo‘nalishda jamlash. Respublika iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalarni jalb etishni faollashtirish uchun ko‘yidagilarni amalga oshirish zarur: • investitsiya loyihalarini malakali ekspertlar nazoratidan o‘tkazish va mukammal tayyorlanishiga erishish; • qo‘shma korxonalar va xorijiy investitsiya ishtirokidagi boshqa turdagi tadbirkorlik faoliyatini ro‘yxatdan o‘tkazishdagi to‘siqlarni butunlay olib tashlash. Mamlakatimizda xorijiy investitsiyalarni milliy korxonalarga jalb etishda quyidagi ustuvor yo‘nalishlarni belgilash maqsadga muvofiqdir; • qishloq xo‘jalik mahsulotlarini chuqur qayta ishlash sohalarini rivojlantirish; • mineral xom ashyo resurslarini, shu jumladan, neft va gazni qazib chiqarish, qayta ishlash bo‘yicha yekologik ishlab chiqarishni tashkil etish; • transport va telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish; • iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida ilm talab va jahon bozorlarida raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish; • turizm sohasini rivojlantirish, xalqaro va ichki turizmning zamonaviy infratuzilmasini yaratishga yerishish. Xorijiy investorlar va korxonalar qonunchilikda ko‘rsatilgan holatlarda yer uchastkalarini sotib olishlari mumkin. Xorijiy investorlar investitsiya faoliyatini amalga oshirishda quyidagilarga rioya etish zarur: • O‘zbekiston Respublikasi xududida amal qilayotgan qonunchilikka amal qilishi; • O‘zbekistonda mavjud qonunchilik talablari asosida soliq to‘lash va boshqa to‘lovlarni amalga oshirishi; • Investitsiya loyihasining sanitariya-gigiyenik ekologiya talablariga amal qilish bo‘limidagi ekspertiza xulosalarini olishi. Jaxon tajribasi va amaliyotida xar bir mamalakatning o‘z milliy iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish bo‘yicha o‘ziga xos tajriba va anʼanalari mavjud. Hozirda rivojlangan mamlakatlarning iqtisodiyoti taraqqiy etishiga asos bo‘lgan usullardan biri bu mamlakatda maʼlum bir xududni yoki butun bir kichik mamlkatlar o‘z iqtisodiyotini erkin iqtisodiy makonga aylantirib rivojlanish sari qadam qo‘yganlar. Erkin iqtisodiy makonlarni asosan muayyan bir davlatning maʼlum bir mintaqasi yoki alohida bir hududida tashkil etish iqtisodiy jihatdan samarali hisoblanadi. Ammo hududi va maʼmuriy boshqaruv tizimi uncha katta bo‘lmagan alohida davlatlarning butun iqtisodiyoti erkin iqtisodiy makonlarga aylantirilgan hollar ham uchrab turadi. Erkin iqtisodiy makonlarni tashkil etishdan asosiy maqsad qisqa muddatlarda mamlakatni rivojlangan jahon hamjamiyati aʼzolari qatoriga qo‘shish va xorijiy investitsiyalarni jalb etishni tezlashtirishdan iborat. Erkin iqtisodiy hudud (EIH) – bu tadbirkorlik va boshqa xo‘jalik faoliyati bilan shug‘ullanish uchun shart-sharoitlarni odatdagiga qaraganda qulayroq qilib o‘rnatuvchi aniq belgilangan chegara va maxsus huquqiy rejim (tizim)dagi suveren mamlakatning maʼlum bir hududidir. EIH – bu investitsiyalarni alohida mintaqalar va mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirish, resurslarni kam chiqindili va chiqindisiz qayta ishlovchi yanada progressiv texnologiyalarni joriy qilish, xalqaro aloqa va hamkorlikka taʼsir qtkazish uchun qulay sharoitlar yaratish maqsadida soliqqa tortish, valyuta, bojxona va shu kabi boshqalarni tartibga solishdagi alohida tartib va shart-sharoitlar qrnatadigan huquqiy normalar yig‘indisidir. EIH - jahon amaliyotida 50- yillar boshi va 60-yillar oxirida paydo bqlgan xqjalik faoliyatini tashkil etishning nisbatan yangi shakli. Ular, ayniqsa, Xitoy, Balgariya, Vengriya, Polshada faol yaratilmoqda va amal qilmoqda. EIH larni barpo qilinishi quyidagi masalalarni hal qilishni ko‘zda tutadi: investitsiyalar, alohida hudud (mintaqa)lar va mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirish uchun qulay sharoitlar bilan taʼminlash; resurslarni tejovchi kam chiqimli yoki chiqimsiz yanada progressiv texnologiyalarni joriy qilish; xalqaro integratsiya va hamkorlikni yo‘lga qo‘yish. SHu tariqa, EIHlar tashkil qilishning asosiy maqsadi muayyan mintaqa rivojlanishini rag‘batlantirish yoki iqtisodiyotning alohida sohalarini tez o‘sishini taʼminlash ekanligini ko‘rishimiz mumkin. EIHlar turli xil yo‘naltirilganlikka ega, ammo eng ko‘p tarqaganlari quyidagilar hisoblanadi. Ushbu makonlarning tashkiliy tuzilishi va nomlanishi turlicha bo‘lsada, ularni tashkil etishdan asosiy maqsad imkon qadar xorijiy investitsiyalarni, zamonaviy texnika va texnologiyalarni jalb qilish hisobiga mavjud iqtisodiy, moliyaviy va ijtimoiy muammolarni bartaraf etish va jahondagi rivojlangan davlatlar qatoridan o‘rin olish orqali aholi turmush darajasini yaxshilashdir. Tarixiy manbalar dalolat berishicha, erkin bojxona va tovarlarning tranzit makonlari bundan bir necha asr oldin paydo bo‘lgan bo‘lib, ular davlatlar o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirishda keng qo‘llanilgan. Masalan, SHarq va Yevropani bevosita savdo orqali bog‘lab kelgan Buyuk Ipak yo‘lini bojxona va mahsulotlarni tranzit qilish erkin makoniga misol bo‘la oladi. Erkin iqtisodiy makonlarning qaror topishini tavsiflovchi belgilar orasida quyidagi omillar alohida o‘rin tutadi: investor uchun hududning iqtisodiy jug‘rofiy holati juda qulay bo‘lishi shart; kamida mintaqaviy ahamiyat kasb etuvchi magistral yo‘llarning kesishgan joylari bo‘lishi lozim; dengiz va daryo portlariga yaqin bo‘lishlari kerak; aeroportlar xalqaro maqom olgan bo‘lishlari lozim. Erkin iqtisodiy makonlarda maʼmuriy boshqaruv tizimi alohida bir maxsus maqomga ega bo‘lib, investorlar xom ashyo va materiallarni import qilish hamda tayyor mahsulotlarni eksport qilish jarayonida bojxona to‘lovlaridan to‘liq ozod qilinadi yoki makonning maʼmuriy boshqaruv organlarini moliyalashtirishga yetarli darajadagi imtiyozli soliq to‘lovlari o‘rnatiladi. Investorlarning mulkka egalik qilish huquqi kengayadi va ularga keng ko‘lamli soliq taʼtillari taqdim etilishi bilan birga, bojxona nazorati minimal darajaga tushiriladi. Dunyo tajribasida har bir hududning o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda, bir nechga ko‘rinishdagi erkin iqtisodiy makonlar mavjud bo‘lib, ularning tarkibi quyidagilardan iborat: Download 483.74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling