O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi


Download 5.3 Mb.
bet3/272
Sana21.06.2023
Hajmi5.3 Mb.
#1645733
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   272
Bog'liq
Hozirgi o`zbek adabiy tili H.Jamolxonov2019

1) og„zaki shakli o‘zbek milliy tilining fonetik-fonologik, leksik, semantik va grammatik jihatdan me’yorlashtirilgan bo‘lishi bilan birga,uning to‘g‘ri (adabiy) talaffuz me’yorlariga mos bo‘lishini ham talab qiladi.Bu jihatlarning voqelanishi (nutqda reallashuvi) orfoepiya qoidalari tomonidan boshqariladi.Adabiy-orfoepik talaffuzning moddiy-material asosini nutq tovushlari, urg‘u, ohang, melodika, pauza, tembr, ritm, temp kabi fonetik birliklar va elementlar tashkil etadi.Hozirgi o‘zbek adabiy tilining og‘zaki shakli ko‘proq adabiy so‘zlashuv uslubida namoyon bo‘ladi, uning faoliyatida imo-ishora, nutq vaziyati kabi noverbal vositalar ham ishtirok etishi mumkin;
2) hozirgi o‘zbek adabiy tilining yozma shaklida ham tilning leksik, semantik va grammatik me’yorlariga to‘la amal qilinadi, ammo uning moddiy-material asosini optik-grafik vositalar tashkil qiladi, qo‘llanish me’yorlarini esa grafika, orfografiya va punktuatsiya qoidalari belgilab beradi.
Adabiy tilning yozma shakli faoliyatida ilmiy uslub, rasmiy uslub, ommabop (publitsistik) uslub qoliplariga xoslanish xususiyatlari borligi ham ko‘zga tashlanadi.

    1. Adabiy til va dialektlar munosabati

Adabiy tildan dialekt, sheva, jargon va argolarni farqlash kerak.
Dialekt -umumxalq tilining ma’lum etnik guruhga mansub ko‘rinishi: qip - choq dialekti, o‘g‘uz dialekti va qarluq-cnigil-uyg‘ur dialekti (prof. V.V.Peshetov klassifikatsiyasi)2
Sheva - mahalliy dialektning fonetik,leksik,grammatik umumiylikka ega bo‘lgan, bir yoki bir necha qishloqni o‘z ichiga oluvchi kichik bir qismi,guruhi. Dialekt va shevalar adabiy tilning shakllanishida ishtirok etadi, ammo adabiy tildan quyidagi belgilari bilan farqlanadi:
a) adabiy til millatning barcha vakillari uchun umumiydir, dialekt va shevalar esa millat tarkibidagi etnik guruhlarning har biri uchun alohida-alohida bo‘ladi, bir-biridan fonetik, leksik va grammatik jihatdan farqlanadi;
b) adabiy tilning yozma shakli mavjud: u ma’lum me’yorlarga bo‘ysundiril- gan yozuv sistemasiga (adabiy-orfograik yozuvga) asoslanadi.Dialekt va sheva- lar uchun esa alohida adabiy-orfografik yozuv yo „q;

  1. adabiy tilning qo‘llanishi hududiy jihatdan chegaralanmaydi, dialekt va shevalarning qo‘llanishi esa bu_jihatdan chegaralangandir;

  2. adabiy tilda davlat ishlari - xalq ta’limi, matbuot, radio-televideniye, ilm- fan, ma‘muriy-idoraviy hujjatlashtirish ishlari olib boriladi; qonun, farmon va qarorlar shu tilda e’lon qilinadi. Dialekt va shevalar esa bu funksiyada qo‘llanmaydi;


Download 5.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling