O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi
Download 5.3 Mb.
|
Hozirgi o`zbek adabiy tili H.Jamolxonov2019
- Bu sahifa navigatsiya:
- A. Qod.- A.Qodiriy
- H.Sh.- Husayn Shams
- M. Sh.- M. Shayxzoda
- O. Y.- Odil Yoqubov
- R. F.- Rahmat Fayziy
- T. M.- Tohir Malik
- O .H.- O tkir Hoshimov
- KIRISH Fanning obyekti, predmeti,maqsadi va vazifalari
- Adabiy til va milliy til munosabatlari Milliy til
- Hozirgi o „ zbek adabiy tilining og „ zaki va yozma shakllari
N. Mahmudov- filologiya fanlari doktori, professor.
ISBN 978-9943-07-197-1 “O„zbekiston milliy ensiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyoti Shartli qisqartmalar A.N.- A. Navoiy A. Q.- A. Qahhor A. Qod.- A.Qodiriy A. Rahm.- A. Rahmat ar.- arabcha DLT.- Devonu lug„otit turk E.V.-Erkin Vohidov f.-t. - forscha-tojikcha H.N.- Hakim Nazir H.O.- Hamid Olimjon H.Sh.- Husayn Shams Hab.-Habibiy J.A.- J. Abdullaxonov J.Sh.- Jumaniyoz Sharipov M. Ism.- M. Ismoiliy M.K.-Mahmud Koshg'ariy M.Os.- M.Osim M. Sh.- M. Shayxzoda Mirm.- Mirmuhsin Muq.- Muqimiy Mo„g„.-mo'g„ulcha N. I.-Nuriddin Ismoilov O. -Oybek. O.Q.- Olim Qo'chqorbekov O. Y.- Odil Yoqubov P. Q.- Pirimqul Qodirov P. T.- Parda Tursun Q. M.- Quddus Muhammadiy qirg„.- qirg„izcha qoz.- qozoqcha qoraq.- qoraqalpoqcha r.-b.- ruscha-baynalmilal R. F.- Rahmat Fayziy Rud.- Rudakiy S. A.- S. Ayniy S.Ahm.- Said Ahmad S. An.- S. Anorboyev S. Z.- Saida Zunnunova S. N.- Said Nazir snq.- sanoq sonlar sug„d.- sug„dcha sft.- sifat T. M.- Tohir Malik turk.- turkcha turkm.- turkmancha Uyg„.- Uyg„un V. Sa'd.- Vosit Sa'dulla X.Deh.-Xisrav Dehlaviy Z.Sh.- Z. Sharofiddinov O'.H.- O'tkir Hoshimov O'TIL.- O'zbek tilining izohli lug„ati G„.G„.-G„afur G„ulom Sh.- Shuhrat Sh.R.- Sharof Rashidov KIRISH Fanning obyekti, predmeti,maqsadi va vazifalari Obyekti - hozirgi o‘zbek adabiy tili. Predmeti -obyektning (hozirgi o‘zbek adabiy tilining) bir tomondan,milliy tilga, ikkinchi tomondan esa dialekt va shevalarga,vazifaviy uslublarga bo‘lgan munosabatlarini,shuningdek, milliy adabiy tilning fonetik-fonologik, leksik-semantik va grammatik sathlaridagi struktura va sistema хususiyatlarini tadqiq qilish, adabiy tilning belgilarini, yashash formalari va meyorlarini, хizmat doirasini belgilash. Maqsadi - talabalarda —Hozirgi o‘zbek adabiy tili” fani va uning obyekti, predmeti, vazifalari bo‘yicha tegishli bilim darajasini, shu bilimdan unumli foydalanish ko„nikmalarini shakllantirish. Vazifalari - talabalarni o‘zbek tilshunosligining fonetika, fonologiya, grafika, orfografiya, orfoepiya, leksika, frazeologiya, leksikografiya, morfemika, so‘z ysalishi va grammatika (morfologiya va sintaksis) bo‘limlari, bu sohalarda erishilgan yutuqlar bilan, shuningdek, til, lison, me‘yor va nutq munosabatlariga oid umumnazariy bilimlarning hozirgi o‘zbek adabiy tiliga tatbig‘i masalalari bilan tanishtirish. Adabiy til va milliy til munosabatlari Milliy til - xalqning millat darajasiga ko‘tarilgan, millat bo‘lib shakllangan davridagi umumiy tilidir. Tilning bunday maqomi uning tarixiy taraqqiyoti davrlariga nisbatan belgilanadi. Masalan, urug‘ yoki qabila tili, elat tili, xalq tili va, nihoyat, millatning tili kabi. Demak, milliy til muayyan tilning diaxron plandagi bir tipi,u xalq tili asosida tarkib topadi: umumlashadi, me’yorlashadi.Bu jihatdan milliy til adabiy tilga qarama-qarshi qo‘yilmaydi,ammo adabiy til dialektlarga qarama-qarshi qo‘yilishi mumkin (bu haqda quyiroqda bahs yuritiladi). Adabiy til umumxalq tilining fonetik-fonologik, leksik-semantik va grammatik jihatdan me‘yorlashtirilgan, sayqal berilgan qismidir. U milliy tildan farqli ravishda shu tilning o‘tmishdagi tiplarida ham ma’lum darajada shakllangan bo‘ladi: eski o‘zbek adabiy tili (XIV- XVII asrlar adabiy tili), yangi o‘zbek adabiy tili(XVII- Х Х asr boshlaridagi adabiy til) kabi. Hozirgi o‘zbek adabiy tili esa, yuqoridagilardan farqli ravishda, faqat o‘zbek milliy tilining yashash formasidir: u milliy tilga zid qo‘yilmaydi, undan boshqa tizim ham emas,balki shu milliy tilning tartibga solingan, millat vakillarining barchasi uchun majburiy bo‘lgan, barqarorlashgan bosh ko‘rinishi, xolos. O‘tmishda ayrim xalqlarning yozma adabiy tili vazifasida boshqa xalqlarning tillari qo‘llanib kelganligi ham tarixdan ma’lum: turkiy va forsiy tillarda so‘zlashuvchi xalqlarda arab tili, Yevropa xalqlarida lotin tili ana shunday mavqega ega bo‘lgan.Bu hol ham adabiy tilning milliy tildan farqlanuvchi jihatlari sifatida qaralishi mumkin. Ilmiy adabiyotlarda adabiy tilning asosiy belgilari sifatida quyidagilar qayd etilgan: 1) ishlov berilganlik; 2) me’yorlashtirilganlik; 3) barqarorlik; 4) shu millat yoki xalq vakillarining barchasi uchun majburiylik; 5) uslubiy farqlanish xususiyatlariga egalik; 6) universallik ( ishlab chiqarish, ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayot, ilm-fan, turmush va boshqa sohalarning barchasida qo‘llana olishi); 7) og‘zaki va yozma shakllarga egalik1 Hozirgi o„zbek adabiy tilining og„zaki va yozma shakllari Hozirgi o‘zbek adabiy tilining og‘zaki va yozma shakllari bor,shu ikki shakl vositasida u xalqqa xizmat qiladi: Download 5.3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling