O’zbekistоn respublikаsi оliy vа o’rtа mахsus tа’lim vаzirligi


Yer osti suvlarining sathi


Download 2 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/103
Sana23.02.2023
Hajmi2 Mb.
#1224848
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   103
Bog'liq
TUPROQNI XARITAGA TUSHIRISH

Yer osti suvlarining sathi:  Yer osti suvlarining sathi-tuproqlarning yer osti 
suvlari bilan namlanish darajasini va suvdan o‘simliklarning foydalanish darajasini 
ko‘rsatadi. Quruq tuproqlar bo‘z tuproqlar, taqir tuproqlar va sur tusli qo‘ng‘ir 
tuproqlarning yer osti suvlari sathi 5m chuqurda joylashgan sharoitda rivojlangan. 
Namlangan tuproqlar- o‘tloq, bo‘z –o‘tloqi va o‘tloqi almovial tuproqlar yer 
osti suv satha 1-3 metrda joydlashgan. Tuproqlarning suv rejimida bilar o‘z aksini 
topgan bo‘lib, vegetatsiya davrda sug‘orish muddati va imkdorini xisobga olishda
muhim ahamiyat kasb etadi. 
Bo‘z va sahro mintaqasida, tuproqlar iqlim va antiropogen, texnogen 
ta’sirlar natijasida biridan ikkinchisiga o‘tib turadi ya’ni namlangan sizot suvi 
chuqur joylashgan avtomorf va sizot suvi sathi bir muncha yuqori ko‘tarilgan 
namlangan tuproqlar xossasini namoyon qiluvchi yarimgidromorf shtoki-bo‘z, 
bo‘z-o‘tloqi, o‘tloqi-taqir tuproqlar ham joylashgan. Bu tuproqlar sizot suvlarining 
sathi 3-5 metr oralig‘ida bo‘ladi. Bu sharoitda g‘o‘zaning yer osti suvlaridan 
foydalanishi cheklangan va u ko‘pgina guruntning mexanik tarkibga hamda 
qatlamlikga bog‘lik. Kapilyar g‘ovakliklar orqali yer osti suvining eng yuqoriga 
ko‘tarilish qobilyati asosan loyli va qumli yerlarda yaxshi bo‘lib, qumli, qumoqli 
yerlarda va kumli va kumloqli keltirilmalardan iborat bo‘lgan keskin qatlamli 
yerlardan juda yomon. 


103 
Yer osti sathi 1 m dan yuqori joylashgan namga o‘ta to‘yingan yerlarda 
botqoq-o‘tloqi va botqoq tuproqlar paydo bo‘ladi. Yer osti suvi sathining juda 
yuza joylashganligi, tuproq qatlamlarining namga o‘ta to‘yinganligi va havoning 
yetishmasligi organik moddalarning anoerob sharoitda parchalanishi qaytarimish 
jarayonining kuchayishi natijasida bu tuproqlarda gleyli qavat hosil bo‘ladi, bu 
o‘simliklarning o‘sish va rivojlanishi uchun noqulay sharoit vujudga keladi. Kul 
rang va ko‘kimtir rang bo‘yalgan gleyli qatlam o‘zining o‘zi zichligi va 
yopishqoqligi tufayli zaharli birikmalar (temir oksidlari, vodorod sul’fid) paydo 
bo‘lishi bilan ajralibturadi. B. gleyli qatlam qishloq xo‘jaligi ekinlari ildizining 
rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, ularni o‘sishini sekinlatib xosilni kamyib 
ketishga olib keladi. Tuproq xaritanomasi eksplikatsiyasida joyning 
ekspozitsiyasi, nishablik darajasi, har qaysi tuproq ayirmasining umumiy va 
sug‘oriladigan qishloq xo‘jaligi yerlari maydon ham ko‘rsatiladi.  
Kameral ishining oxirida tuproq xaritalariga indekslar qo’yish. Indeks 
formulasining boshlanishiga tuproqlarni genetik hususiyatlari, mexanik tarkibi, 
sho’rlanish, yuvilish darajasining, yuvilib keltirilganlik darajasi, sizot suvlarning 
chuqurligi ia minerallashganlikning indekslari qo’yiladi. 
Masalan: 
1. Eskidan sug’orilgan tipik bo’z tuproq, o’rtacha kuchli, o’rtacha qumoqli, 
lyossimon o’rtacha qumoq ustida, kuchsiz yuvilgan, sizot suvlari sathi 3 m dan 
chuqurda ES B.O’-1-5. 
2. Yangi sug’orilgan och tusli bo’z tuprok o’rta qumoqli, kuchli sho’rlangan, 
o’rtacha, chukur sho’rlangan, sizot suvlari 1,7 m o’rtacha minerallashgan 
Ya.S.BOO’ 3/2 Zv. 
3. Taqirli tuproqlar. O’rtacha sho’rxoksimon, kuchli chu?ur sho’rlangan, o’rta 
qumoqli, biringa metri soz, og’ir va o’rtacha qumoqlar, yengil qumoqlar, 
qumoqlar va qumlardan iborat, kichikroq hat-hat qatlamli. Ikkinchi metri qumli 
Tq-O’ O/E-Q-023. 

Download 2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling