2-Мавзу: Qurol bilan va qurolsiz saf usullarini o‘qitish metodikasi 2-mashg‘ulot


Joyda va harakatda harbiycha salomlashishga o‘rgatish


Download 0.96 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/9
Sana04.04.2023
Hajmi0.96 Mb.
#1325559
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
2-2 САФ УСЛУБИЁТ (1)

Joyda va harakatda harbiycha salomlashishga o‘rgatish 
Harbiycha salomlashish bizning armiyamiz urf-odatlaridan biri hisoblanadi. U harbiy 
xizmatchilarda bir-biriga xurmatni shakllantiradi, ularni intizomli qiladi, kundalik hayotda 
o‘zini to‘g‘ri tutish ko‘nikmalarini shakllantiradi. 
Qurolsiz joyda turib harbiycha salomlashish savolini o’rganishga kirishishdan oldin seksiya 
(guruh) komandiri shaxsiy tarkib bilan birgalikda mustaqil tayyorgarlik vaqtida Saf 
nizomining 66-moddasini o’rganishga majbur.
Joyda turib harbiycha salomlashish qoidalariga o‘rgatish avvaliga bosh kiyimsiz, keyin esa 
kiyilgan bosh kiyimi bilan o‘tkaziladi. Komandir dastlab o‘rganuvchilar bilan «bosh kiyimlar-
yechilsin», «bosh kiyimlar-kiyilsin» (Saf nizomining 29-moddasi) usullari bajarilishini 
takrorlab chiqadi. 
Joyda turib harbiycha salomlashish qoidalarinih harbiy xizmatchilarga gapirib va ko‘rsatib 
bo‘lib, seksiya (guruh) komandiri uni ikki hisobga o’rganishga «Joyda turib harbiycha 
salomlashish uchun, boshliq oldda (o’ngda, chapda, orqada), bo‘lib-bo‘lib bajar-BIR, 
bajar-IKKI» komandasi bo’yicha kirishadi. 
«Bajar-BIR» hisobi bo’yicha seksiya harbiy xizmatchilari boshliq tomonga burilishlari, rostlan 
holatini qabul qilib, uning yuziga qarashi kerak. Agar kerak bo’lsa, seksiya (guruh) komandiri 
boshliqning chapdan o’ngga (va uning aksi) o’tishini ko‘rsatib turadi. Bu komandada 


seksiyaning barcha harbiy xizmatchilari boshini chapdan o’ngga (va aksiga) buradi, «bajar - 
IKKI» hisobida esa bosh to‘g‘riga qo’yiladi va «erkin» holati qabul qilinadi. Shu alfozda har 
xil yo‘nalishlardan kelayotgan boshliqlar bilan salomlashish komandalari takrorlanadi.
Usulni bo‘lib-bo‘lib o‘rgangandan so’ng, seksiya (guruh) komandiri juft-juft bo‘lib mashq 
qilishni tashkillashtiradiki, bunda u boshliq o‘rniga olddan, yondan va orqadan o‘tuvchi harbiy 
xizmatchilarni ajratadi. Qiyilgan bosh kiyimda joyda salomlashish usullariga o‘rgatish ham 
xuddi bosh kiyimsiz tartibdagiday, bo‘lib-bo‘lib o‘rgatiladi. Bunda boshida harbiy 
xizmatchilarni qo’lni bosh kiyimga to‘g‘ri olib kelishga o‘rgatiladi. Buning uchun komandir 
qo’l bosh kiyimga «rostlan» holati qabul qilingandan keyin eng qisqa yo‘l bilan, boshliq 
tomonga burilganda esa orqadagi oyoqni qo‘yish bilan bir vaqtda olib kelinishini ko‘rsatadi va 
gapirib beradi.
Seksiya (guruh) komandiri harbiy xizmatchilarning diqqatini o’ng qo’lning kafti to‘g‘riligiga, 
barmoqlari birlashganligiga, o‘rta barmoq chakkaga emas, balki bosh kiyimning pastki chetiga 
tegishiga, bunda tirsak bir chiziqda elka balandligida bo‘lishligiga qaratadi.
Qo‘lni bosh kiyimga olib borishga o‘rgatish seksiya (guruh) komandirining qo’lni bosh 
kiyimga olib borish va uni tushirish «bajar-BIR», «bajar-IKKI» komandasi bo’yicha 
boshlanadi. «Bajar-BIR» hisobida harbiy xizmatchilar bir sherengali yoyiq safda turib
tezlikda o’ng qo’lini bosh kiyimga olib boradilar (5-rasm), «bajar-IKKI» hisobida o’ng qo’lni 
tezda pastga tushiradilar. 

Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling