O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi


Download 5.3 Mb.
bet149/272
Sana21.06.2023
Hajmi5.3 Mb.
#1645733
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   272
Bog'liq
Hozirgi o`zbek adabiy tili H.Jamolxonov2019

1929-yilning 10-avgustida O‘zbekiston Xalq Maorifi Komissarligi kollegiyasining yigDilishi bo‘lib, unda may oyida bo‘lib o‘tgan til-imlo konferensiyasi tavsiya qilgan yangi imlo qoidalari tasdiqlanadi74. "Qoidalar" 29 moddadan iborat bo‘lib, ularda singarmonizmli sheva xususiyatlarini yozuvda ifodalashga ko‘proq o‘rin beriladi. Yozuvning ayni shu jihati jamoatchilikda e’tiroz tug‘diradi, bu e’tiroz 1933-yilda o‘zbek orfografiyasi qoidalarining yangi loyihasi yaratilishiga olib keladi.75
1934-yilning yanvar oyida Toshkentda o‘zbek orfografiyasining yangi loyihasi muhokamalarini yakunlash maqsadida birinchi Respublika Qurultoyi o‘tkaziladi, unda alifbodan 3 ta harf (e,y,b) chiqariladi, natijada "o" - "e", "u"-"y", "i" - "ь" juftliklari o‘rnida "o", "u" va "i" harflarining o‘zini qo‘llash qoidalashtiriladi, biroq bu bilan alifbo va imlodagi qiyinchiliklarga to‘la barham berilmaydi: "a" bilan "9" harflarining qo‘llanishidagi noizchilliklar, "-ga" va
"-о^а", "-gan" va "- o]an", "-gac" va " -o]ac", "-lik" va "-liq" ... kabi ko‘p variantlilikning yozuvda saqlanganligi jonli til bilan imlo o‘rtasida jiddiy tavofutlarni yuzaga keltiradi, izchil va barqaror savodxonlikni ta‘minlash ishiga halaqit beradi.

  1. yilning boshlarida O‘zbekiston Fanlar Komitetining A.S.Pushkin nomli Til-adabiyot institutida A.K.Borovkov (rahbar), Olim Usmonov, Faxri Kamolov, B.Avizovlardan iborat maxsus mualliflar guruhi tuzilib, unga lotin grafikasi asosidagi o‘zbek alifbosi va orfografiyasini matbuotda bildirilgan fikrlar asosida qayta ko‘rish va takomillashtirish vazifasi yuklatiladi.76

1938-yilning 9-dekabrida lotin grafikasi asosidagi o‘zbek alifbosi va imlosining yuqoridagi ishchi guruh tomonidan tayyorlangan yangi loyihasi muhokama uchun matbuotda e‘lon qilinadi.77 Loyihada alifbo sirasiga quyidagi o‘zgarishlar kiritilganligini ko‘ramiz: a) "э" harfi alifbodan chiqariladi, uning vazifasi "a" harfiga yuklanadi; b) kuchsiz lablangan —Э " unlisi uchun alifboga usti chiziqli "a" harfi kiritiladi; d) alifbodagi harflar tartibi qisman o‘zgartiriladi: ?,q,O|,h,r| harflari alifbo oxiriga olinadi. Natijada alifbo loyihasi quyidagi 30 harfdan tarkib topadi: a,b,v,g,d,e,z,z,i,j,k,l,m,n,a,o,p,r,s,t,u,f,x,c,§,?,q,q,h,q, ‘(apostrof).
Loyihada bevosita imlo bilan bo g‘liq o‘zgarishlar borligi ham ma’lum bo‘ladi: "-gan" va "- qan", "-gac" va "- qac", "-gunca" va "qunca", "-ga" va "- qa", "-mak" va "-maq", "-rak" va "-raq" kabi juft qo‘shimchalarning ingichka va yo‘g‘on variantlaridan faqat bittasi imlo uchun standart sifatida belgilanganligini, k§i, pcaq kabi so‘zlarning birinchi bo‘g‘inida qisqa "i" unlisining yozilishi (ki$i, picaq kabi), jazuci, toquci kabi so‘zlarning jazuvci, toquvci shaklida bir "v" qo‘shib yozilishi qoidalashtirilganligini ko‘ramiz.

Download 5.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling