bo‘lib, har bir hisob bilan, qadam-BOS» komandasini beradi va «bir, ikki, uch» deb sanaydi
va hokazo. Keyin seksiya (guruh) komandiri shaxdam qadam bilan yurish harakatiga
daqiqasiga 60-70 qadam sur’ati va keyinchalik uni sur’atini yuqorilatib daqiqasiga 110-120
qadam bilan o‘rgatishga kirishadi. O‘rganuvchilarning dam olishi va xatolarini to‘g‘rilashi
uchun shaxdam qadam bilan harakatlanish sur’atidan yana bo‘lib-bo‘lib to‘rt yoki ikki hisob
bo’yicha harakatlanishga o’tish tavsiya qilinadi.
Seksiya usulni mashq qilayotganda harakatlanish sur’atini daqiqasiga 110-120 qadamni qat’iy
ushlab turishi kerak. Seksiya komandiri to‘g‘ri burchakning o‘rtasida turib, kerakli
komandalarni beradi. Agar u harakatlarda umumiy xatoni topsa, seksiyani to’xtatadi, chapga
buradi.Qanday bajarish kerakligini ko‘rsatib, mashqni davom ettiradi. Agar bittagina harbiy
xizmatchi qo‘pol xato qilsa, seksiya (guruh) komandiri yonga bir qadam chiqarib, o‘zi uni
yoniga turadi va harakat davomida xatolarni to‘g‘rilaydi.
Bo‘lib-bo‘lib va butunligicha o‘rgatish komanda bo’yicha va komandir hisobi ostida,
o‘rganuvchilar hisobi ostida mustaqil hamda baraban zarbi ostida o‘tilishi mumkin.
Kursantlarga o‘z hisobi ostida mashq qilish tavsiya etilishi mumkin. Kursantlarni navbatma-
navbat seksiya (guruh) komandiri qilib tayinlash, komandirlik ovozi va uslubiy ko‘nikmalarni
rivojlanishiga yordam beradi.
2.o‘quv savoli: Joyda turganda va harakat vaqtida harbiycha salom berish. Safdan
chiqish va boshliqni oldiga borish.
Seksiyani burilishlarni harakatda o’rganish komandirning ko‘rsatishidan boshlanadi.
Harakatda o’ngga burilishni butunligicha seksiya (guruh) komandiri ko‘rsatgandan keyin
burilish ikki hisobga bo‘lib-bo‘lib o‘rganiladi. Komandir «Harakatda o’ngga burilish,
bo‘lib-bo‘lib: bajar-BIR, bajar-IKKI» komandasini beradi. «Bajar-BIR» hisobida chap
oyoq bilan olg‘a shaxdam qadam qo’yiladi, bunda qo’l ham qadam taktiga moslab
harakatlantiriladi va qo’llar tushirilgan holatda to’xtaladi; «bajar-IKKI» hisobida chap oyoq
uchida o’ngga birdan buriladi, burilish bilan birgalikda o’ng oyoq oldga chiqariladi va yangi
yo‘nalishda qadam qo’yiladi.
Keyingi hisob «bajar-BIR», «bajar-IKKI» da usul boshidan takrorlanadi va hokazo.
Mashg‘ulot uchun komandir seksiyani birinchi va ikkinchi deb sanatadi, harbiy xizmatchilarni
sakkiz qadamda 4 qadam interval bilan bir – biriga qaratib joylashtiradiki, ularning har biri
to‘g‘ri burchakning ichki chiziqlaridagi kichik kvadratlar qarshisida bo‘lsin.
Mashq to‘rt hisobga uch qadam olg‘a harakati bilan «To‘rt hisobga harakatda o’ngga
Do'stlaringiz bilan baham: |