O’zbekisтon respublikasi oliy va o’rтa maхsus тa’lim vazirligi


Download 79.6 Kb.
bet1/6
Sana07.02.2023
Hajmi79.6 Kb.
#1176017
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
PEDAGOGIK TEXNALOGIYA rivojlanishi


O’ZBEKISТON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RТA
MAХSUS ТA’LIM VAZIRLIGI
TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETINING
PEDAGOGIKA INSTITUTI

Maktabgacha ta`lim yo`nalishi _____


guruh talabasi
____________________________ning

KURS ISHI MAVZUSI :


“PEDAGOGIK TEXNALOGIYANING RIVOJLANISH BOSQICHLARI VA O`ZIGA XOS XUSUSIYATLARI”.

Ilmiy rahbar __________________


Mundarija:
Kirish…………………………………………..…................3
I BOB PEDAGOGIK TEXNOLOGIYANING MAQSADI
1.1. Bugungi kunda pedagogik texnologiyalar tushunchasiga berilgan ta'riflar va ularniig tahlili.................9


1.2. Pedagogik texnologiyalarning o'ziga xos xususiyatlari..15


II.BOB. PEDAGOGIK TEXNOLOGIYANING MANBALARI,METODOLOGIK ASOSLARI VA UNING XUSUSIY METODIKADAN FARQI


2.1.Pedagogik texnologiyaning o'ziga xos xususiyatlari,ta`lim tarbiya texnologiyalarining qonunyatlari ..............................18


2.2 Adabiyotlar tahlili va metodologiya……………………25

Xulosa…………………………………….................................33
Foydalanilgan adabiyotlar………………….……..................37

KIRISH
«Pedagogik texnologiyalarining rivojlanishi va pedagogik mahorat» fanining mazmuni, maqsadi, predmeti va vazifalari.
Pedagogik jarayonlar uchun tatbiq qilinuvchi texnologiyaning an'anaviy va noan'anaviy, tarixiy, klassik, yangi va zamonaviy turlari farq qilinmoqda. Asosiy maqsad - shaxsning ta'lim va tarbiyasi hamda uning aqlan va jismonan rivojlanishi bilan bog’liq kasbiy faoliyat ekanligini nazarda tutsak, qanday nomlanishidan qat'iy nazar, pedagogik texnologiya komil inson tushunchasiga mazmunan singib ketishi lozim.
«Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat» kursining maqsadi - talabalarni pedagogik texnologiyalarning mazmuni, o'ziga xos xususiyatlari va turlari bilan tanishtirish va pedagogik texnologiyalardan Hozirgi kunda pedagogik adabiyot, ta'lim muammolariga oid ma'ruzalar, rasmiy hujjatlarda "yangi pedagogik texnologiya", "ilg'or pedagogik texnologiya", "zamonaviy pedagogik texnologiya" iboralari keng qo'llanilmoqda. YuNESKO ning ta'rifi bo'yicha: "Pedagogik texnologiya - bu butun o'qitish va bilimlarni o'zlashtirish jarayonida o'z oldiga ta'lim shakllarini samaradorlashtirish vazifasini qo'yuvchi texnik hamda shaxs resurslari va ularning o'zaro aloqasini hisobga olib, bilimlarni yaratish, qo'llash va belgilashning tizimli uslubidir". Bu ta'rifdagi asosiy tushuncha "tizimli uslub" dir. Aynan tizimli yondoshuv pedagogik texnologiyani o'qitishga boshqa yondashuvlardan farqlovchi asosiy belgi hisoblanadi. Ta'lim maqsadlari, uning mazmuni, o'qitish va ta'lim berish uslublari, nazorat va natijalarni baholashni o'zaro aloqada va bir-biri bilan bog'liqlikda loyihalash - ko'pincha an'anaviy o'quv jarayonida yetishmaydigan narsalardir. Masalan, ko'p hollarda ta'lim, asosan, axborotni eslab qolishga yo'naltirilgan, ta'lim oluvchining bo'lajak faoliyati esa muayyan ishlarni bajarish yoki tashkiliy, boshqaruv va kasbiy qarorlarni qabul qilish bilan bo^liq bo'ladi. Pedagogik texnologiyaga o'quv jarayonini ro'yobga chiqarish davomida turli o'qitish uslublaridan foydalanishning muayyan umumiy me'yorlarini belgilovchi yo'llanma, go'yoki qolip sifatida qarash mumkin. "Texnologiya" atamasi orqali ashyo yoki yarim xomashyoni tayyor mahsulotga aylantirish uchun holati, shakli, xossasi, xususiyatlarini o'zgartirish usullari majmuasi tushuniladi va u moddiy ishlab chiqarish sohasiga taalluqlidir. Shu bois intellektual sohaga tegishli pedagogning ta'lim-tarbiya faoliyatini "texnologiyalashtirish" mumkinmi?, degan savol tug'ilishi tabiiydir. "Bizning pedagogik ishlab chiqarishimiz -yozgan edi A.S.Makarenko, -hech qachon texnologik mantiq asosida qurilmagan, u doimo axloqiy tar^ibga asoslangan. Aynan mana shuning uchun ham bizda ishlab chiqarishning barcha muhim bo'limlari: texnologiya jarayonini, ish bajar ilishini hisobga olish, yaratuvchilik (konstruktorlik) ishi, moslamalarni qo'llash, nazorat, ishga tushurish, yaroqsizga chiqarish - degan tushunchalar yo'q". Sanoatda texnik hujjatlar talablariga aniq rioya qilib, ijrochining shaxsiga bo^liq bo'lmagan holda kafolatlangan natija beradigan minglab texnologik jarayonlar ishlab chiqilgan. Bunday texnologik jarayonning asosi bo'lib detalning ishchi chizmasi va yi^ma birliklar chizmasi xizmat qiladi. Mana shuning uchun ham O'zbekistonda chet el texnologiyasi aso sida ishlab chiqariladigan avtomobilning sifati Janubiy Koreyada ishlab chiqarilgan avtomobil sifatidan farq qilmaydi. Takrorlanadigan tuzilmani pedagogikada yaratishga o'quv (ta'lim-tarbiyaviy) vazifalarning xilma-xilligi, ta'lim mazmuni bo'laklari va o'quv materiali turlarining har xilligi, ularni bilish faoliyati uslubining bir xilda namoyon bo'lmasligi va ko'plab boshqa omillar to'sqinlik qiladi. Shunday bo'lsada, AQShda taniqli olimlar B.Blum, D.Kratvol, N.Gronlund, J.Kerroll, J.Blok, L.Anderson va boshqalar harakati bilan rejalashtirilgan natijalarga erishishni kafolatlaydigan, takrorlanadigan pedagogik tuzilmani o'z ichiga olgan pedagogik texnologiya ishlab chiqilgan. 70-80-yillarda AQShda yuzaga kelgan pedagogik texnologiya oqimi deyarli barcha rivojlangan mamlakatlarga tarqaldi, YuNESKO tomonidan tan olindi va qo'llabquvvatlandi va hozirgi kunda ko'pgina mamlakatlarda muvaffaqiyatli o'zlashtirilmoqda. Amerika pedagogikasi ta'lim jarayonida egallangan bilim, ko'nikma, fikrlash tarzi, baholash, xulq kabi xatti-harakatlar majmuasini namoyish etishni oldingi qatorga olib chiqdi. Masalan: • matndagi ataylab yo'l qo'yilgan xatoni o'qib chiqib, hech bo'lmaganda 90 foiz aniqlikda topish;
• o'quvchilar uch xonalik o'nta son ustida behato amallar bajaraolishni namoyish etadilar;
• o'quvchi xayvonlarning atrof-muhitga qanday moslasha borishini tasvirlab beradi; • qurbaqaning ichki a'zolarini jarrohlik yo'li bilan aniqlaydi. Yuqoridagi maqsadlarni muayyanligi va aniqligini qayd etish zarur, xuddi shunday aniq maqsadlar bizning ta'lim tizimimizda yetishmaydi. 1) Misollarni taqqoslang, bo'sh joylarni ma'nosi o'xshash so'zlar bilan to'ldiring. Hayotiy misollar Ta'lim sohasidan misollar
1. Yaxshi hosil olish uchun daraxtni doim_zarur. — 1. Bilimli
bo'lish uchun tinimsiz_zarur.
2. _ yo'q qush ucholmaydi — 2. _ yo'q talaba
o'rganolmaydi
3. Nishonga tekkizish uchun _ ga olinadi. — 3. O'rganish uchun
_ni jamlash zarur.
4. Qush tuxumini _ bilan parvarishlaydi. — 4. O'qituvchi
_bilan o'rgatsa, o'quvchi o'rganadi
Daraxtni parvarishlashdagi jarayonlar Ta'lim berishdagi jarayonlar 1. suv berish 2. o'^it solib kuchaytirish 3. mevaning ta'mini tekshirish 4. qishda dam berish 5. parvarishlashni belgilangan qoidalar bo'yicha o'z muddatida olib borish 6. Bog`bonchilikdagi so'ngi yutuqlarni qo'llash 7. shoxalarni kesib daraxtni tekislash 8. tagini yumshatish A. o'qitishni reja asosida tashkil etish B. o'quvchilarga tanaffus, ta'til berish C. bilim berish D. murakkab masalalar berib bilimini oshirish E. bilimni baholash F. ijobiy rag'batlantirish G. yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish H. tartib-intizomni nazorat qilish
3) Ta'lim tizimidagi o'xshash jarayonlarni topib yozing: Novvoychilikdagi jarayonlar Ta'lim tizimidagi jarayonlar 1. Un, sut, yog'-moy, turli qo'shimchalar sifatini tekshirib qabul qilish 2. Ishchilarning malakasini oshirish 3. Non tarkibida kiruvchi komponentlarni belgilash 4. Xamir qorish 5. Xamirni tindirish 6. Nonni yopish 7. Yangi turdagi non mahsulotlarini ishlab chiqarish 8. Korxona jihozlarini yangilash, ta'mirlash 9. Mahsulotning standart talablarga mos kelishini tekshirish 10.Mahsulotni iste'molchiga
jo'natish 4) Ko'rsatilgan turli sohalar bo'yicha mos jarayonlarni yozib katakchalarni to'ldiring: Ta'lim tizimida Bino qurishda Oziq-ovqat mahsuloti ishlab chiqarishda Shaxsiy avtomobildan foydalanishda O'quvchilarning bilimini nazorat qilish O'quvchilarga bilim berish, o'rgatish Tanaffus va ta'tillarni rejalashtirish Didaktik printsiplar asosida dars berish Natijasi - orttirilgan bilim
o'quv jarayonida samarali foydalanish mahoratini shakllantirishdir.
Fanning asosiy vazifalari - pedagogik texnologiyalarni o’quv jarayoniga joriy etish; ilg’or tajribalarni tatbiq qilish, har bir mavzu yuzasidan oydinlashtirilgan rejalarni tuzish; maxsus fanlarini o’qitish jarayonida pedagogik texnologiyalarni qo'llash usullari bilan tanishtirish; talabalarda texnologik loyiha va texnologik xaritalarni tuzish, pedagogik texnologiyalardan mahorat bilan foydalanish malakasini shakllantirish.
Pedagogik texnologiya amaliyotga joriy etish mumkin bo'lgan ma'lum pedagogik tizimning loyihasi hisoblanadi. Pedagogik texnologiya - ta'lim texnologiyasi, yangi pedagogik tajriba, yangi pedagogik texnologiya, zamonaviy pedagogik texnologiya, axborot texnologiyasi, yangi tajriba, ta'lim-tarbiya metodlari tushunchalarini qamrab oladi. Demak, pedagogik texnologiya didaktik vazifalarni samarali amalga oshirish, shu sohadagi maqsadga erishish yo'li bo'lib hisoblanadi.
Shunday qilib, pedagogik texnologiyaning predmeti - pedagogik tizimini konsteptual asoslariga dalil keltirishdan, maqsadlarni qo’yishdan, natijalarni shakllantirishdan, o’quv materialini tanlash va strukturalashtirishdan, pedagogik modelini tanlashdan, to ularni amalga oshirishgacha, ularning muqobillik va samaradorlik darajasini baholashgacha loyihalashtirishdan tarkib topadi. Tizimli yondashish o’qitish tizimining barcha asosiy tomonlarini - maqsadni aniqlash va o’quv jarayonini loyihalashdan tortib, to yangi o’qitish tizimining samaradorligini tekshirish, uni sinovdan o'tkazish va ommalashtirishgacha bo'lgan jarayonni o'z ichiga oladi. U o'z harakat tartiblarini takrorlanuvchanligi va ularni to'la o’quv jarayoniga tadbiq etish g’oyasi, oqibat natijada bu jarayonni «jonli o’qituvchiga» bog’liq bo'lmay qolishiga olib keladi. Haqiqatan ham, agar o’quv jarayoni to'la takrorlanuvchan, alohida ko'rinish (epizod)larga bo'linsa, o’qituvchining vazifasi oldindan tuzilgan (o'zi tuzgan bo'lishi shart emas) material bilan o'qishni tashkil etishda tashkilotchi va maslaqatchi rolini ijro etishdan iborat bo'lib qoladi.

Download 79.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling