O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi
Download 5.3 Mb.
|
Hozirgi o`zbek adabiy tili H.Jamolxonov2019
- Bu sahifa navigatsiya:
- Rasmiy ish uslubi.
- Ilmiy uslub .
- tuman, mikrotoponim, onomastika
Vazifaviy uslublar tilning funksional stillaridir. Bunday stillar inson faoli- yatining u yoki bu sohasiga xoslangan nutqni qoliplash, u yoki bu shaxsning portreti, ma’naviy qiyofasi, psixologiyasini uning o‘ziga xos nutqida aks ettirish vazifasini bajaradi.Tilda vazifaviy uslublarning quyidagi turlari bor:
Rasmiy ish uslubi. Bu uslub qonunlar, farmonlar va turli ma‘muriy-idoraviy hujjatlar (qarorlar, buyruqlar, ariza, bildirishnoma, nizom, tilxat, ishonchnoma, yo‘ riqnoma, shartnoma, farmoyish kabi ish qog‘ozlari ) tiliga xosdir. Rasmiy us- lubda avvaldan shakllanib, ma‘lum qolipga tushgan konstruksiyalar, formuli- rovka va so‘z birikmalaridan (... joriy etilsin, ...amalga oshirilsin, ... chora k„o„- rilsin, ... e’tiborga olinsin, ...ni hisobga olib buyuraman, ... ma’lum qilaman, ... ni so„rayman, .ga taqdim etish uchun berildi kabi qurilmalardan) foydalaniladi. Bu uslubda tuzilgan matnlarda emotsional-ekspressivlik, so‘z o‘yini, majoziylik kabilarga yo‘l qo‘yilmaydi. N a m u n a l a r: 1.Respublika aholisining daromadlari va turmush darajasini yanada muttasil oshirib borish, fuqarolarga ijtimoiy madadni kuchaytirish maqsa- dida: 2010- yilning 1-avgustidan boshlab byudjet muassasalari va tashkilotlari xo- dimlarining ish haqi, pensiyalar hamda ijtimoiy nafaqalar, stipendiyalar miqdori o„rta hisobda 1,2 baravar oshirilsin. (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonidan). 2. Mehnat ta’tilim tugab, shu yil 26-avgustdan ishga tushganligimni ma ’lum qilaman (Bildirishnomadan). 3. Viloyatdan kelganligimni va qatnab o„qish- ga imkoniyatim yo „qligini e’tiborga olib, menga talabalar uyidan joy berishingizni so„rayman (Arizadan). Ilmiy uslub. Bu uslubda ilmiy asarlar tili, ilmiy nutq shakllantiriladi: matnda- gi aniqlik, turli ekspressiyadan, bo‘yoqdorlikdan, polisemiyadan xolislik, soha ter- minlarining faol ishtiroki kabi holatlar ilmiy uslub talablaridan kelib chiqadi. Unda so‘zlashuv uslubiga xos erkinlik, tasviriylik va obrazlilik uchramaydi, adabiy tilning orfoepik (to‘g‘ri talaffuz) va orfografik (to‘g‘ri yozish) me’yorlariga to‘la rioya qilinadi; gap qurilishi mukammalligi va murakkabligi bilan ajralib turadi; qo‘shma gaplar, kesimi fe‘lning majhullik nisbatidagi formalari bilan ifodalangan gap turlari, gap bo‘laklari deyarli tushirib qoldirilmaydi, yig‘iq va to‘liqsiz gaplar kam ishlatiladi. Nutq, asosan, monologik xarakterda bo‘ladi. Mas al a n, “Dala sharoitida ishlash usulidan foydalanib to„plangan birmuncha mukammal ma’lumotlar Urgut tumani mikrotoponimlari, ular yasalishining regional xususiyatlari haqida chiqarilgan ilmiy xulosalar va bu xulosalar asosida o „zbek onomastikasi, xususan, topoonomastikasida mavjud bo „lgan qarashlarga muayyan darajada kiritilgan aniqliklar ishning nazariy ahamiyatini belgilaydi”. Mikrotoponimlarning leksik-semantik tahliliga oid dissertatsiya avtoreferatidan ko‘chirilgan mazkur gapda ilmiy uslubga xos quyidagi belgilar ko‘zga tashlanadi: 1)gap qurilishi mukammal va murakkab; 2)gap tarkibida toponimika va onomastikaga oid terminlar (tuman, mikrotoponim, onomastika, Download 5.3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling