2-Мавзу: Qurol bilan va qurolsiz saf usullarini o‘qitish metodikasi 2-mashg‘ulot
Download 0.96 Mb. Pdf ko'rish
|
2-2 САФ УСЛУБИЁТ (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- «Harakatda salomlashish, boshliq chapda to‘rt (olt) qadamga, seksiya, qadam - BOS»
IKKI» va hokazo.
«Bajar-BIR» hisobida chap oyoq bilan qadam tashlanadi, oyoq yerga quyilishi bilan qo’l bilan harakatlanish to’xtatiladi va bosh boshliq tomonga buriladi (6-rasm). «Ikki, uch, to‘rt, (besh, olti)» hisobi bo’yicha harakat qo’llarni kisib boshni burib davom ettiriladi. 6-rasm. Xarakatda bosh kiyimsiz salomlashishni o’rganish Keyingi hisob «bajar - BIR» bo’yicha chap oyoqda va chap oyoqni yerga qo‘yishda bosh to‘g‘ri ushlanadi va qo’llar bilan harakatlanish davom yetkiziladi. Keyin uchta erkin qadam tashlab, xuddi shu tartibda, daqiqasiga 60-70 qadam bilan mashq takrorlanadi. Usulni bo‘lib-bo‘lib o‘rganib, seksiya (guruh) komandiri komanda bo’yicha, masalan, «Harakatda salomlashish, boshliq chapda to‘rt (olt) qadamga, seksiya, qadam - BOS» mashq qilishga kirishadi. Harakatlanish sur’ati, daqiqasiga 110-120 qadam. «Bos» komandasida va «bir» hisobida seksiya, olg‘a bir qadam qo‘yib, qo’llar bilan harakatni to’xtatadi va boshini chapga buradi. «Ikki, uch, to‘rt (besh, olti) hisobi bo’yicha harbiy xizmatchilar mardonavor holatda o‘tadilar, keyingi «bir» hisobida chap oyoqni yerga qo‘yishda boshlarini to‘g‘ri ushlaydilar va «ikki, uch, to‘rt» hisobida yurish qadami bilan ketadilar. Keyingi «bir» hisobi bilan salomlashish takrorlanadi va hokazo. Usulni o’rganish mashq bilan tugatilib, u seksiya (guruh) komandirining komandasi, o‘rganuvchilarning hisobi yoki baraban zarbi ostida o‘tkaziladi. Mashq oxirida seksiya (guruh) komandiri seksiyani bir kolonnada qo‘yib, har bir o‘rganuvchini o‘zini oldidan o‘tkazadi, uning harakatlaridagi noaniqlikni tekshiradi va usullarni bajarishdagi xatolarni bartaraf qiladi. Mashqni 10 qadam masofadan bir-biriga qarama - qarshi harakatlanayotgan harbiy xizmatchilar bilan o‘tkazish mumkin. Harbiy xizmatchilarning salomlashish paytidagi xatolariga bosh bilan birgalikda tana ham burilishi yoki harbiy xizmatchi birinchi boshini burishi, keyin esa qo’lini bosh kiyimga olib borishi (tushirishi) kabilar kirishi mumkin. Boshliqni quvib o’tishda salomlashish ikki hisobda o‘tkaziladi. «Bajar-BIR» hisobida chap oyoq bilan olg‘a bitta qadam bosiladi va oyoqni yerga qo‘yish bilan bosh chapga (o’ngga) buriladi va o’ng qo’l bosh kiyimga keltiriladi, chap qo’l son oldida harakatsiz ushlanadi. «Bajar-IKKI» hisobida qadam bosiladi va chap oyoqni navbatdagi yerga qo‘yishda va boshliqni quvib o’tishda bosh to‘g‘ri ushlanadi, o’ng qo’l esa pastga tushiriladi. Shu tartibda usul takrorlanadi, sur’at esa,daqiqasiga110-120 qadamgacha asta-sekin ko‘tarilib boriladi. Mustaqil mashqdan so’ng usul baraban zarbi ostida davom ettiriladi. Download 0.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling