O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi
Download 5.3 Mb.
|
Hozirgi o`zbek adabiy tili H.Jamolxonov2019
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzuning 1.8- 1.9-bandari bo„yicha tekshirish savollari
- Mavzuning 1.10-bandi bo„yicha tekshirish savollari
9.Sintaksis. Bu bo‘lim grammatikaning ikkinchi qismi bo‘lib, unda so‘z birikmalari va gap turlari, so‘zlarning grammatik munosabatga kirishish yo‘llari o‘rganiladi.
Punktuatsiya. Bu bo‘limda yozuv sistemasining uchinchi komponenti (birmchi komponenti-grafika, ikkinchi komponenti-orfografiya) xususida ma‘lumot beriladi. U sintaksis bilan parallel ravishda o‘rganiladi, chunki tinish belgilarining qo‘llanishi, asosan, gap va nutqning yozma shakllarida namoyon bo‘ladi. « Hozirgi o‘zbek adabiy tili» fani nimani o‘rganadi ? Fan oldiga qanday maqsad va vazifalar qo‘yilgan? Nima uchun adabiy til milliy tilning bosh ko‘rinishi (oliy shakli) sanaladi? Belgilari? Adabiy tilning og‘zaki va yozma shakllari qanday farqlanadi? Adabiy til bilan dialekt, sheva va vazifaviy uslublar (funksional stillar) o‘rtasidagi munosabatlar va tafovutlar nimadan iborat? Til taraqqiyotini belgilovchi lingvistik va ekstralingvistik omillarni qanday tushunasiz? Adabiy tilning vazifa doirasi? O‘zbek tilining davlat tili maqomi qanday hujjatlar bilan kafolatlangan? Mavzuning 1.8- 1.9-bandari bo„yicha tekshirish savollari Hozirgi o‘zbek adabiy tilining qanday tarixiy ildizlari bo‘lgan? Bunday tarixiy ildizlar va jarayonlardan xabardor bo‘lishning amaliy ahamiyti nimada? Qadimgi turkiy til vokalizmi qanday unlilardan tarkib topgan? Eski turkiy til (O‘rta Osiyo adabiy tili) va eski o‘zbek adabiy tili vokalizmi haqida nimalarni bilasiz? Vokalizm tizimidagi kontrast juftliklarni qanday tushunasiz? Hozirgi o‘zbek adabiy tili vokalizmida nechta unli bor? Ular yo‘g‘onlik- ingichkalik belgisiga ko‘ra kontrast juftliklarni hosil qiladimi? Qadimgi turkiy til konsonantizmi qanday undoshlardan tarkib topgan? Eski o‘zbek adabiy tili konsonantizmi-chi? Hozirgi o‘zbek adabiy tili va qadimgi turkiy til undoshlari tizimining asosiy farqlari nimada? Qadimgi turkiy tildan hozirgi o‘zbek adabiy tiligacha bo‘lgan tarixiy taraqqiyot jarayonida fonemalarning paradigmatik va sintagmatik xususiyatlarida qanday o‘zgarishlar yuz bergan? 10.Singarmonizm haqida nimalarni bilasiz? Hozirgi o‘zbek adabiy tilida singarmonizm bormi? Shevalarda-chi? Qadimgi turkiy tildan hozirgi o‘zbek adabiy tiligacha bo‘lgan davrda tilning leksik sathida (lug‘at boyligida) qanday o‘zgarishlar bo‘lgan? Tilning grammatik qurilishida bo‘lgan o‘zgarishlar haqida nimalarni bilasiz? Hozirgi o‘zbek adabiy tilining dialektal asoslari haqida qanday fikrlar bor? 14.O‘zbek tili shevalari qanday lahjalarga birlashadi? Mavzuning 1.10-bandi bo„yicha tekshirish savollari ' м -J 1 "Hozirgi o‘zbek adabiy tili" fanining qanday bo’limlari bor? Fonetika va fonologiyada nimalar o‘rganiladi? Grafika va orfografiyada nimalar haqida ma‘lumot beriladi? Orfoepiya qanday fan? Leksikologiyaning o‘rganish obyekti haqida nimalarni bilasiz? Frazeologiyada tilning qanday birliklari haqida fikr yuritiladi? Tilshunoslikning qaysi sohasi leksikografiya deb yuritiladi? Unda nimalar haqida ma‘lumot beriladi? Morfemika nimani o‘rganadi? Tilshunoslikning so‘z yasalishi bo‘limida qanday masalalar ko‘riladi? Morfologiyada nimalar o‘rganiladi? 11.Sintaksisning tadqiqot predmetini qanday tushunasiz? 12.Punktuatsiyada qaysi masalalar ko‘riladi? Download 5.3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling