O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi


Download 5.3 Mb.
bet6/272
Sana21.06.2023
Hajmi5.3 Mb.
#1645733
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   272
Bog'liq
Hozirgi o`zbek adabiy tili H.Jamolxonov2019

topoonomastika, region atamalari faol qatnashgan); 3) gapda majoziy ma‘noli yoki uslubiy bo‘yoqdor so‘zlar qo‘llanmagan.
Publitsistik uslub. Bu uslub ommabop asarlar, ommabop ma‘ruzalar, matbuot vositalaridagi bosh maqolalar, axborotlar, felyetonlar, murojaatnoma va chaqiriqlar, ocherk va reportajlar tilini qoliplaydi, shu sababdan u ommabop uslub deb ham nomlanadi. Publitsistik uslubda nutqning bir yo‘la bir necha vazifasi - informativ funksiya (xabar, ma’lumot berish), agitatsion funksiya (targ‘ib qilish, undash) va, zaruratga qarab, emotsional-ekspressiv funksiya mujassamlashgan bo‘ladi. Shuning uchun mazkur uslub asosida shakllantirilgan matn (nutq)da ilmiy, so‘zlashuv, badiiy va rasmiy uslublarga xos elementlar aralash holda qo‘llanishi mumkin. Bunday paytda emotsional bo‘yoqdor so‘zlarga, frazema, aforizm va idiomalarga, turli emfatik qo‘llanishlarga keng o‘rin beriladi. Quyidagi ikki matnni ko‘zdan kechiraylik:
1.O„zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Janobi Oliylarining taklifiga binoan Quvayt Davlati Amiri shayx Saboh al-Ahmad al-Jobir as-Saboh Hazrati Oliylari 2008- yil 21-23-iyul kunlari rasmiy tashrif bilan O„zbekistonda bo„ldi.
Tashrif doirasida ikki davlat o„rtasida bo„lib o„tgan rasmiy uchrashuv chog„ida O„zbekiston tomoniga O„zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Janobi Oliylari va Quvayt tomoniga Quvayt Davlati Amiri shayx Saboh al-Ahmad al-Jobir as-Saboh Hazrati Oliylari rahbarlik qildi.
Do„stona, o„zaro hamkorlik va anglashuv ruhida bo„lib o„tgan rasmiy muzokaralarda davlatlararo aloqalar yuzasidan fkr almashildi... (“Toshkent oqshomi” gazetasi,2008 -yil, 23-iyul).

  1. Biz tushgan “UAZ” qurib qolgan soy yoqalab asta yuqorilamoqda. Mashina derazasidan suruv ko „rindi. Hozir u kattakon po „stakka o „xshaydi. Lahzadan keyin po„stak go„yo yirtilib, bo„lak-bo„lak bo„lib ketdi. Bir cho„pon tayog„ini siltab tashlab, suruvni kesib o„tdi.

Quduq boshida to„xtab, mashinadan tushganimizda, chopon ham yaqin kelib qolgan edi. Uning shaxdam qadam tashlashi, alpday kelishgan qomatiga qarab yosh deb o„ylagandim, yo„q.

  • Otaxon cho„pon,-dedi Hakim Xudoyberdiyev qo„lini oldinga cho„zib,- sardor desak ham bo„ladi, Umar aka Toshniyozov.

  • Uyaltirmang-ey .- Umar akaning ot jag„li cho„zinchoq yuzi yanada cho„zilib, do„ng peshanasini qat-qat ajin qopladi. U kular ekan, o„ziga yarashgan qirqma mo„ylovini, xuddi tushib qoladiganday, barmog„ining orqasi bilan bosib qo„yardi.- Sardoringiz nimasi?

- Sardor bo„lmay kimsiz? Ming bir yuz qo„y ixtiyoringizda. Qancha-qancha choponlar ta’limingizni olgan. Bu kishi,-Hakim Xudoyberdiyev Umar akaning tirsagidan tutgancha menga yuzlandi,-sovxoz tashkil bo„lmasidan ilgari, “Qizil chorvador” kolxozi vaqtida, otasidan keyin uzoq vaqt fermaga boshchilik ham qilgan. Ha, bu jihatdan ham sardor! (S. An. “Qarnob cho‘llarida” ocherkidan).
Ko'rinib turibdiki, rasmiy bayonotdan olingan birinchi matn mazmuni informa- tiv xarakterda bo'lib. uslubiy jihatdan betarafdir. Ocherkdan keltirilgan matn par- chasining stilida esa metaforik oхshatishlar (“kattakon po ‘stakka o ‘xshaydi ”, “ot jag‘li choZinchoq yuzi”), ko'chma ma’noli so'zlar (—soy yoqasida”. — suruvni ke- sib ”). hurmat ma’nosini beruvchi leksik birliklar (—otaxon ”, “sardor”). uslubiy bo'yoqdor so'zlar va elementlar (—jilmayganicha”, “uyaltirmang-ey”), dialektal qo'llanishlar (—bova”) bor. Bularning barchasi ocherkka xos belgilarni - peyzaj tasviri, qahramonning portreti. ma’naviy qiyofasi, psixologik va nutqiy xarakte- ristikasining obrazli va ta’sirchan bo'lishini ta’minlash uchun muhim vositalar bo'- lib xizmat qilgan.

Download 5.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling