O’zbеkistоn rеspublikasi оliy va o’rta maхsus ta’lim vazirligi


Download 483.74 Kb.
bet41/86
Sana24.01.2023
Hajmi483.74 Kb.
#1116434
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   86
Bog'liq
Маъруза матни. асосий ИБ uz-assistant.uz

Investitsiya oldi fazasi

1

2

3

Loyihani amalga oshirish imkoniyatlarining tahlili

Loyihani asoslashning tayyorgarlik bosqichi

Loyihani baholash va investitsiya qilish to‘g‘risida qaror qabul qilish

Investitsiyalash uchun kerak bo‘ladigan mablag‘lar hajmi va salohiyatli (potensial) investorlar

Loyihani mavjud muqobillar bilan solishtirgandagi dastlabki asoslash.

YAkuniy qaror sifatida loyihani ijtimoiy-iqtisodiy baholash.

Loyihani amalga oshirishning ichki va tashqi shart-sharoitlari baholash

Qo‘shimcha (funksional) izlanishlar.

Investitsiyalashning salohiyatli manbalarini aniqlash.

Loyihani amalga oshirish imkoniyatlarini makro va mikroiqtisodiy darajada tahlil qilish

Loyihani texnik iqtisodiy asoslash (TIA).

Investitsiyalashning tadbirlarining ishlab chiqish.




Loyihani amalga oshirishga kelishish va tasdiqlash (ishchi hujjatlar)




Loyihaning investitsiya oldi fazasida bo‘lg‘usi loyihalashtirish obʼektining imkoniyatlari o‘rganiladi. Loyihaning bu hayotiy bosqich aylanishida, uning hayotga mos qobilligi va jalb yetuvchanligiga asos yaratiladi. Investitsiya oldi fazasi loyihaning to‘liq xarakteristikasini berishi shart.


Baʼzi xollarda investitsiya loyihasining bu hayotiy aylanish bosqichining davomiyligini aniqlash juda qiyin kechadi.
Jaxon amaliyotida investitsiya oldi fazasi quyidagi bosqichlari mavjud:

  1. Investitsiya g‘oyalarining shakllanishi, yaʼni g‘oyani tanlash va dastlabki asoslash yoki dastlabki investitsion konsensiyani shakllantirish (opportunity studiyes);

  2. Investitsiya imkoniyatlarini izlash, yaʼni ishlab chiqariladigan mahsulotga talabni o‘rganish, loyihaning qiymati va uning samarasini aniqlash (pre – feasibility studiyes);

  3. Loyihaning texnik – iqtisodiy asoslanishi yoki uning texnik - iqtisodiy va moliyaviy maqbulligini baholash (feasibility studiyes);

  4. Baholovchi xulosani tayyorlash va investitsiyalash uchun qaror qabul qilish (final yevaluation).

Investitsiya g‘oyalarining shakllanishi bosqichida, bu g‘oyani tanlash, uni dastlabki asoslash, loyihada ko‘rsatilayotgan ishlab chiqarishni tashkil etish, texnik, innovatsion va yekologik nuqtai nazardan bir qarorga kelish, loyihani amalga oshirish davomida qo‘yiladigan boshqa talablarga javob berish, investitsiya g‘oyasining ustunligini tarmoq, xududiy va davlat idoralari bilan dastlabki kelishuv, loyihani amalga oshira oladigan korxonani dastlabki tanlash va maʼlumotlar memorandumini tayyorlash ishlari ko‘rib chiqiladi.
Investitsiya imkoniyatlarini izlash bosqichi, eksport va importni hisobga olgan xolda mahsulot va hizmatlarga bo‘lgan talabni dastlabki o‘rganish, mahsulot va hizmatlar bazoviy, joriy va prognozlashtirilayotgan narhlari darajasini baholash, loyihani amalga oshirish bo‘yicha huquqiy – tashkiliy takliflar va loyiha ishtirokchilari tarkibi, tahmin qilinayotgan investitsiya xajmlarini baholash, loyihaning texnik – iqtisodiy asoslari bo‘limlari bo‘yicha dastlabki baholashni tayyorlash, shu jumladan loyihaning samaradorligini baholash, potensial investorlar uchun investitsion takliflar tayyorlashni o‘z ichiga oladi.
Mablag‘larni loyihaga investitsiyalashdan oldin bajariladigan muhim ishlardan biri bu loyiha bo‘yicha investitsiya imkoniyatlarini aniqlashdir. Salohiyatli investorlar, ular qanday bo‘lishidan qatʼiy nazar rivojlangan yoki rivojlanayotgan davlatlarda yuzaga kelayotgan investitsiya imkoniyatlari to‘g‘risida maʼlumot olishga qiziqishadi. Bunday investitsiya loyihalari bo‘yicha maʼlumotlarni o‘rganish va tahlil etish ikki xil yo‘nalishda amalga oshiriladi:
1. Iqtisodiyot sektori darajasi bo‘yicha yondashish (makro).
2. Korxona darajasi bo‘yicha yondashish (mikro).
Iqtisodiyot sektori darajasi bo‘yicha izlanishlarni olib borish o‘sha davlatning butun investitsiya salohiyatini (potensialini) hamda bu davlatga boshqa davlatlar tomonidan investitsiya qilinishi mumkin bo‘lgan mablag‘lar hajmini o‘rganish va tahlil qilishni o‘z ichiga oladi.
Korxona miqyosidagi tahlil aniq investitsiya loyihasi bo‘yicha qo‘yilayotgan talablardan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.
Loyiha bo‘yicha investitsiya imkoniyatlarini o‘rganish va tahlil qilishda quyidagi omillarga alohida etibor beriladi:
- umumiy investitsiya muhiti, shart-sharoitlar;
- qayta ishlanishi mumkin bo‘lgan tabiiy boyliklar va xom ashyo resurslari;
- ishlab chiqarilishi mo‘ljallanayotgan tovarga (xizmatga) kelgusidagi talab (aholini o‘sishi hisobiga, aholi xarid qobiliyatining o‘sishi hisobiga va boshqa omillar);
- loyihaning atrof-muhitga taʼsiri;
- boshqa tarmoqlar bilan kelgusidagi o‘zaro aloqasi va imkoniyatlari;
- diversifikatsiyalash imkoniyati. Masalan, neft-ximiya majmuasidan formatsevtik ishlab chiqarishga o‘tish;
- ishlab chiqarish resurslarining mavjudligi va ularning qiymati;
- eksport imkoniyatlari;
- import o‘rnini bosadigan mahsulotlarni ishlab chiqarish.
Investitsiya imkoniyatlari bo‘yicha izlanishlar yuqorida keltirilgan omillar bo‘yicha har birining aloxida tahliliga emas, balki umumiy baholashga asoslanadi.
Loyiha g‘oyasini rivojlantirish uchun aniq takliflar kiritishda talab etiladigan maʼlumotlarni miqdoriy baholash uchun investitsiya imkoniyatlarini tadqiq etish asosiy vosita hisoblanadi. Bunda quyidagi jihatlar tahlil etiladi:
- qayta ishlovchi sanoat uchun kerakli bo‘lgan tabiiy resurslar;
- qishloq xo‘jaligiga asoslangan sanoat tarmog‘i uchun asos bo‘lgan amaldagi qishloq xo‘jaligi tarkibi;
- muayyan isteʼmol talablariga kelgusi talab, aholi o‘sishi hisobiga ortib boruvchi talab;
- atrof-muhitga taʼsir ko‘rsatish;
- qayta ishlovchi sanoat sektori;
- mahalliy yoki transmilliy va boshqa tarmoqlar bilan mumkin bo‘lgan aloqalar;
- umumiy investitsiya muhiti;
- ishlab chiqarish siyosati;
- ishlab chiqarish omillarining mavjudligi va qiymati;
- eksport salohiyati va boshqalar.
Umumiy imkoniyatlarni tadqiq etishni quyidagi uchta kategoriyaga ajratish mumkin:
1. Hududdagi imkoniyatlarni aniqlash uchun belgilangan izlanishlar.
2. Sanoat sohasidagi, masalan, qurilish materiallari yoki oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishdagi imkoniyatlarni - aniqlash uchun belgilangan izlanishlar.
3. Tabiiy resurslar, qishloq va sanoat mahsulotlaridan foydalanishga (neft, ximiya, metallurgiya, yog‘ochni qayta ishlash) asoslangan imkoniyatlarni aniqlash uchun belgilangan izlanishlar.
Loyihaning asoslanishi yoki uni texnik – iqtisodiy va moliyaviy maqbulligini baholash bosqichida keng ko‘lamga marketing izlanishlari o‘tkaziladi. Bozor segmenti qandayligi o‘rganiladi, mahsulotni ishlab chiqarish dasturi tayyorlanadi, texnik qarorlar shu jumladan bosh reja ishlab chiqiladi, injenerlik taʼminoti, arxitektur rejalashtirish va qurilish qarorlari, fuqarolik mudofasi va atrof muhitni qo‘riqlash bo‘yicha chora tadbirlar o‘tkazish, qurilishni tashkil etish tavsifi, korxonani kimlar boshqarishi va ushbu soxada ularning boshqaruv tajribasi qay darajada ekanligi, korxona ishchilari soni va tarkibi, ular mehnatini tashkil etish.
Loyiha bo‘yicha smeta – moliya hujjatlarini tayyorlash, loyihani amalga oshirish bilan bog‘liq risklarni baholash, loyihani amalga oshirish muddatlari rejasi, loyihaning moliyaviy samaradorligini baholash, loyihaning iqtisodiy samaradorligini baholash, ko‘zda tutilayotgan investitsiyalarning qanday ko‘rinishda va maqsadlarda ishlatilishi masalalari ko‘rib chiqiladi.
Baholovchi xulosani tayyorlash va investitsiyalash uchun qaror qabul qilish bosqichida, tehnik – iqtisodiy asoslashni ishlab chiqish tugallangandan so‘ng, investitsion loyiha ishtirokchilari taxmin qilinayotgan investitsiya bo‘yicha aniq maqsadlar, yehtimolli risklar, xarajatlar va foydalarni hisobga olgan holda o‘z baholarini beradilar. Qanchalik loyihaning texnik – iqtisodiy asoslanishi sifatli bo‘lsa, uni baholash shunchalik oson bo‘ladi.
Investitsiya oldi fazasi xarajatlari umumiy kapital xarajatlarning 0,7% dan – 5% gacha ulushini tashkil yetadi.
Baholovchi xulosa ishlab chiqarish oldi xarajatlarining qanchalik o‘rinli yoki to‘g‘ri ekanligini ko‘rsatib beradi.
Loyiha bo‘yicha hulosa milliy yoki xalqaro moliya tashkilotlari tomonidan bajariladi.
Investitsiya va ishlab chiqarish xarajatlarini baholovchi xulosa, loyiha o‘lchami bo‘yicha barcha muhim jixatlarni, yaʼni moliyaviy va iqtisodiy foydaliligini hisoblash va ular bilan bog‘liq xarajatlarni hisobga olgan holda to‘g‘ri aniqlangandagina maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Baholovchi xulosa faqatgina aniq loyiha bilan cheklanib qolmasdan, shuning u bilan bog‘liq tarmoq sohasi va tegishli iqtisodiyot bilan ham qiziqqan holda olib boriladi.
Baholovchi hulosa to‘zishda keng qamrovli loyihalar uchun to‘plangan maʼlumotlar va loyihaning barcha omillari tahlilini qayta – qayta jiddiy tekshirib chiqish talab etiladi.
Investitsiya oldi fazasi natijasi bo‘lib, investitsiya loyihasining kengaytirilgan biznes - rejasi hisoblanadi.
Rejalashtirish har qanday tadbirkorlik tizimida hajmidan qatʼiy nazar uning ajralmas qismidir. Ilg‘or texnologiya va bozor tadqiqotlarining natijalari, yangi ish tashkili va tadbirkorlik rejalarini amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan tashkiliy – boshqaruv va moliya muammolarini hal qilish biznes rejada aks etishi kerak.

Download 483.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling