O’zbеkistоn rеspublikasi оliy va o’rta maхsus ta’lim vazirligi


Ustuvor iivestisiya takliflarining yigma ro‘yxati


Download 483.74 Kb.
bet27/86
Sana24.01.2023
Hajmi483.74 Kb.
#1116434
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   86
Bog'liq
Маъруза матни. асосий ИБ uz-assistant.uz

Ustuvor iivestisiya takliflarining yigma ro‘yxati.
Ustuvor investitsiya takliflarining yig‘ma ro‘yxati Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirliklar va idoralar, uyushmalar, korporasiyalar, kompaniyalar, mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, korxonalar va tashkilotlarning takliflaridan kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi tomonidan Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi va Xorijiy sarmoyalar bo‘yicha agentlik bilan birgagikda tuziladi.
Quyidagilar (yekologiya normalari va talablariga muvofiq kelishi ular uchun majburiy shartdir) investitsiya takliflarini Dasturga kiritish uchun tanlab olishning asosiy mezoni hisoblanadi:
a) ishlab chiqarish obʼektlari bo‘yicha:
- mahalliy xom ashyo va mineral resurslarni chuqur qayta ishlash ko‘lamini kengaytirish, ularni raqobatbardosh tayyor mahsulot darajasigacha yetkazish;
- eksport salohiyatini rivojlantirishga mo‘ljallangan rentabelli, yuqori texnologiyali va resurslarni tejovchi ishlab chiqarishlarni tashkil etish;
- kommunikasiyalar, sug‘orish, ishlab chiqarish infratuzilmasining zamonaviy tizimlarini rivojlantirish;
- isteʼmol bozorini eng zarur tovarlar va xizmatlar bilan to‘ldirish;
b) noishlab chiqarish obʼektlari bo‘yicha:
- aholining ijtimoiy infratuzilma xizmatlariga bo‘lgan birinchi navbatdagi ehtiyojlarini qondirish;
- noishlab chiqarish xizmatlari sifatini va ular bilan aholini qamrab olish darajasini oshirish.
Bunda ishlab chiqarish loyihalari bo‘yicha Dasturga kiritish uchun:
-texnologiya jihatidan o‘zaro bog‘langan yoki tarmoqlararo ahamiyatga yega bo‘lgan;
-to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar ishtirokida amalga oshiriladigan;
-qishloq joylarda va ishchi kuchi ortiqcha bo‘lgan mintaqalarda joylashtiriladigan kichik va o‘rta biznes;
-respublikaning eksport salohiyatini rivojlantirishni taʼminlaydigan takliflar ustuvor huquqa yega bo‘ladi.
Yig‘ma ro‘yxat mamlakatimiz investorlarini va xorijiy investorlarni jalb qilish uchun aniq ustuvor yo‘nalishlarning qisqacha bayoni hisoblanadi, ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinadi va tegishli kanallar, xalqaro axborotnomalar, moliya institutlari, internet tarmog‘i orqali potensial investorlarga yetkaziladi.
Yig‘ma ro‘yhatta kiritilgan investitsiya takliflari:
-keyinchalik Investitsiya loyihalarining aniq dasturiga kiritish uchun ular investitsiya loyihasi jarayoniga kelgunga qadar shakllantirishning barcha bosqichlarida ular ustidan doimiy monitoring amalga oshirilishi va injiniring jixatidan kompleks ko‘zatib borilishi kerak;
-hukumat kafolati ostidagi xorijiy kredit liniyalaridan foydalanishning ustuvor huquqiga yega bo‘ladi.
Yigma ro‘yxatga kiritilgan investitsiya taklifining tashabbuskori uni amalga oshirishda qatnashishdan manfaatdor bo‘lgan xorijiy sheriklar (potensial investorlar) bilan oldindan yerishilgan kelishuv yakunlari bo‘yicha "O‘zinvestloyiha" kompaniyasi yoki boshqa injiniring tashkiloti bilan birgalikda yoki mustaqil ravishda loyihaning техник— iqtisodiy asoslanishini ishlab chiqadi, loyiha ekspertiza qilinadi, belgilangan tartibda tasdiqlanadi.
Hukumat kafolati ostida beriladigan xorijiy investitsiyalar va kreditlar hisobiga mo‘ljallanayotgan investitsiya takliflarini amalga oshirish uchun potensial investorlarni (bosh pudratchilarni) jalb qilish, qoidaga ko‘ra, tender asosida amalga oshiriladi.

Download 483.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling