2-Мавзу: Qurol bilan va qurolsiz saf usullarini o‘qitish metodikasi 2-mashg‘ulot


Download 0.96 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/9
Sana04.04.2023
Hajmi0.96 Mb.
#1325559
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
2-2 САФ УСЛУБИЁТ (1)

 
 
 
 
 
5-rasm. Salomlashishda o’ng qo’lni bosh kiyimga olib borishga o‘rgatish 
Bu mashq oyna oldida, juft-juft bo‘lib, mustaqil ravishda va baraban zarbi ostida takrorlanishi 
mumkin.
Mashqni bo‘lib-bo‘lib o‘rganib bo‘lgandan so‘ng, seksiya (guruh) komandiri askarlarni 
salomlashishni butunligicha o‘rgatadi. 
Qurolsiz harakatda salomlashish 
Harakatda qurolsiz bir–biri bilan uchrashganda yoki quvib o‘tilganda salomlashiladi. 
Harakatda bosh kiyim qiyilganda harbiycha salomlashish sakkizgacha sanash hisobi bilan 
o‘rgatiladi. Avvaliga seksiya (guruh) komandiri usulni butunligicha, keyin esa bo‘lib-bo‘lib 
ko‘rsatadi.


«Bajar-BIR» hisobida chap oyoq bilan qadam qo’yiladi va oyoq yerga tegishi balan bosh 
boshliq tomonga buriladi, bir vaqtda qo’l bosh kiyimga olib kelinadi. Chap qo’l son yoniga 
tushiriladi;
«bajar-IKKI», «bajar-UCH», «bajar-TO‘RT», «BESH», «OLTI» hisoblarida o’ng (chap) 
oyoqlarda qadamlar bosiladi;
«bajar-ETTI» hisobida chap oyoqni yerga qo‘yishda bosh to‘g‘riga qaraydi, o’ng qo’l bosh 
kiyimdan pastga tushadi.
«Bajar-SAKKIZ» hisobida o’ng oyoq chapiga juftlashtiriladi, o’ng qo’l esa songa tushiriladi. 
O‘rganuvchilar usulni to‘g‘ri tushinganligiga ishonch hosil qilgan seksiya (guruh) komandiri 
seksiyani bir kolonnaga tizib o‘rganuvchilar sanog‘i yoki baraban zarbi bilan mashq 
qildirishga kirishadi. 
Usulni bo‘lib-bo‘lib va butunligicha o‘rganib chiqqandan keyin, seksiya (guruh) komandiri
mashg‘ulot oxirida seksiyani bir kolonnaga tizib har birini o ‘zini oldidan o ‘tkazadi. 
Shular bilan bir qatorda ofitserlar va serjantlar, harbiy bilim yurti va serjantlar tayyorlash 
maktablari kursantlari yakka tartibdagi saf mashg‘ulotlarida harakatda salomlashishdagi o‘z 
ko‘nikmalarini uzluksiz rivojlantirishlari kerak.  
Bosh kiyimsiz harakatda salomlashish uchun seksiya 4 qadamga ajraydi. Bosh kiyimlar 
avvaldan echib qo’yiladi va mashg‘ulot joyidan chetroqda tekis qilib taxlab qo’yiladi. 
Seksiya (guruh) komandiri boshliq joyda turganda va qarama-qarshi tomondan kelayotgan 
boshliqqa qarab harakatlanayotgan harbiy xizmatchining salomlashish usulini ko‘rsatadi. 
Boshida seksiya (guruh) komandiri bosh kiyimsiz harakatda salomlashish usulini ko‘rsatadi.
Usulni butunligicha va bo‘lib-bo‘lib ko‘rsatib bo‘lib, komandir bosh kiyimsiz harakatda 
salomlashish uchun boshliqqa (kattaga) 5-6 qadam qolganda oyoqni yerga qo‘yish bilan bir 
paytda qo’llar harakatini to’xtatadi.
Boshini u tarafga buradi va harakatni davom etadi, uning yuziga qaraydi; boshliqdan o‘tib 
boshi to‘g‘riga qo‘yilishini va qo’llar bilan harakatlanish davom ettirilishini tushintiradi. 
Seksiya (guruh) komandiri bu usulni to‘rt-olti hisobga bo‘lib-bo‘lib o‘rgatishni boshlaydi. 
Agar boshliq qarama - qarshi tomondan kelsa, usul to‘rt hisobga, agar u joyida tursa, usul olti 
hisobga bajariladi.
Usul «Harakatda salomlashish, boshliq o’ngda (chapda), bo‘lib-bo‘lib: bajar-BIR, bajar-

Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling