I.Segment birliklar- til tovushlari. Ular so‘z yoki morfema tarkibida birin-ketin ulanib keladi. Masalan, s +i + n + f > sinf, s +i+ n +f + d + o + sh > sinf + —-dosh” > sinfdosh kabi. Bunday birliklarni so‘z yoki morfema tarkibidan ajratib olish mumkin: katta so‘zi k,a,t,t,a tovushlariga, kichik so‘zi esa k, i, ch, i, k
tovushlariga ajralgani kabi. Bulardagi har bir tovush (ajratilgan qism) mikrosegment sanaladi (yunoncha: mikros - —kichik” + lotincha: segmentum- “kesik”, “bo‘lak”). Aslida nutq oqimining talaffuzdagi bo‘linishlari katta bo‘lakdan (makrosegmentdan) kichik bo‘laklarga (mikrosegmentlarga) qarab taqsimlanib boradi: fraza (makrosegment), takt, fonetik so„z, bo„g„in va tovush (mikrosegmentlar) kabi. Demak,til tovushi ana shu bo‘linishning eng so‘ngisi (boshqa bo‘laklarga ajralmaydigani)dir.
2.Supersegment birliklar - urg„u va ohang (intonatsiya). Supersegment birliklarning segment birliklardan (tovushlardan) farqi shundaki, ular til birliklarining (leksema, morfema, konstruksiyaning) moddiy qobig‘idan ajralgan holda mavjud emas, balki shu birlikka ustama hodisa sifatida bog‘langan bo‘ladi: so‘z urg‘usi (leksik urg‘u) leksemaga, tinch ohang darak gapga, so‘roq ohangi esa so‘roq gapga yaxlit aloqador bo‘lgani kabi.Ularni leksema yoki leksemashakldan yoxud ma’lum konstruksiya qolipida tuzilgan gapdan ajratib, alohida talaffuz etib bo‘lmaydi (tovushni esa so‘zdan yoki bo‘g‘indan ajratib olish va alohida talaffuz qilish mumkin).
Do'stlaringiz bilan baham: |