O’zbekisтon respublikasi oliy va o’rтa maхsus тa’lim vazirligi


II BOB PEDAGOGIK TEXNOLOGIYANING MANBALARI, METODOLOGIK ASOSLARI VA UNING XUSUSIY METODIKADAN FARQII


Download 79.6 Kb.
bet4/6
Sana07.02.2023
Hajmi79.6 Kb.
#1176017
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
PEDAGOGIK TEXNALOGIYA rivojlanishi

II BOB PEDAGOGIK TEXNOLOGIYANING MANBALARI, METODOLOGIK ASOSLARI VA UNING XUSUSIY METODIKADAN FARQII.
2.1 PEDAGOGIK TEXNOLOGIYANING O'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI, TA'LIM VA TARBIYA TEXNOLOGIYALARINING QONUNIYATLARI
«Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat» fanining metodologik asosini O’zbekiston respublikasi Konstitustiyasi, «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi», «Ta’lim to’g’risida»gi qonun, hukumatimiz tomonidan chiqarilgan qonun va farmonlar hamda pedagogika tashkil etadi. Chunki, tarbiyaning asosiy maqsadi o’sib kelayotgan yosh avlodning ilmiy dunyoqarashini shakllantirishdan iborat.
O'zbekistonda bozor munosabatlariga asoslangan iqtisodiy strukturalar yaratilayotgan hozirgi kunda keng, chuqur bilimli va bilimlarni amalda qo'llay oladigan shaxslarga talab kuchayib bormoqda. Bilimdon va tadbirkor, ijtimoiy faol shaxs jamiyat hayotida, mehnatda o'zining o'rnini topadi. O'zbekiston Prezidenti I.A.Karimov «….shuni yaxshilab tushunib olishimiz zarurki, jamiyatimizni yanada demokratlashtirish va fuharolik institutlarini shakllantirish, avvalo, aholi siyosiy, ijtimoiy va davlat hayotida nechog’lik faol ishtirok etishi bilan uzviy bog’liq», deb ko'rsatdi. Bunday faollik vujudga kelishi uchun bilimdon va harakatchan, milliy istiqlol g’oyasiga sodiq bo'lgan shaxsni shakllantirish kerak.
Bugungi kunda «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» talablaridan biri ta'lim jarayonida yangi pedagogik va axborot texnologiyalarini qo’llashi, tayyorgarlikning modul tizimidan foydalangan holga ta'lim oluvchilarni o’qitishni jadallashtirish sanaladi.
«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» asosida amalga oshirilayotgan ta'lim sohasidagi islohotlarning birinchi va ikkinchi bosqichlari vazifalari muvaffaqiyatli qal qilinib, uchinchi bosqichdagi o'zgarishlar davom etmoqda. Bu bosqichda o’quv-tarbiya ishlarini butunlay yangi asosda tashkil qilish, yuqori sifat ko'rsatkichiga erishish talab qilinadi.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi o'z oldiga bir qator maqsad va vazifalarni qo'ygan.
Mazkur dasturning maqsadi:
ta'lim sohasini tubdan isloh qilish;
uni o'tmishdan qolgan mafkuraviy qarashlar va sarqitlardan to'la xalos etish;
rivojlangan demokratik davlatlar darajasida yuksak ma'naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash milliy tizimini yaratish kabilardir.
Ushbu maqsadni ro'yobga chiharish quyidagi vazifalarni hal etishni nazarda tutadi:
O'zbekiston Respublikasining «Ta'lim to’g’risida»gi Qonuniga muvofiq ta'lim tizimini isloh qilish, davlat va nodavlat ta'lim muassasalari hamda kadrlar tayyorlash sohasida raqobat muhitini shakllantirish negizida ta'lim tizimini yagona o’quv ishlab chiharish majmui sifatida izchil rivojlantirishni ta'minlash;
ta'lim va kadrlar tayyorlash tizimini jamiyatda amalga oshirilayotgan yangilanish, rivojlangan, demokratik-huquqiy davlat qurilishi jarayonlariga moslash;
kadrlar tayyorlash tizimi muassasalarini yuqori malakali mutaxassislar bilan ta'minlash, pedagogik faoliyatning tashkiliy va ijtimoiy ma?omini ko'tarish;
kadrlar tayyorlash tizimini hozirgitalablar doirasida qayta qurish;
ta'lim oluvchilarni ma'naviy-axloqiy tarbiyalashning samarali uslublarini ishlab chiqish va joriy etish;
tizimni attestatsiya va akkreditatsiya qilishning yagona metodikasini joriy qilish;
normativ va moddiy - texnika axborot bazasini yaratish;
ta'lim, fan va ishlab chiharishning integratsiyasini ta'minlash;
tizimga byudjetdan tashqari investitsiyalarni jalb qilish;
kadrlar tayyorlash sohasida o'zaro manfaatli xalharo hamkorlikni rivojlantirish.
Yuqoridagi maqsad va vazifalardan kelib chiqib, yangi ta'lim modelining tarkibiy qismlari quyidagilardan iborat etib belgilandi:
1) shaxs - kadrlar tayyorlash tizimining bosh sub'ekti va ob'ekti, ta'lim sohasidagi xizmatlarning iste'molchisi va ularni amalga oshiruvchi;
2) davlat va jamiyat - ta'lim va kadrlar tayyorlash tizimining faoliyatini tartibga solish va nazorat qilishni amalga oshiruvchi, kadrlar tayyorlash va ularni qabul qilib olishning kafillari;
3) uzluksiz ta'lim - malakali va raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning asosi bo'lib, ta'limning barcha turlari va standartlarini o'z ichiga oladi;
4) fan - yuqori malakali mutaxassislarning tayyorlovchisi va ulardan foydalanuvchi, ilg’or pedagogik va axborot texnologiyalarining ishlab chiquvchisi;
5) ishlab chiharish - kadrlarga bo'lgan ehtiyojni, ular sifatiga qo'yilgan talablarni belgilovchi asosiy buyurtmachi, tizimni moliyalashtiruvchi va moddiy-texnik baza bilan ta'minlash qatnashchisi.
Prezidentimiz I.A.Karimov kadrlar tayyorlash milliy dasturi to'la ro'yobga chiqsa, ijobiy ravishda “portlash effekti” sodir bo'lishini bashorat qilib, «Tafakkur» jurnali bosh muharriri savollariga bergan javobida shunday degan edi: «Ishonchim komil, agar bu islohatni amalga oshirsak, tez orada hayotimizda ijobiy ma'nodagi portlash effektiga, ya'ni uning samaradorligiga erishamiz».
Nazarda tutilgan vazifalar to’liq amalga oshsa:
1) ijtimoiy-siyosiy iqlimga ijobiy ta'sir qiladi va natijada mamlakatdagi mavjud muhit butunlay o'zgaradi;
2) insonning hayotdan o'z o'rnini topish jarayoni tezlashadi;
3) jamiyatda mustaqil fikrlovchi erkin shaxs shakllanadi;
4) ta'limning yangi modeli jamiyatimizning potentsial kuchlarini ro'yobga chiharishda katta ahamiyat kasb etadi;
5) oldimizda turgan har qanday vazifani bajarishda va maqsadlarga erishishda jamiyatimizning har bir a'zosi qo'shadigan hissa «portlash effektiga» olib keladi.
Bu jarayonda yangi pedagogik texnologiyalarning bir qancha muammolari o'z yechimini topadi. Ular-ta'lim muassasalarining resurs, kadrlar va axborot bazalarining yanada mustahkamlanishi, o’quv-tarbiya jarayonini yangi o’quv-uslubiy majmualar, ilg’or pedagogik texnologiyalar bilan to’liq ta'minlanishi, milliy (elita) oliy ta'lim muassasalarining haror toptirilishi va rivojlantirilishi, kasb-hunar ta'limi muassasalarining mustaqil faoliyat yuritishining ta'minlanishi va o'zini-o'zi boshqarish shakllarining mustahkamlanishi kabi vazifalardir. Bunda ta'lim jarayonini axborotlashtirish va uzluksiz ta'lim tizimini jahon axborot tarmog’iga ulanadigan kompyuter axborot tarmoqi bilan to’liq qamrab olish ham ko'zda tutilgan.
Mavjud pedagogika fanida dars jarayoniga oid berilgan ma'lumotlarda e'tibor ko’proq yangi bilimlarni bayon etish, uni mustahkamlash va natijasini hisobga olishga qaratilgan. Bilim berishda talabaning avvalgi bilimlari, hayotiy tajribasi etarlicha hisobga olinmagan. Dars rejasida avval o'tilgan mavzuni yakunlab, yangi mavzuga bog’lash taklif etilgan. Lekin shu yangi o'tilayotgan mavzu bo'yicha talabaning bilimni aniqlash, mavzuga xos bo'ladigan dastlabki ma'lumotlarni berish etarlicha amalga oshirilmagan. Pеdаgоgik tехnоlоgiyaning аn’аnаviy tа’limdаn аfzаlligi, u pеdаgоgik jаrаyonini bir butunlikdа ko’rib, pеdаgоgik mаqsаdi, kutilаdigаn nаtijаlаri, uning mаzmuni, pеdаgоgik mеtоdlаri, shаkllаri vа vоsitаlаri, hаmdа tаhsil оluvchi vа pеdаgоgik bеruvchilаrning fаоliyatlаrini tizimgа kеltirib, pеdаgоgik bоsqichlаrini lоyihаlаb, pеdаgоgik jаrаyonini nаzоrаt qilish vа pеdаgоgik nаtijаlаrini bаhоlаsh kаbi elеmеntlаrini o’zаrо uzviy bоg’lаb tizimgа kеltirib turib uning lоyihаsini tuzishidаdir.
Pеdаgоgik tехnоlоgiyasining аn’аnаviy pеdаgоgikdаn kеyingi fаrqi, u tаhsil оluvchilаrning o’zlаrigа bеrilgаn bilimni yodlаb оlib аytib bеrishigа emаs, bаlki pеdаgоgik vа tаrbiya jаrаyonining yakunidа аmаliy ishlаrni bаjаrishigа yo’nаltirilgаnligidаdir.
Pеdаgоgik tехnоlоgiya аsоsаn o’z ichigа quyidаgi оmillаrni оlаdi:
pеdаgоgikdа umumiy mаqsаdning qo’yilishi;
tuzilgаn umumiy mаqsаddаn аniq mаqsаdgа o’tish;
nаzоrаt tоpshiriqlаrini ishlаb chiqish;
talabalаrning bilim dаrаjаlаrini dаstlаbki (tаshхisli) bаhоlаsh;
bаjаrilаdigаn o’quv tаdbirlаri mаjmuаsi (bu bоsqichdа talabalаr bilаn mulоqоt аsоsidа pеdаgоgikgа jоriy tuzаtishlаr kiritilishi lоzim); nаtijаni bаhоlаsh.
Pedagogik texnologiyaning metodikadan farqli tomoni shuki, u ma‘lumot texnologiyasini joriy etishh taktikasini ifodalab beradi va «o‘qituvchi-pedagogik jarayon-talaba” funktsionala tizim qonuniyatlariga tegishli bilimlar asosida quriladi. Shu nuqtai nazardan pedagogik tadqiqotlar maqsadi ana shu tizimga yo‘naltirilishi kerak, ya‘ni:
ta‘limni rivojlantirishning yangi bosqichida pedagogik texnologiya mohiyati va muammolarini ko‘p bosqichli ta‘lim tizimi uchun tabaqalashtirilgan yondashuv asosida ishlab chiqish:
ishlab chiqarishning zamonaviy texnologiyalarini tahlil qilishh asosida pedagogik texnologiyalar loyihalarini yangilab va boyitib borish;
o‘qituvchi faoliyatini yangi pedagogik texnologik texnologiya qonuniyatlariga moslashtirish;
“o‘qituvchi-texnolog” kasbi tavsifnomasini yaratish
Pedagogik texnologiya nazariyasi va amaliyoti quyidagi qonuniyat va printsiplarga asoslanadi:
ta‘lim-tarbiya jarayoni tuzilishi va mazmuni jihatidan yaxlitligi va birligi;
ta‘lim jarayonini optimallashtirish: qulay sharoit yaratib, oz vaqt, kam kuch sarflab, yuqori natijaga erishish;
zamonaviylik pedagogik amaliyotga ilmiy asoslangan didaktik yangiliklarni, yangi tartib-qoidalarni joriy etishh, ta‘lim mazmunini uzluksiz yangilab zamonaviylashtirib borish;
ilmiylik: ta‘lim-tarbiyada yangi shakl vositalar, faol metodlar, didaktik materiallarni qo‘llash, uzluksiz izlanish, tadqiqot;
talaba va qo‘ituvchi faoliyatini oqilona uyushtirish: o‘qituvchi ta‘lim maqsadini, mazmunini puxta bilishi, ta‘lim usullari va texnik vositalarni yaxshi egallagan bo‘lishi; talabaning manfaatdorligi, qiziqishi va intiluvchanligi;
pedagogik jarayonni jadallashtirish; axborot texnologiyasi va texnik vositalardan foydalanishh samaradorliligini oshiruvchi didaktik materiallarni ishlab chiqish va keng qo‘llash;
o‘quv jarayoni uchun zarur moddiy-texnik baza yaratishh;
pedagogik jarayon natijalarini xolisona va ob‘ektiv baholash, test usuli, reyting tizimi, talabalning bilim va kunikmalarini egallash jarayonini nazorat qilishh, baholashni avtomatlashtirish;
ta‘lim-tarbiyaning tabiatga mosligi;
ta‘lim-tarbiyaning jamiyatga moslashuvi va boshqalar.
Printsip - lotincha «boshlanish” degan ma‘noni anglatadi. Pedagogik texnologiyaning o‘ziga xos xususiyatidan kelib chiqadigan uning metodikasiga qo‘yiladigan talablar, printsiplar mavjud. Ayrim tadqiqotchilar, “pedagogik texnologiyaning tamoyillari: kafolatlangan yakuniy natija, ta‘limning mahsuldorligi, teskari aloqaning mavjudligi, ta‘lim maqsadining aniq shakllanganligi” kabilar deb talqin qilinadi.
An‘anaviy o’qitish usulida ta‘lim maqsadi dastur talabiga binoan aniq ifodalanmaydi, talabaning o‘zlashtirish darajasi, sifati haqida muallim aniq tasavvurga ega bo‘lmaydi.
Pedagogik texnologiya o'zida quyidagi o'ziga xos xususiyatlami namoyon etadi: 1) Pedagogik texnologiya pedagogik jarayonnni takomillashtirish, optimallashtirishga bo'lgan ijtimoiy ehtiyojni qondirish omili sanaladi. 2).Pedagogik texnologiya didaktik, tarbiyaviy xarakterdagi ta'lim-tarbiya jarayonini samarali, mahoratli tarzda tashkil etishga oid nazariy va amaliy bilimlar majmui, metodologik fan sifatida namoyon bo'ladi. 3).Pedagogik texnologiya ta'lim-tarbiya jarayonining umumiy mohiyatini aks ettiruvchi yaxlit jarayondir. 4). Pedagogik texnologiya yo'naltiruvchanlik vazifasini bajaradi, ya'ni, u shaxsni rivojlantirish, tarbiyalash, shakllantirish uchun xizmat qiladi. 5). Pedagogik texnologiya - shaxsiylik xususiyatiga ega bo'lib, muayyan texnologiyalarni ta'lim-tarbiya jarayonida qo'llashga nisbatan yagona, qatiiy, me'yoriy (standart) talablar qo'yilmaydi.6). Har bir pedagog u faoliyat olib yuritayotgan ta'lim-tarbiya muhitining xususiyatlari, mavjud ichki va tashqi shart-sharoitlarini inobatga olgan holda muayyan texnologik yondashuvni amalga oshirish imkoniyatiga ega. 7). Pedagogik texnologiya o'zida ta'lim, tarbiya va shaxs taraqqiyoti (kamolot) birligini ifoda etadi [ Ro'ziyeva D. 2019, -B.43.].

2.2 ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA


Garchi "Pedagogik texnologiya" nazariyasi g‟oyalarining asoslanganiga qariyb bir asr bo'lgan bo'lsa, o'quv fani sifatida respublika oliy ta‟lim muassalarida o'qitilayotganiga unchalik ko'p vaqt bo'lgani yo‟q. “Pedagogik texnologiya” fani amaliy-pedagogik fan sifatida o'tgan asrning 90-yillarida shakllandi. U amaliypedagogik fan sifatida to'la ravishda “Pedagogika” poydevoriga tayanadi va pedagogik metodologiyada o'z o‟rnini aniq belgilaydi” Bugungi kunda fan asoslari o'zida eng ilg‟or pedagogik qarashlaning dinamik rivojini aks ettiradi. O'tgan vaqt ichida ta‟lim jarayoniga texnologik yondashuvning nazariy-metodologik asoslari o'rganildi, ta‟lim va tarbiya jarayonini texnologik yondashuv asosida tashkil etish natijalari tahlil qilinib, muayyan xulosalarga kelindi. Mustaqillik yillarida O'zbekiston Respublikasining uzluksiz ta‟lim tizimiga ham ilg‟or pedagogik texnologiyalami faol tatbiq etishga e‟tibor qaratilib, bu borada sezilarli yutuqlarga ham erishildi. Pedagogik texnologiya nazariyasi o‟tgan asrning ikkinchi yarmidan boshlab asoslanib kelinayotgan bo‟lsada, aynan “pedagogik texnologiya” tushunchasiga msbatan turlicha yondashuvlar mavjud. Xususan, pedagog olim V.P.Bespalko pedagogik texnologiyani “amaliyotga tadbiq qilinadigan muayyan pedagogik tizim loyihasi” deya ta‟riflaydi Aksariyat pedagoglar “ta‟lim texnologiyasi” va “pedagogik texnologiya” tushunchalari mazmunan bir ma‟noni anglatishini aytadi. Bunday yondashuv u qadar to'g‟ri emas. Zero, yuqorida qayd etib o‟tilganidek, ta‟lim jarayonini texnologiyalashtirish g‟oyasi dastlab G‟arbiy Yevropa va AQSHda shakllangan. Ularda “Pedagogika” fani mavjud emas, shu bois “pedagogik faoliyat”, “pedagogik texnologiya” tushunchasi ham iste‟molda yo‟q. Ushbu mamlakatlarda shaxsga ilmiy bilimlarni berish jarayoni “ta‟lim jarayoni” sifatida nomlanadi, shaxsga bilimlar berish, uning ma‟lumotini oshirish, ta‟lim samaradorligini ta‟minlashga xizmat qiluvchi fanlar majmui “Metodika” deb yuritiladi. Metodika fanlarini o'qitishda asosiy e‟tibor ta'lim sifatini yaxshilash, uning samaradorligini ta'minlashga qaratiladi. O'zbekiston Respublikasi ta‟lim amaliyotida o‟qitilib kelinayotgan “Pedagogika” fanining predmeti shaxsni shakllantirish, uning kamolotini ta‟minlashga yo'naltirilgan ta‟limiy va tarbiyaviy faoliyatni tashkil etish jarayonining mazmunidan iborat. Ya‟ni, shaxs kamoloti ta‟limiy va tarbiyaviy faoliyat jarayonining natijasi sifatida namoyon bo‟ladi.

Download 79.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling