O’zbеkistоn rеspublikasi оliy va o’rta maхsus ta’lim vazirligi


Download 483.74 Kb.
bet45/86
Sana24.01.2023
Hajmi483.74 Kb.
#1116434
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   86
Bog'liq
Маъруза матни. асосий ИБ uz-assistant.uz

Yekstrapolyasiya usulining moxiyati shundaki, o‘tgan hisobot davrining moliyaviy natijalaridan xulosa chiqarib kelgusi hisobot yili uchun moliyaviy rejani to‘zishni ko‘zda tutadi. Moliyaviy ko‘rsatkichlarning prognoz va rejali hisob kitoblari turli usullardan foydalanishga asoslanadi. Yekstrapolyasiya usuli moliyaviy ko‘rsatkichlar va ularnig dinamik o‘zgarishlariga asoslanadi. Moliyaviy ko‘rsatkichlar hisobot yilidagi ko‘rsatkichlar asosida amalga oshiriladi.
Normativ usulda, belgilangan norma va normativlardan foydalanish ko‘zda tutiladi. Masalan: budjet muassasalarida 1-sinfda nechta bola uqishi lozim, sanatoriyada qancha joy bulishi kerak va x.k.
Matematik modellashtirish usulida real iqtisodi va ijtimoiy jarayonlarni takrorlovchi moliyaviy modellar to‘zish orqali amalga oshiriladi. Moliyaviy resurslarni manbalarini ulardan foydalanish bilan muvofiqlashtirish asosidagi rejalashtirish jarayoni balans usuli hisoblanadi.
Xal qilinishi lozim bulgan vazifalarning xarakteriga, murakkabligiga va davrini uzoqligiga qarab, moliyaviy siyosat:
1. Moliyaviy strategiya.
2. Moliyaviy taktika
Moliyaviy strategiya deb korxonani moliyaviy resurslar bilan taʼminlash uchun tuzilgan asosiy rejaning tarziga aytiladi. Korxonani moliyaviy strategiyasi o‘z ichiga korxonaning moliyaviy axvolining tahlilini asosiy va aylanma mablag‘larini optimallashtirish, daromadni taqsimlash, naqd pulsiz tulashlarni, soliq va narxlar siyosatini, qimmatli qog‘ozlar jarayonidagi siyosatni oladi.
Moliyaviy strategiya asosiy va operativ bulishi mumkin.
Asosiy moliya strategiyasi deb, korxonani faoliyatini aniqlovchi budjetni hamma darajasida buladigan o‘zaro munosabatlariga, korxonani daromadlarini tashkil yetib uni sarflashga, yextiyojlik miqdorini va bir yilda moliyalashtirish manbalariga aytiladi.
Operativ moliya strategiyani, asosiy moliyaviy strategiyadan farqi, u o‘z ichiga yalpi daromdlarni va mablag‘larni kupayishini (ish xaqi, sotilgan maxsulot uchun sotib oluvchilar bilan hisob-kitob qilish, kredit operatsiyalaridan tushumlar) va hamma yalpi harajatlarini (taʼminlovchilar bilan hisob-kitob, ish xaqi, hamma darajadagi budjetlar va banklar bilan majburiyatlarini o‘zmoq) oladi.
Moliyaviy strategiya – ijtimoiy va iqtisodiy strategiyani belgilab bergan o‘zoq istiqbolga mo‘ljallangan va yirik masshtabdagi vazifalarni bajarishga qaratilgan bulib, u moliya rivojlanishining asosiy konsepsiyalarini ishlab chiqish, moliyaviy munosabatlarni tashkil etish tamoyillarini belgilashni ko‘zda tutadi. Moliyaviy strategiya o‘zoq muddatli maqsadlarni tanlash va maqsadli dasturlarni zarur moliyaviy resurslar bilan taʼminlash, ularni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishning asosiy yo‘nalishlarida mujassamlashtiradi va ko‘zda tutadi.
Moliyaviy taktika – strategiya belgilab bergan vazifalarni jamiyat rivojlanishining konkret bosqichida moliyaviy munosabatarni tashkil etish usullari orqali amalga oshiradi.
Moliyaviy siyosat inson faoliyatining maxsus shakli sifatida ustkurma kategoriyalariga taʼlluqlidir. U bilan jamiyatning iqtisodiy bazisi orasida chambarchas bog‘langan o‘zaro bog‘liqlik mavjuddir. Bir tomondan, moliyaviy sisat iqtisodiy munosabatlar orqali vujudga keladi, ikkinchi tomondan, iqtisodiy bazis asosida vujulga kelib va rivojlanib, moilyaviy siyosat maʼlum bir mustaqillikka yega. Shuning uchun u iqtisodga, moliyaning ahvoliga teskari taʼsirini o‘tkazadi. Bu taʼsir xar xil bulishi mumkin: bir xil paytlarda sisiy chora-tadbirlarni o‘tkazish orqali iqtisodni rivojlantirishga qulay shart-sharoit yaratiladi, boshqalarda esa u tusqinlik qiladi.
O‘zbekiston mustaqillikka yerishib, iqtisodiy rivojlanishda bozor munosabatlariga o‘tishda, ijtimoiy xayotning barcha soxalarida bulgani kabi, moliya va moliyaviy munosabatlarda ham chuqur islohotlarni amalga oshirishga tug‘ri keldi.
Bozor iqtisodiyotiga o‘tishning birinchi bosqichida iqtisodiy strategiya qo‘yidagi vazifalarni bajarishni ko‘zda tutdi:

  1. Maʼmuriy-buyruqbozlik tizimining oqibatlarini engish, tanglikka barham berish, iqtisodiyotni barqarorlashtirish;

  1. Respublikaning o‘ziga xos sharoitlari va xususiyatlarini hisobga olgan xolda bozor munosabatlarining negizlarini shakllantirish.

Prezidentimiz I. Karimov belgilab bergan iqtisodiy strategiyadan kelib chiqqan xolda, bozor iqtisodiyotini birinchi bosqichida moliya va soliq siyosatining birinchi darajadagi chora-tadbirlari va ustivor yo‘nalishlari qo‘yidagilardan iborat buladi:

  • Barqaror moliyaviy siyosatni amalga oshirish, davlat budjeti defitsitini iloji boricha kamaytirish, budjetdan beriladigan dotatsiya va subsidiyalarni barcha turlarini bosqichma-bosqich qisqartirib borish;

  • budjet mablag‘larini daromad tushgandan keyingina taqsimlanadigan yuldan og‘ishmay borish, birinchi darajali, eng zarur umumdavlat yextiyojlari uchun budjetdan mablag‘ ajratish;

  • xalq xo‘jaligi tarmoqlarini, ayrim korxonalarni rivojlantirish uchun budjetdan qaytarib olmaslikni ko‘zda tutib taʼminlash amaliyotidan voz kechish, ana shu maqsadlarda investitsiya kreditlaridan keng foydalanish;

- soliq tizimini takomillashtirish budjet daromadlarini barqaror surʼatda tulab turishni taʼminlaydigan, kichik va xususiy korxonalarning, chet el kapitali ishtirokidagi qayta ishlaydigan va xalq isteʼmoli mollarini ishlab chiqaradigan qushma korxonalarni rivojlanishini rag‘batlantiradigan soliq siyosatini olib borish.



Download 483.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling