O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi


Download 5.3 Mb.
bet8/272
Sana21.06.2023
Hajmi5.3 Mb.
#1645733
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   272
Bog'liq
Hozirgi o`zbek adabiy tili H.Jamolxonov2019

Badiiy uslub. Bu uslubda badiiy asar tili va badiiy nutq shakllantiriladi.Ularda adabiy til me‘yorlaridan chetga chiqish hollari ham uchrab turadi: obraz va personajlar nutqini tipiklashtirish zarurati shuni taqozo qiladi. Quyidagi misollarga e‘tibor beraylik:

  1. Asadbek molodes! Visshiy klass!- dedi u.-Aniq topibdi. Endi u bilan xazilla- shib bo„lmaydi. (T.M.).

  2. U qizig„ar mashinasini Qoraqamishga qarab uchirdi... (T.M.)

  3. Akamullo, akamullo, sizni yo„qloshopti, idoraga yo„qloshopti.

-Nima gap?
-Hojar ayani bachasi sahroda borkan ekan... Bo„ronda qolgan ekan...Qaytib kelmopti... So„g„in Xo„janazar akoning duxtori bo„ronga qolip o„lipti...
-Hoshim yugurganicha chiqib ketdi. Mahmuda bilan Mohidil bir-biriga hayron qarab qolishdi!(J.A.)

  1. Sho„rim qursin, bolam. Tovni ursa talqon qiladigan ullarim turib, meni talab tashlashayapti,-dedi kampir o„zi bilan olib kelgan tayoqqa tayanib. (N.I.)

Birinchi misoldagi nutqiy parchada grammatik-sintaktik varvarizm ("Asadbek molodes!" , "Visshiy klass"), ikkinchi gapda vulgarizm ("qizig„ar"), uchinchi misoldagi dialogda esa o‘zbek-tojik ikki tilliligi ta’sirida bolgan ozbek shevalari- ning sozlari ("akamullo" "bacha", "duxtor", “ so„g„in" kabi leksik birliklar), shu shevaga xos grammatik formalar ("yo„qloshopti", "kelmopti" kabi grammatik dialektizmlar), aka so ‘zining ako shaklidagi dialektal ko‘rinishi (leksik-fonetik dialektizm) qo‘llangan. Bunday dialektizmlar (tov, ullarim) to‘rtinchi gapda ham bor. Ular adabiy til me’yoriga xilof ravishda badiiy uslub talablaridan kelib chiqib badiiy matnga kiritilgan, natijada asarning badiiy-estetik g‘oyalarini ta’sirli, ishonarli qilib ifodalashga erishilgan.
I z o h: Adabiy til bilan funksional uslublar o‘rtasidagi munosabatlar quyidagicha: rasmiy ish uslubi, ilmiy uslub, publitsistik uslubning ayrim ko‘rinishlari(informativ va agitatsion funksiyalarni bajaruvchi ko‘rinishlari) adabiy til me’yorlariga tayanadi, demak, adabiy tilga zid qo‘yilmaydi; so‘zlashuv uslubining —a” ko‘rinishi (adabiy so‘zlashuv) ham shunday: unda so‘z tanlash, gap tuzishda erkinlik sezilib tursa-da, adabiy til me’yorlariga xilof bo‘lgan birliklar va elementlardan foydalanilmaydi; so‘zlashuv uslubining “b” ko‘rinishida (jonli so‘zlashuvda) esa nutqning maxsus tayyorgarliksiz shakllantirilishi, erkin muomalaga asoslanishi bilan birga, adabiy til me’yorlaridan chetga chiqish holatlari ham kuzatiladi (mavzuning jonli so‘zlashuv uslubiga oid qismiga qarang).
Adabiy tilga munosabat jihatidan badiiy uslub alohida baholanadi: u, odatda, badiiy asar tilini belgilaydi, badiiy asar tilida esa, yuqorida sanab ko‘rsatilgan uslublarning barchasidan foydalanish hollari uchraydi, badiiy uslub ularning matndagi o‘rinlari va vazifalarini “taqsimlab”, “nazorat qilib” boradi, qaysidir ma’noda “boshqaruvchilik” vazifasini o‘taydi.

  1. Hozirgi ozbek adabiy tili taraqqiyotini
    belgilovchi omillar



Hozirgi o‘zbek adabiy tili taraqqiyotini belgilovchi omillar ikki xildir:

Download 5.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling