O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi


Download 5.3 Mb.
bet10/272
Sana21.06.2023
Hajmi5.3 Mb.
#1645733
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   272
Bog'liq
Hozirgi o`zbek adabiy tili H.Jamolxonov2019

2. Konsonantizm tizimida: a) qadimgi turkiy til konsonantizmida b,g,d,z,k,q, g‘,p, m,n,l,r,y, s, t,sh,ch,ng undoshlari va nt,nch,lt, mt qo‘sh undoshlari bo‘lgan, ular­ning ko‘pchiligi til orqa va til oldi belgilari bilan farqlangan: b(1),b(2), g, d(1),d(2), z.k,q, n(1),n(2), l(1), l(2), r(1), r (2), y(1), y (2), s(1), s(2), t(1), t(2), sh, ch,
ng, nt,nch,lt, mt kabi ;5 b) eski o‘zbek adabiy tilida undoshlar 24 taga yetgan (b,m,p,v,f,s,z,t,d,n,l,r,ch,sh,j,j(dj),y,q,k,g‘,g,n,x,h). Konsonantizm tarkibida
undoshlar miqdorining ortishi o‘sha davrdagi o‘zbek-arab va o‘zbek-fors ikki tilliligi (bilingvizmi) ta‘sirida, shuningdek, ayrim undoshlarning divergensiyasi (bir fonemaning ikki fonemaga ajralishi) natijasida sodir bo‘lgan; d) hozirgi o‘zbek adabiy tili konsonantizmida yuqoridagi 24 undoshning barchasi bor. Ayrim tilshunoslarning (masalan, prof. A. Abduazizovning) fikricha, rus tilidan o‘zlashgan so‘zlarda uchraydigan qorishiq -ts" ham o‘zbek tili undosh fonemalari qatoridan o‘rin olgan deb qaralishi kerak.6 Yuqoridagi ma’lumotlar tahlilidan quyidagilar ma‘lum bo‘ladi:a) qadimgi turkiy til konsonantizmida f,x,h undoshlari bo‘lmagan, ayrim manbalarda ko‘rsatilishicha, sirg‘aluvchi —j” va qorishiq “dj” ham bu tilda uchramaydi7, ular (j, dj undoshlari) eski turkiy til (O‘rta Osiyo adabiy tili) davriga kelib, o‘zlashgan so‘zlar tarkibidagina uchray boshlagan8; f, h undoshlari haqida ham shu fikrni aytish mumkin; b) qadimgi turkiy tilda q va k undoshlari bir fonemaning nutqdagi ikki ko‘rinishi - ottenkalari (variatsiyalari) bo‘lgan, keyinchalik bu fonema divergensiyaga uchrab, ikki mustaqil fonemaga aylangan; g‘ va g undoshlari rivojida ham ayni shu jarayon (divergensiya) bo‘lganligini - "g" ning "g‘ " va "g" ga parchalanganligini ko‘ramiz.

  1. Nutq tovushlarining pozitsion va sintagmatik xususiyatlaridagi ozgarishlar: a) qadimgi turkiy tilda r,l,v,g„ (g), z,d, n undoshlari so‘z boshida qo‘llanmagan. Eski turkiy til (O‘rta Osiyo adabiy tili) davrida bu tovushlarning (—n”dan boshqalarining) so‘z boshida qo‘llanish holatlari uchray boshlaydi, eski o‘zbek adabiy tili va hozirgi o‘zbek adabiy tilida esa bu tovushlarning ("n" dan boshqalarining) so‘z boshida qo‘llanishi ancha faollashgan; b) m undoshi qadimda so‘z boshidagi "b" ning fakultativ varianti sifatida qo‘llangan, BEN - «men» (45, 94), MEN - «men» (45,340), Bin - «ming» (45, 101), Min - «ming» (45, 344) kabi; so‘z o‘rtasida va oxirida esa mustaqil fonema bo‘lgan: Qabaq - «qovoq» (45, 399) - Qamaq - «butun», «barcha», «to‘la» (45, 414); TAM - «devor» (45, 523), «uy» (50, 3-t., 151) - TAB - «Top» (45, 525). Uning mustaqil fonema sifatida so‘z boshida qo‘llanishi eski o‘zbek tilida bir qadar uchrab turadi, hozirgi o‘zbek adabiy tilida esa uning so‘z boshida qo‘llanishi ancha keng tarqalgan; d) qadimgi turkiy tilda undosh tovushlar so‘z boshida qatorlashib kelmagan. Bu xususiyat eski o‘zbek tilida ham saqlangan, ammo hozirgi o‘zbek adabiy tilida esa undoshlarning so‘z yoki bo‘g‘in boshida qatorlashib kelishi me’yoriy holatga aylangan; bu hodisa o‘zbek tiliga rus tilidan o‘zlashtirilgan so‘zlarga xos (brom, professor, shkaf, traktor, trolleybus, tramvay kabi); e) qadimgi turkiy tilda undosh tovushlarning so‘z oxirida qatorlashib kelishi juda kam uchraydi: qirq, alp("mergan ovchi"), art ("yelka") kabi. Eski o‘zbek tilida undosh tovushlarning so‘z oxirida qatorlashib kelishi biroz ko‘paygan (fors- tojik va arab tillaridan so‘z o‘zlashtirish hisobiga): do‘st (forscha o‘zlashma), hamd (arabcha o‘zlashma:"maqtov"), g‘isht (tojikcha o‘zlashma), go'sht (tojikcha o‘zlashma) kabi. Hozirgi o‘zbek adabiy tilida bo‘g‘in yoki so‘z oxirida ikki undoshning qatorlashib kelishi rus tili orqali o‘zlashgan so‘zlar hisobiga ancha ko‘paygan: boks, kodeks, kort, iks kabi; f) qadimgi turkiy va eski o‘zbek tillarida so‘z oxirida ikkita bir xil undoshning qavatlanishi (geminatsiya) bo‘lmagan. Hozirgi o‘zbek adabiy tilida esa ikkita bir xil undoshning so‘z oxirida qavatlanishi uchrab turadi: gramm, klass, vatt, ball kabi ruscha-baynalmilal o‘zlashmalar buning dalilidir; g) qadimgi turkiy tilda so‘zning birinchi bo‘g‘inidan keyingi bo‘g‘inlari faqat undosh bilan boshlangan: a-na (ona), a-pa (opa), a-ta (ota), ba-ba (bobo), qa-ri (qari), bal- du(bolta), qar-g„ish (qarg„ish) kabi. Bu hol so‘z tarkibida ikki unlining yonma-yon kela olmasligiga sabab bo‘lgan. Eski o‘zbek tilida arab tili o‘zlashmalarining faollashuvi va barqarorlashuvi bu qonuniyatga chek qo‘ygan: saodat, oila, maorif, soat, foiz, mutolaa kabi. Hozirgi o‘zbek adabiy tilida esa ruscha-baynalmilal leksik o‘zlashmalar hisobiga bu hodisa yanada kengaygan: biologiya, zoologiya, geometriya, geografiya kabi.


  2. Download 5.3 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling