O’zbеkistоn rеspublikasi оliy va o’rta maхsus ta’lim vazirligi
Download 483.74 Kb.
|
Маъруза матни. асосий ИБ uz-assistant.uz
Tayanch iboralar: tender, pudratchi, subpudratchi, buyurtmachi, offerta, oferent.
1. Kapital qurilish va kapital qo‘yilmalar. Pudrat savdolarini tashkil etish boshqarmalari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 28 fevraldagi 114-sonli qaroriga asosan tashkil etilgan bo‘lib, boshqarmning asosiy faoliyati o‘zaro bozor munosabatlarini joriy etishni jadallashtirish, bir-biriga yaqin korxonalar birlashuviga ko‘maklashish, ular tomonidan kelishilgan ravishda investitsion siyosat olib borish, boshqarma joylashgan xududda kapital qurilish soxasida pudrat savdolari (tenderlar)ni tashkil yetuvchi va o‘tkazuvchi tuzilmalar tashkil etish, Respublika xududida va undan tashqarida joylashgan xududiy va jismoniy shaxslar uchun tanlovlar tashkil etish yo‘li bilan ularni qurilish soxasidagi pudrat ishlariga jalb etish uchun shart-sharoit yaratish hisoblanadi. Pudrat savdolarini tashkil etish boshqarmalari o‘z zimmasiga yuklatilgan masalalarga muvofiq ko‘yidagi vazifalarni bajaradi: Xududida kapital qurilish soxasida tanlovlar va pudrat savdolarini tashkil etish, davlat korxonalari, aksiyadorlik jamiyatlar va boshqa xususiy va jismoniy shaxslar uchun O‘zbekiston Respublikasi rezidenti bo‘lish-bo‘lmasligidan katʼiy nazar, hamda tanlov asosida jixozlarni, alohida turdagi maxsulot va xom-ashyo yetkazib beruvchilarni tanlab olish; O‘zbekistonda qurilish xizmatlari bozorini tashkil etish; Kapital qurilish soxasida tenderlar o‘tkazish va raqobatni boshqarish yo‘li bilan bozor munosabatlarini tashkil etish va shart-sharoitlar yaratish; xududiy va jismoniy shaxslarga, hamda chet el investorlariga qurilish jarayonida to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishtirok etish uchun keng yo‘l ochib berish; Respublika boshqarmasining ishonchli shaxsi yoki vositachisi sifatida ish yuritadi; Savdolarni eʼlon qilish uchun xujjatlarni tayyorlaydi, eʼlonlarni matbuotda chop etilishini taʼminlaydi yoki ularni tarkatadi; Tender bo‘yicha takliflarni yigadi va tahlil qiladi. Pudrat savdolari (tenderlar)ni tashkil etish va o‘tkazish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining qarorlariga asosan ish yuritgan holda, O‘zbekiston Respublikasi hududida kapital qurilishda tanlov savdolari markazlashtirilgan manbalar, davlat boshqaruv organlari va davlat korxonalari mablag‘lari hisobiga moliyalashtiriladigan kapital qurilish bilan bog‘liq tovarlar, ishlar va xizmatlar xaridi faqat tanlov savdolari natijalari bo‘yicha amalga oshiriladi. Respublikamizda kapital qurilish bilan bog‘liq tovarlar, ishlar va xizmatlarni xarid qilishda tanlov savdolari majburiy o‘tkazilishi uchun buyurtmachilar, tanlov savdolarini o‘tkazishning belgilangan tartibiga rioya qilinishi uchun esa qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda tanlov savdolari tashkilotchilari javob beradilar. Obʼektni qurib bitkazish pudratchining loyihada nazarda tutilgan ishlarning butun xajmini, shu jumladan maxsus va ishga tushirish-sozlash ishlarini bajarish, obʼektni texnologiya va muxandislik asbob-uskunalari bilan butlash bo‘yicha majburiyatlarini nazarda tutadi hamda tayyor qurilish maxsuloti yaratishning yagona uzluksiz kompleks jarayoni sifatida amalga oshiriladi. Obʼektlarni foydalanishga tayyor xolda qurishda buyurtmachi va pudratchi qatnashchilar hisoblanadi. Obʼektni foydalanishga tayyor xolda qurish markazlashtirilgan manbalar hisobiga amalga oshiriladigan yangi qurilishda, ishlab turgan korxonani kengaytirish, rekonstruksiya qilish va texnika bilan jixozlashda majburiy hisoblanadi. Loyihalarni boshqa manbalar hisobiga amalga oshirishda obʼektlarni foydalanishga tayyor xolda qurish tomonlarning kelishuvi bo‘yicha yoki tanlov savdolari shartlariga qarab qo‘llanilishi mumkin. Foydalanishga tayyor xolda qurish shartnomasi bo‘yicha majburiyatlarni bajarish uchun pudratchi subpudratchi tashkilotlarni jalb etishi mumkin, ularga nisbatan pudratchi bosh pudratchi hisoblanadi. Qurilishni qurilish-montaj ishlarini bajarish uchun zarur bo‘lgan materiallar, konstruksiyalar va buyumlar bilan, shuningdek barcha namunaviy asbob-uskunalar va apparatlar, nostandartlashtirilgan, texnologik va energetika asbob-uskunalari bilan, shu jumladan maxsus materiallar bilan taʼminlash pudratchining vazifasi hisoblanadi. Pudratchi shartnomada belgilangan kafolatli davrda obʼektdan loyihada nazarda tutilgan parametrlarda foydalanilishi uchun buyurtmachi oldida mulkiy javob beradi. Hozirgi kunda Respublikamiz Pudrat savdolari (tenderlar)ni tashkil etish boshqarmalarida tanlov savdolari ikki yo‘nalishda olib boriladi, bular: - ochiq tanlov savdolari - oferentlar soni cheklanmaydi; - yopiq tanlov savdolari - oferentlar soni cheklanadi. YOpiq tanlov savdolari o‘tkazish to‘g‘risidagi qaror Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilinadi. Ochik yoki yopiq tanlov savdolari talabgorning malakasini oldindan aniqlangan holda yoki aniqlanmasdan, yoxud ikki bosqichli o‘tkazilishi ham mumkin. Tanlov savdolarining birinchi turida talabgorning malakasini oldindan aniqlab olinadi va ikkinchi turda esa tanlov savdolarining g‘olibi aniqlanadi. Talabgorning malakasi oldindan aniqlanadigan ochiq yoki yopiq tanlov savdolari o‘tkazishda talabgorlarning umumiy ro‘yxati tuziladi, talabgorning malakasi oldindan aniqlanadi va malakasi oldindan aniqlangan talabgorlar o‘rtasida tanlov savdolari o‘tkaziladi. Ikki bosqichli tanlov savdolari, buyurtmachi tanlov savdolari predmetining aniq tavsifini va o‘ziga xosligini shakllantirish imkoniyatiga yega bo‘lmagan, shartnomada ishlarni ularning rentabelligini taʼminlash uchun yetarli bo‘lgan yoki tadqiq etish yoki ishlab chiqishga sarflangan xarajatlar qoplanishini taʼminlaydigan hajmlarda bajarish nazarda tutilgan hollardan tashqari, buyurtmachi ilmiy tadqiqotlar, yeksperimentlar o‘tkazishga, qidiruvlar yoki ishlanmalar yuzasidan shartnoma to‘zish niyatida bo‘lgan hollarda o‘tkaziladi. Ikki bosqichli tanlov savdolari quyidagi tartibda o‘tkaziladi: Download 483.74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling