O’zbеkistоn rеspublikasi оliy va o’rta maхsus ta’lim vazirligi


Dasturni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash


Download 483.74 Kb.
bet28/86
Sana24.01.2023
Hajmi483.74 Kb.
#1116434
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   86
Bog'liq
Маъруза матни. асосий ИБ uz-assistant.uz

Dasturni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash.
Investitsiya loyihalarining aniq dasturi (keyingi o‘rinlarda — Aniq, dastur deb ataladi) har yili ishlab chiqiladi va mablag‘ bilan taʼminlashning asosiy manbalari bo‘yicha buyurtmachilar va xorijiy sheriklar ko‘rsatilgan holda ustuvor investitsiya loyihalari, eng avvalo, kelgusi yilga o‘tuvchi investitsiya loyihalari ro‘yxatini, joriy yil uchun kapital ko‘yilmalarni o‘zlashtirish prognozini ifodalaydi.
Investitsiya loyihalarining aniq dasturi Dastur tarkibida tasdiqlanadi va unga yil davomida qo‘shimcha investitsiya loyihalari kiritilishiga yo‘l qo‘yilmaydi,xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi loyihalar bundan mustasno.
Aniq dasturga kiritish uchun quyidagilar majburiy shartlar hisoblanadi:

  • belgilangan tartibda tasdiqlangan texnik — iqtisodiy asoslanishning mavjudligi;

  • mablag‘ bilan taʼminlash manbalarining va kreditlar shartnomada belgilanggan muddatlarda o‘zilishining isbotlanganligi.

Tasdiqlangan Aniq dasturga muvofiq buyurtmachilar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi bilan kelishilgan holda Qurilishlarning aniq ro‘yxati tasdiqdanadi.
Investitsiya dasturiga kiritilgan investitsiya loyihalarini davlat tomonidan qo‘llab — quvvatlash chora—tadbirlari mablag‘ bilan taʼminlashda ko‘maklashish, solik imtiyozlari va boshqa imtiyozlar berish, davlat monitoringini tashkil etish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Mablag‘ bilan taʼminlashda ko‘maklashish ustuvor investitsiya loyihalarini amalga oshirish, shu jumladan, xorijiy kreditlar bo‘yicha majburiy avans. to‘lovlari va boshqa to‘lovlarni to‘lash uchun qaytarish yoki qaytarmaslik asosida budjet mablag‘lari ajratish, shuningdek, xorijiy kreditlar uchun hukumat kafolatlari berish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Amalga oshirilishi uchun markazlashtirilgan kapital qo‘yilmalar hisobiga davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash zarur bo‘lgan ustuvor investitsiya loyihalari Vazirlar Mahkamasining Investitsiya dasturlari departamentining O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, boshqa vazirliklar va idoralar bilan birgalikda tayyorlagan takliflari asosida O‘zbekiston Respublikasi hukumati tomonidan belgilanadi.
Ko‘rib chiqilayotgan yil uchun markazlashtirilgan moliyaviy resurslarning prognoz limitlari O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi tomonidan oldingi yilning sentyabr oyidan kechikmay eʼlon qilinadi.
Soliq imtiyozlariga va boshqa imtiyozlarga soliklardan vaqtincha ozod qilish, imtiyozli solik, solish va jadallashtirilgan amortizatsiya tartibini belgilash, bojxona imtiyozlari berish va boshqalar kiradi. har bir loyiha yoki umuman dastur bo‘yicha imtiyozlar ro‘yxati amaldagi qonun Hujjatlariga muvofiq belgilanadi.

Download 483.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling