O’zbekistоn respublikаsi оliy vа o’rtа mахsus tа’lim vаzirligi
Download 2 Mb. Pdf ko'rish
|
TUPROQNI XARITAGA TUSHIRISH
Kameral - analitik davrda dalada to’plangan xujjatlar va tuproq
namunalarini tahlili o’tkaziladi. Tuproq nomi aniqlanadi, tuproq xaritasi chiziladi va tushuntirish xati yoziladi. 105 Kameral davrda qilinadigan ishlar quyidagilarday iborat: - dala sharoitida olingan yer otsi suvlari va tuproq namunalari kimyoviy va boshqa Amaliy tekshiruvlaridan o’tkaziladi; - analitik tekshiruv ma'lumotlari asosida tuproq tekshiruv xujjatlari qayta ishlanadi, solishtirib ko’riladi va umumlashtiriladi; - jamoa va fermer xo’jaliklarining yakuniy tuproq xaritasi tuz iladi; - tuproq xaritasiga tushintirish xati yoziladi. Paxtachilikda, donchilikda sug’oriladigan yerlar, yer turlarining, eng muhimi va qimmatbaho qismi hisoblanadi. Bu yerlarning imkoniyatlaridan to’laqonli foydalanish uchun tuproqlarning xossalari, ularning meliorativ holatlari, shuningdek, potentsial (tabiiy) hamda effektiv (sun'iy) unumdorligi to’g’risidagi ilmiy asoslangan ishonchli ma'lumotlar k erak bo’ladi. Qishloq xo’jaligi uchun yer ayrim kerakli ma'lumotlarni va fermer xo’jaliklari uchun tayyorlangan tuproq xaritalari orqali oladilar. Bu xaritalarda tuproq qoplamlarining, xilma-xillik xususiyatlari va sifati ko’rsatiladi. Agronomlar shu xaritalarga asoslanib, u yoki bu dalada qanday tuproq borligini aniqlaydilar. Tuproqqa qayta ishlov berish, unga o’g’it solish, shuningdek, meliorativ tadbirlarni ilmiy asosda olib borishda tuproq qartilari katta yordam beradi. Fermer va boshqa turdagi xo’jaliklarining tuproq xaritalari O’zbekitson Respublikasining sug’oriladigan mintaqalari uchun 1:10000 masshtabda tuziladi. Ulardagi 1 sm joyga 100 m, 1 sm 2 joyga esa, 1 gektar yer to’g’ri keladi. Tuproq xaritasi xo’jaliklarining shu masshtabdagi yer tuzish tarxiga chiziladi. Bu tarxda aholi yashaydigan joylar, sug’orish kanallari, ariqlar va zovur tarmoqlari, sug’oriladigan dalalarning chegaralari tasvirlangan. har qaysi maydon tartib raqamiga ega bo’lib, xo’jalik maydonlari konturlar qaydnomasida aksini topgan. 106 Kameral ishlov davrida dala sharoitida to’plangan ma'lumotlar va tuproqni xaritalash ishlari quyidagi turlarga bo’linadi: a) Dalada o’rganish davrida olingan tuproq namunalari va sizot suvlarning kimyoviy va boshka taxlil natijalari kiritiladi; b) Tuproqni o’rganishdagi ma'lumotlar Amaliy taxlil qilish natijasida olingan ma'lumotlarni hisobga olgan holda ishlab tayyorlanadi, solishtiriladi va umumlashtiriladi; v) Fermer xo’jatiklarining oxirgi tuproq xaritasi tuziladi. s) Agrofonlarning, mexanik tarkibining, gumus va azot mikdorining va boshqa oziqa moddalarni kartogrammalari tuziladi. d) fermer xo’jaliklarida tuproq xaritalarini o’qitish mavzusi tuziladi. Shirkat va fermer xujaliklarni tuproq xaritasini tuzish va bezatish. Fermer xo’jaligining so’nggi tuprok xaritasini va kartogrammalarni uzil-kesil tuzish uchun tuprokni kimyoviy taxlili bajariladi. Download 2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling