2-Мавзу: Qurol bilan va qurolsiz saf usullarini o‘qitish metodikasi
2-mashg‘ulot. Qurolsiz bajaralidigan saf usullari va harakatlar.
O’quv savollari:
1.Shaxdam qadam bilan yurish vaqtida burilishlar. Harakat vaqtidida burilishlar.
2.Joyda turganda va harakat vaqtida harbiycha salom berish. Safdan chiqish va
boshliqni oldiga borish.
ADABIYOTLAR:
1.O‘quv uslubiy majmua, mashg‘ulot rejasi, videoproyektor, taqdimot slaydlar.
2. J.A.Turayev, U.U.Tilloyev,S.S.Raimov Saf tayyorgarligi darslik.Buxoro-2022.
1-o‘quv savoli. Shaxdam qadam bilan yurish vaqtida burilishlar.
Harakat vaqtidida
burilishlar.
Shaxdam qadam o‘zlashtirilishi bo’yicha eng murakkab va qiyinlardan hisoblanib, uni bajarish
o‘rganuvchidan batartiblikni, aniqlikni, qo’l va oyoqlar harakati kelishilganligini talab qiladi.
Shahdam qadamni nima uchun qo’llanilishini
gapirib berib, seksiya komandiri bilan uni
o’rganishga kirishadi. Shahdam qadam bilan yurishga o‘rgatish
ham har bir yangi usulni
o’rganishday namunali ko‘rsatish va tushuntirishdan boshlanadi.
Shahdam qadam bilan harakatlanishni butunligicha ko‘rsatib, seksiya (guruh) komandiri
birinchi tayyorlov mashqini bo‘lib-bo‘lib ko‘rsatadi. Qo’l harakatini (1-rasm),
keyin esa
komanda beradi:
«qo‘l Harakati, bajar –BIR, bajar-IKKI».
«Bajar-BIR» hisobi bo’yicha harbiy xizmatchilar o’ng qo’llarini tirsakda bukadilar, u bilan
elkadan tana atrofida shunday harakatni amalga oshiradilarki, qo’l
panjasi bel kamar
to‘g‘risidan bir kaft kengligida yuqorida va tanadan bir kaft masofasida bo‘lsin; bir paytda
chap qo’l elka bo‘g‘inida oxirigacha yuborilsin.
Qo‘l panjalari yarim bukilgan, o’ng qo’l tirsagi biroz ko‘tarilgan bulishi kerak.
«Bajar-IKKI»
hisobida, ular chap qo’lni oldga harakatlantirishni amalga oshirishlari, o’ng
qo’lni esa elkadan boshlab oxirigacha harakatlantirishlari kerak.