O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi
Download 5.3 Mb.
|
Hozirgi o`zbek adabiy tili H.Jamolxonov2019
- Bu sahifa navigatsiya:
- oshqovoq
- prikaz
- -jon, -xon, -lar, -cha, -loq
So„zlashuv uslubi. Bu uslubning ikki ko'rinishi mavjud: 1) adabiy soZlashuv uslubi. Bu uslubda yaratilgan nutqda so'z tanlash. gap tuzish ancha erkin bo'ladi. inversiya holatlari ham uchrab turadi. ammo adabiy til me‘yorlaridan chetga chiqilmaydi; 2) jonli so‘zlashuv uslubi.Bu uslubga asoslangan nutqda ham erkinlik saqlanadi, ammo unda adabiy so'zlashuv uslubidan farqli ravishda quyidagilarga ham o'rin beriladi:
salbiy baho semasi bor bo'lgan. kamsitish yoki haqorat ma’noli so'zlarga: endi tushunib olgandirsan, oshqovoq?(N.I.). O‘ pandavaqi, agar ogZingdan yana bir marta shunaqa gap chiqsa, tilingni sug‘urib olaman, tushundingmi? (N.I.).Bomj ekansan-ku. Ipirisqi, yo ‘qol bu yerdan ... (N.I.); varvarizm, ekzotizmlarga: prikaz qilsangiz, dalshe ketamiz(N.I.). Maskirovka, oka, bir soatdan keyin ko'chaga chiqadi, voobshe tanimaysiz (N.I.); so'z. grammatik formalar. so'z birikmalari tarkibidagi ayrim tovushlar (ba’zan bir necha tovush yoki bo'g'in) tushib qoladi: obor (olib bor), aytvor (aytib yubor), pasqam (pastqam), bolla (bolalar), mashu (mana shu) kabi.Ba’zi tovushlarning so'z tarkibidagi o'rni almashadi: turpoq (tuproq), tervat (tebrat), to‘rg‘amoq (to'g'ramoq); bir tovush o'rnida boshqa tovush (yoki fonema variantlaridan biri) qo'llanadi: kegin (keyin), shoyi (shohi), so‘ngak (suyak), ko‘ynak (ko'ylak). qalmoq (qarmoq); so'z boshida, o‘rtasida yoki oxirida tovush orttiriladi: o‘ris (rus), ishkop (shkaf), tiraktir (traktor), tanka (tank); so‘z tarkibidagi ba’zi unlilar cho‘ziladi: hozir - ho:zir, katta- ka:tta, ayta qol - ayta qo:l, jonim- jo:nim kabi; undoshlar qavatlanadi: maza- mazza, yasha-yashsha (bunda so ‘z urg'usining o ‘rni ham o ‘zgaradi: maza -mazza, yasha - yashsha kabi); kishi nomlari yoki ayrim so‘z va so‘z birikmalarini qisqartirib talaffuz qilish hollari ham uchraydi: Dilor (Dilorom), Guli (Gulnora), Muqad (Muqaddas), Dilfuz (Dilfuza), kilo (kilogramm), avtomat (telefon-avtomat), marshrutka (marshrutli taksi) kabi; grammatik-konstruktiv jihatdan qaraganda jonli so‘zlashuv uslubida shakllantirilgan nutq ko‘proq dialogik xarakterda bo‘lishi,sodda gaplarning, ayniqsa, to‘liqsiz va bir sostavli gaplarning faol qo‘llanishi bilan ajralib turadi: Boshlandi (—Majlis boshlandi”), Ana taksi (—Ana, taksi kelyapti”), Xo ‘sh? (“Endi nima qildik?”) kabi; qo‘shma, murakkab gaplar nisbatan kam qo‘llanadi, qo‘shma gap komponentlari ko‘pincha bog‘lovchisiz birikadi: Kechikdim: avtobus buzilib qoldi.(Bu gapning to‘liq shakli: Ishga kechikdim, chunki yo ‘lda avtobus buzilib qoldi) kabi; fe’lning -b(-ib) affiksli ravishdosh shakli hamda -gan affiksli sifatdosh shakli edi to‘liqsiz fe’li bilan birga kelganda, undagi affikslar-uvdi, -ovdi, -gandi shakllarida qo‘llanadi: aytuvdi (aytib edi), boruvdi (borib edi), yozuvdi (yozib edi); aytgandi (aytgan edi), borgandi (borgan edi), yozgandi (yozgan edi) kabi; hurmat, kamsitish, kesatiq ma’nolarini ifodalash uchun xizmat qiluvchi -jon, -xon, -lar, -cha, -loq qo‘shimchalariga ham keng o‘rin beriladi: akajon, Lolaxon, dadamla(dadamlar), oyimla (oyimlar), yigitcha, qizaloq kabi. E s l at ma: Jonli so‘zlashuv uslubiga asoslangan nutqda, ba’zan, noverbal vositalar (imo-ishora, ko‘z, qo‘l va bosh harakatlari) ham yordamchi vositalar sifatida ishtirok etadi. Jonli so‘zlashuv uslubi ko‘proq og‘zaki nutqqa xosdir, ammo uning ba’zi ko‘rinishlari, elementlari yozma nutqda, masalan, o‘zaro yaqin dugonalar, sirdosh do‘stlarning bir-biriga yozgan xususiy xatlarida ham uchraydi. Download 5.3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling