O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi


Lingvistik (lisoniy) omillar


Download 5.3 Mb.
bet9/272
Sana21.06.2023
Hajmi5.3 Mb.
#1645733
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   272
Bog'liq
Hozirgi o`zbek adabiy tili H.Jamolxonov2019

Lingvistik (lisoniy) omillar. Bularga muayyan til sistemasi ichidagi strukturaviy omillar - fonemalar o‘rtasidagi zidlanish munosabatlari, bunday zidlanish asosida yuzaga chiqadigan kommutatsiyaning (tilning ifoda jihatiga mansub birliklar bilan mazmun jihatiga mansub birlaklar o‘rtasidagi paradigmatik aloqadorlikning) voqelanishi,lug‘at boyligidagi leksemalarning sistema va tagsistemalarga, makrosistema va mikrosistemalarga uyushish qonuniyatlari, til sathlari o‘rtasidagi aloqa-munosabatlar, shuningdek, morfema tiplari, so‘z yasash modellari, grammatik qurilishni belgilovchi qoida-qonuniyatlar kiradi. Adabiy til taraqqiyoti birinchi navbatda ana shu ichki omillarga tayanadi.
Ekstralingvistik (nolisoniy) omillar. Bularga tildan tashqarida mavjud bo‘lgan faktorlar (tashqi omillar) kiradi: ijtimoiy tuzum formalari, tarixiy jarayonlar, xalqlar va millatlar o‘rtasidagi iqtisodiy, siyosiy, madaniy va ma’rifiy aloqalar, ilm-fan rivoji, ishlab chiqarish va texnika taraqqiyoti, ijtimoiy tafakkur, inson ruhiyati, his- tuyg‘ulari, til va yozuvga oid qonun va farmonlar shular jumlasidandir. Masalan, O‘zbekiston mustaqillikka erishgach, uning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy- ma’rifiy va ma’naviy hayotida ham jiddiy o‘zgarishlar yuz berdi: bozor iqtisodiga bosqichma-bosqich o‘tish jarayoni boshlandi, milliy qadriyatlarga e’tibor kuchaydi, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatishning yangi shakllari yuzaga keldi. Bularning barchasi o‘zbek tili leksikasiga ham ta’sir o‘tkazdi: sobiq ittifoqdagi davlat tuzumiga va boshqaruv ierarxiyasiga xos ayrim tushuncha nomlari (partkom, raykom, gorkom,obkom, sovxoz, kolxoz kabi so‘zlar) iste’moldan chiqib, o‘zbek tili lug‘at boyligining tarixiy qatlamiga o‘tib qoldi, ularning o‘rnida hozirgi mustaqil O‘zbekiston hayoti taqozo qilgan yangi so‘z va atamalar (kollej, litsey, gimnaziya, litsenziya, reyting, test, marketing, minimarket, investitsiya, biznes kabilar) paydo bo‘ldi, hokim, hokimiyat, viloyat, tuman kabi leksemalarning mazmun mundarijasida hozirgi tuzum tushunchalariga mos ravishda yangilanish yuz berdi, natijada bunday so‘zlar eski qatlamdan zamonaviy qatlamga o‘tib qoldi.
Keltirilgan ma‘lumotlardan shu narsa anglashiladiki, milliy tilning, shu jumladan, milliy adabiy tilning taraqqiyotida lisoniy va nolisoniy omillar ko‘pincha birga qatnashadi, ularning biri ikkinchisiga sharoit, zamin yaratadi; til va jamiyat, til va ong, til va tafakkur munosabatlari shuni taqozo qiladi.

  1. Hozirgi ozbek adabiy tilining davlat tili
    mavqeidagi o
    rni.

Hozirgi o‘zbek adabiy tilida, yuqorida aytib o‘tilganidek, davlat ishlari olib boriladi. Davlat tili deyilganda ham aslida o‘zbek adabiy tili nazarda tutilgan, binobarin, adabiy til davlat tomonidan himoyalangandir. Bunday himoya quyidagi hujjatlar bilan kafolatlangan:
1.O‘zbekiston Respublikasining davlat tili haqidagi qonuni (o‘n birinchi chaqiriq O‘zbekiston Oliy Kengashining o‘n birinchi sessiyasida 1989-yil 21- oktabrda qabul qilingan).
2.O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi (4-modda).

  1. «Davlat tili haqida»gi qonunning yangi tahriri, 1995-yil 21-dekabr.



—Hozirgi o‘zbek adabiy tili” fani o‘z obyektini, asosan, sinxron planda va statik metodga tayanib tadqiq etadi.Bu tabiiy bir holdir, chunki hozirgi o‘zbek adabiy tilining struktura va sistema munosabatlari shu tilning hozirgi holatidan kelib chiqadi.Biroq bu tilning o‘tmishda tarixiy ildizlari bo‘lganligini, u shu “ildizlardan” o‘sib chiqqanligini hisobga olsak,uni diaxron planda (dinamik taraqqiyot jarayonida) ko‘zdan kechirish ham foydadan xoli emasligi ma’lum bo‘ladi, chunki o‘zbek tilining o‘tmishi va hozirgi holatini qiyoslash orqali, ular o‘rtasidagi umumiy va farqli jihatlarni aniqlash, tilning taraqqiyot dinamikasini kuzatish imkoniga ega bo‘lamiz.
Akademik G‘. Abdurahmonov, prof. Sh. Shukurov va prof. Q.Mahmudovlarning “O‘zbek tilining tarixiy grammatikasi” kitobida keltirilishicha, o‘zbek adabiy tilining taraqqiyot bosqichlari quyidagi davrlarni o‘z ichiga oladi:1) eng qadimgi turkiy til (VII asrgacha bo‘lgan davr); 2) qadimgi turkiy adabiy til (VII-X asrlar); 3)O‘rta Osiyo adabiy tili(XI-XIV asrlar);4) eski o‘zbek adabiy tili (XIV-XVII asrlar); 5) yangi o‘zbek adabiy tili ( XVII- ХХ asr boshlari). O‘zbek tili ana shu tarixiy ildizlardan o‘sib chiqib, XX asrning 30-yillarida hozirgi o‘zbek adabiy tili shakliga kirgan3.
Turkologiyada va o‘zbek tilshunosligida o‘zbek tili tarixini boshqacharoq davrlashtirish holatlari ham uchraydi (qarang: 18, 21-23; 33,15-16 ).
O‘zbek tilining taraqqiyot bosqichlarini ko‘zdan kechirish, yuqorida ta’kidlaganimizdek, qadimgi turkiy tildan hozirgi o‘zbek adabiy tiligacha bo‘lgan lisoniy taraqqiyot dinamikasini kuzatish, hozirgi o‘zbek adabiy tilining qadimgi turkiy til, O’rta Osiyo adabiy tili va eski o‘zbek adabiy tilidan farqlarini aniqlash imkonini beradi. Bunday farqlarning paydo bo‘lishi, odatda, ikki omilga asoslanadi: 1) muayyan tilning ichki taraqqiyot qonuniyatlariga-tilning o‘zidagi sistemaviy va strukturaviy hodisalar munosabatiga; 2) ikki yoki undan ortiq tillar o‘rtasidagi kontaktga (interstrat munosabatiga). O‘zbek tili taraqqiyotida eng qadimgi turkiy til va qadimgi turkiy til substrat (asos til) vazifasini, arab, tojik-fors va rus tillari esa superstrat (ustama til) vazifasini o‘tagan. Substrat va superstrat tillar o‘rtasidagi aloqa odatda bilingvizm (ikki tillilik) yoki polilingvizm (ko‘p tillilik) sharoitida yuzaga keladi va tillar substratsiyasi deb ataladi: turkiy-arab, turkiy-fors, o‘zbek-arab, o‘zbek-tojik, o‘zbek-rus ikki tilliliklari sharoitida asos til bilan ustama tillar o‘rtasida bog‘langan aloqalar ana shunday substratsiyalar sanaladi. Ayni shu omillar (ichki taraqqiyot qonuniyatlari bilan birga) qadimgi turkiy tildan hozirgi o‘zbek adabiy tiligacha bo‘lgan davrda til strukturasi va sistemasida qator o‘zgarishlarni yuzaga keltirgan. Buni til sathlari va tizimlari bo‘yicha keltirilgan quyidagi ma‘lumotlardan anglab olsa bo‘ladi.
Tilning fonetik-fonologik sathidagi o„zgarishlar
I.Vokalizm tizimida: a) qadimgi turkiy til vokalizmida 8 unli bo‘lgan- a, ы, o, u ( orqa qator, yo‘g‘on unlilar); a, i, o, u( old qator , ingichka unlilar ); b) O‘rta Osiyo adabiy tilida (Х1- ХIVasrlardagi eski turkiy tilda) unlilar soni 9 taga ( a- a, e, , ы-i, o- o,u- u), eski o‘zbek tili (XIV-XVII) va yangi o‘zbek tili (XVII-XIX asrlar) davrlarida esa ularning soni 10 taga [a-a(o), 9,e, o,e,u, u , u,i] yetgan;4 d) qadimgi turkiy, eski turkiy va eski o‘zbek tillarida unli tovushlarning yo‘g‘onlik-ingichkalik ziddiyati (oppozitsiyasi) bo‘lgan: i-ы, a-a, u-u, o-o kabi; e) hozirgi o‘zbek adabiy tili vokalizmida unlilarning ivitor belgisi(old qator va orqa qator belgilari) fonologik jihatdan ahamiyatsizdir,chunki ular bir xil fonetik qurshovda bir-birini almashtira olmaydi va so‘zlar ma’nosini farqlash vazifasini bajarmaydi(ekvipolent oppozitsiya holatlari bundan mustasno). Bu hol hozirgi o‘zbek adabiy tili vokalizmidagi unli fonemalarning 9 ta emas, 6 ta (i,e,a,u,o‘,o) ekanligini,bu tizimda old qator va orqa qator farqlanish belgisiga asoslangan oppozitsiyalarning yo‘qligini ko‘rsatuvchi asosiy omillardan biridir. Bu tizimda ayrim tovushlarning sifat belgilari ham o‘zgargan. Masalan,eski turkiy tildagi orqa qator, lablanmagan a o‘rnida keyinchalik kuchsiz lablangan o unlisi paydo bo‘lgan. Qiyos qiling: ata>ota, at>ot kabi.

Download 5.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling