O’zbеkistоn rеspublikasi оliy va o’rta maхsus ta’lim vazirligi


Download 483.74 Kb.
bet23/86
Sana24.01.2023
Hajmi483.74 Kb.
#1116434
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   86
Bog'liq
Маъруза матни. асосий ИБ uz-assistant.uz

1-jadval

Markazlashtirilgan manbalar hisobiga amalga oshiriladigan kapital qurilishni moliyalashtirish va kreditlash jadvali.





Bosqichlar

Tadbirlar

Muddatlari

Masʼullar

1-bosqich

Tasdiqlangan Investitsiya dasturiga muvofiq buyurtmachilar qurilishlarning aniq va titul ro‘yxatlarini, kelgusi yillar loyihalash ishlarining aniq ro‘yxatlarini belgilangan tartibda kelishib oladilar va tasdiqlaydilar

10 yanvargacha

Buyurtma-chilar, pudratchi-lar

2-bosqich

Xizmat ko‘rsatuvchi bankda moliyalashtirish boshlanadi

yanvar

Buyurtmachilar, xizmat ko‘rsatuvchi banklar

3-bosqich

Yilning dastlabki ikki oyida teng ulushlarda ishlar qiymatining 30 foizigacha miqdorda avans ajratiladi

yanvar-fevral

Moliyalashtiruvchi organlar, buyurtmachilar, xizmat ko‘rsatuvchi banklar

4-bosqich

Obʼekt moliyalashtirish va ishlarni bajarish jadvallariga muvofiq berilgan avans hisobga olingan xolda obʼekt qiymatining 50 foiziga miqdorda joriy moliyalashtiriladi

Moliyalashti-rish va ishlarni bajarish jadvallariga muvofiq

Moliyalashtiruvchi organlar, buyurtmachilar, xizmat ko‘rsatuvchi banklar

5-bosqich

Pudratchi tomonidan qurilish obʼekti qiymatining qolgan 50 foizini moliyalashtirish uchun xizmat ko‘rsatuvchi bankda kredit rasmiylashtiriladi



moliyalashtirish va ishlarni bajarish jadvallariga muvofiq

Pudratchilar, xizmat ko‘rsatuvchi banklar

6-bosqich

qurilish obʼekti qiymatining 45 foizi miqdorida xaq to‘lanadi

obʼekt qabul qilingan kundan boshlab bir oy mobaynida

Moliyalash-tiruvchi organlar, buyurtmachilar, xizmat ko‘rsatuvchi banklar

7-bosqich

qurilish obʼekti qiymatining 5 foizi miqdorida xaq to‘lanadi

kafolatli muddat tugagandan keyin

Moliyalashtiruvchi organlar, buyurtmachilar, xizmat ko‘rsatuvchi banklar

Moliyalashtirish hisob raqamidan qurilishning titul ro‘yxatiga va unda ko‘rsatilgan kapital qo‘yilmalardan foydalanish yo‘nalishlariga muvofiq bo‘lmagan to‘lovlarni amalga oshirish taqiqlanadi.
Joriy mablag‘ bilan taʼminlash mablag‘ bilan taʼminlovchi organ tomonidan amalda bajarilgan qurilish ishlari xajmi hisobga olingan xolda xar oyda 20-kundan kechikmay amalga oshiriladi.
Sifatli bajarilgan ishlar va xizmatlarni o‘z vaqtida va to‘liq moliyalashtirish yuzasidan shartnoma shartlari bajarilmaganligi uchun shartmoma shartlariga muvofiq buyurtmachi moddiy javob beradi, shuningdek ko‘rsatib o‘tilgan sabablar natijasida soliq organlari tomonidan hisoblangan, ularga to‘langan jarimalar va peniyani pudratchiga to‘liq qoplaydi.
Hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 12 sentyabrdagi 395-sonli qaroriga asosan YAgona buyurtmachi funksiyalari takomillashtirilgan bo‘lib, bu vazifalarning asosiylari, birlamchi ruxsat beruvchi loyiha va tanlov xujjatlarini tayyorlash, marketing qurilish dasturini tayyorlash va tanlov ishlarini tashkil etish, loyihalarni boshqarish va qurilishni texnik ko‘zatish, moliyalashtirish va xo‘jalik shartnoma munosabatlarini va yuridik maslahat ishlarini bajarish vazifalari aniq belgilab berilgan.
Hozirgi kundagi kapital qurilish ishlarini moliyalashtirish va bu mablag‘larning to‘g‘ri sarflanishi ustidan davlat nazorati ishlarini quyidagi sxema orqali tasvirlash mumkin.

Download 483.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling