O’zbеkistоn rеspublikasi оliy va o’rta maхsus ta’lim vazirligi
Download 483.74 Kb.
|
Маъруза матни. асосий ИБ uz-assistant.uz
Biznes – reja – bu hujjat, unda aniq vaziyatda biznesning mohiyati, boshlanish imkoniyati, davomi va uning kengaytirilishi aks yetadi.
Biznes – reja tadbirkor tomonidan ishlab chiqiladi, agarda boshqa muammolar bo‘yicha maslahatlar kerak bo‘lsa, bu ishga boshqa soha mutaxassislari jalb qilinishi mumkin. Odatda bunday rejalar 1-3-5 yil muddatga tuziladi. Tadbirkor tomonidan birinchi yildagi olinadigan samara oylar bo‘yicha batafsil, keyingi yili – choraklar bo‘yicha, keyinchalik yil bo‘yicha hisoblanadi. Biznes – reja aksiyadorlar tasdig‘idan o‘tgan taqdirda (hissadorlik jamiyati bo‘lsa), birinchi yilga alohida ish vazifalarini ishlab chiqishga asos bo‘ladi. G‘arbdagi ko‘pchilik firmalar o‘z faoliyatini juda aniq rejalashtiradi va biznes – rejani ishlab chiqishda mahsus talablarga asoslanadi. Odatda uning xajmi 40 betdan oshmaydi. Yuqori darajadagi raqobatli sohalarda, ko‘zda tutilmagan xolatlar bo‘lishi mumkin bo‘lganda to‘liq rejaning muqobili sifatida qisqa varianti qabul qilinadi. Ayrim xollarda biznes – reja o‘zlari foydalanish uchun kichikroq va kattaroq hajmda «tashqi” varianti (bank, sarmoyadorlar, taʼminlovchilar va isteʼmolchilar uchun) tuziladi. Bunday hajmdagi rejalarga aniq misollar, hisoblar, ko‘rgazmalar ilova qilinadi. Biznes – reja bir necha muhim vazifalarni bajaradi. Biznes – rejani tayyorlash jarayoni fikrlashni jonlantiradi, tadbirkorni puxtalik bilan uylashga va o‘z ishini turli nuqtai nazardan tahlil qilishga, haqiqiy imkoniyat va qiyinchiliklarni baholashga majbur qiladi. Ikkinchi vazifa – nazorat. Qog‘ozda bayon qilingan reja kelgusi nazoratlarda va yerishilgan natijalarni baholashda har doim ishlatilishi mumkin. U korxona faoliyatini kelgusi yaxshilashga asos bo‘lib hizmat qiladi. Uchinchi asosiy vazifa – jamg‘arish. U boshqa jismoniy va yuridik shaxslardan pul mablag‘larni jalb qilishga imkoniyat yaratadi. Biznes – reja potensial qarz beruvchini, aksioner, sarmoyadorni hamda isteʼmolchini, taʼminlovchilarni ushbu korxona bilan (ishbilarmon bilan) tijorat aloqalarida foyda olishga ishontirishi kerak. Jahon tajribasida biznes – rejani to‘zish bosqichlari va uning tashkiliy qismlari aniq belgilanadi. Asosiy yo‘nalishni saqlagan holda,boshqa bo‘limlarga axborotni ko‘chirishni yoki ularni birlashtirish hisobiga bo‘limlar soni kam bo‘lishi mumkin. Masalan: kichik biznes rejalarida «Bozor таҳлили» va «marketing tahlili”, shuningdek, «Mahsulot” va «Texnologiya” bo‘limlarini birlashtirish mumkin. Kichik biznes – rejasida raqam amallari ustunlik qilishi mumkin, kengaytirilgan biznes – rejada esa olingan va olinadigan ko‘rsatkichlar tahlilida og‘zaki yondashishga ko‘proq etibor qaratiladi. Korxonani rahbari yoki menedjeri biznes – rejani ishlab chiqarishning aniq sxemasi, uning tartibi va bayoni, xajmi, axborot ustunligini tanlashda quyidagi omillarga alohida yetibor berishi kerak bo‘ladi: - korxona statusi va katta - kichikligi (kichik biznes); - rejalashtirish faoliyatining bosqichlari (biznes boshlanishi, yaʼni, yangi ishlab turgan korxona faoliyatining davomi); - rejaning maqsadli yo‘nalishi (asosan ichki ishlarga yoki qarz va sarmoya olishga); - biznes xususiyati va qiyinchiligi, xuddi shunday u yoki bu masalalarni ishlab chiqishdagi iborasi; - kerakli maʼlumot va axborotni borligi; - boshqa mutaxassislarning yordamiga muhtojligi va boshqalar; Investitsion loyiha hayotiy aylanishining keyingi bosqichi, investitsion faza hisoblanadi. Unda investitsiya loyihasini moliyalashtirish yoki loyihani amalga oshirish ro‘yobga chiqadi. Bu fazada aniq xarakatlar belgilab olinadi: SHunonchi investitsiya loyihasini smeta hujjatlari tayyorlanadi; uskunalarga buyurtmalar beriladi; ishlab chiqarish maydonlari tayyorlanadi; uskunalar o‘rnatilib, ularning montaj ishlari tayyorlanadi. Xodimlarni o‘qitish ishlari o‘tkaziladi va reklama tadbirlari olib boriladi. Unda korxonaning doimiy aktivlari shakllanadi. Baʼzi – bir xarajatlar masalan xodimlarni o‘qitish, reklama tadbirlar, uskunalarni o‘rnatish va ishga tushirish, qisman mahsulotning tannarxiga (bo‘lg‘usi xarajatlari kabi) kiritiladi, qisman ishlab chiqarish oldi xarajatlariga kiritiladi. - Loyiha hayotiy aylanishining oxirgi bosqichi, yekspluatatsion yoki ishlab chiqarish fazasi hisoblanadi. Bu asosiy uskuna va vositalarni xarakatga keltirishdan boshlanadi. Ushbu fazada korxonaning harakatiga start beriladi,maxsulot va xizmatlar ishlab chiqarila boshlanadi va olingan qarz mablag‘lari (bank kreditlari) qaytarila boshlanadi. Bu faza mos tushumlar va joriy xarajatlarni xarakterlaydi. Ishlab chiqarish fazasi davomiyligi investion loyihani umumiy harakteriga sezilarli taʼsir o‘tkazadi. U qancha o‘zoq bo‘lsa shuncha jami daromad xajmi yuqori bo‘ladi. Download 483.74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling