a b v
4-rasm. Harakatda aylanib burilishni ko‘rsatish
Mashq shu ketma-ketlikda yangi yo‘nalish bo’yicha komandir sanog‘i
ostida takrorlanadi,
keyin esa mustaqil ravishda o‘rganuvchilar hisobi yoki baraban zarbi ostida davom yetkiziladi.
Aylanib burilishni bajarishda asosiy diqqat burilishning birdanliligiga, hamda qo’llarning
qadam taktiga harakati, ya’ni «bajar-IKKI» hisobi bo’yicha boshida o’ng oyoq yarim qadamga
chiqariladi, u bilan birga chap qo’lni oldga, o’nggini esa, ortga yuborish kerak. O’ng oyoq
oyoq
uchiga tushishi bilan, qo’llar tushgan bo‘lishi lozim. Ikki
oyoq uchi bilan aylanish
boshlanganda qo’llar qadam taktiga moslanib harakatlanib pastda bo‘ladilar. «Bajar-UCH»
hisobi bo’yicha o’ng qo’l yana oldga qarab, chapi esa orqaga harakatlanadi.
Seksiya komandiri o’ng oyoqni yarim qadam oldga chiqarishda qo’llar
bevaqt yonga
qisilmasligiga e’tibor beradi, chunki bu xato birdan burilish imkoniyatini bermaydi.
Mashqda
harakatda burilishlarni bajarishda seksiya (guruh) komandiri qo’l
harakatlarini qadam
harakatlariga mos kelishiga asosiy diqqatini qaratadi.
Bu usulni mashq qilish uch qadam olg‘a harakatlanib kompleksda bajarish
«Uch qadam olg‘a
harakatlanib burilishga, qadam – BOS» komandasi bo’yicha o‘tkazilishi mumkin, «bir,
ikki, uch» hisobiga uchta qadam qo’yiladi, «to‘rt» hisobiga-ortga buriladi.
Harakatda burilishlar ko‘nikmalarini mustahkamlash uchun ularni vaqti-vaqti bilan ertalabki
badantarbiyani orkestr bilan o‘tkazishga hamda yaxshi bo’linma nomiga o‘tkaziladigan
maxsus saf mashqlari va musobaqalariga kiritish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: