Jargon va argolar - ma’lum ijtimoiy guruhlarga, masalan, o‘g‘rilarga, sportchilarga, talabalarga yoki savdogar-chayqovchilarga xizmat qiladigan yasama “til”. Jargon terminining mazmun jihatida —yasama til” ma’nosi(ideografik semasi) bilan birga peyorativ sema (kamsituvchi konnotatsiya) ham bor (harbiy jargon, o„g„rilar jargoni kabi), argo termini ma’nosida esa peyorativ sema yoq. Jargon yoki argoga mansub lug‘aviy birliklar jargonizm va argotizmlar deb yuritiladi. Jargonizm va argotizmlar adabiy tilda ishlatilmaydi. Ulardan jonli so‘zlashuv nutqida yoki badiiy asar tilida uslubiy maqsadlardagina foydalanish mumkin. Masalan: 1)Pivoni bu yoqqa uzat, - deya “bomj” uning qadahini o„ziga tortdi. (N. I. Iblis saltanati,1-kitob, 2009-yil, 114-bet). Jargonizm- bomj (ma’nosi: —yashash joyining tayini yo‘q, daydi odam”). 2)... Sherning bir-biridan qimmat mebellari joyida yo„q edi. O„shanda ular shoshilib qolishgan, buni boshqa chaqqonlarning ishi, deb o„ylashgandi. Qaysidir ma’noda ular haq edilar, chunki Sherning qo „shnilari orasida ham yuxolar topilardi. (N. I. Iblis saltanati, 2-kitob, 2009-yil, 47-bet). Jargonizm - yuxolar (ma’nosi: “mayda o‘grilar”, “zimdan o‘marib ketuvchilar”). 3)Xo„jayin,-dedi Samandar tashqariga chiqqanlaridan keyin,- anavi men sigareta so„ragan kimsalarning ko„rinishi juda boshqacha ekan, ular sizning yoningizga kelishayotgandi. Niyatlari buzuqqa o „xshaydi.
- Nima deding ularga?
- Mentlar turganini aytdim. Yuraklari tushib qolayozdi. (N. I. Iblis saltanati, 1-kitob, 2009-yil, 210-bet).Jargonizm - mentlar (“militsionerlar” ma’nosida). 4) Xo„jayin,-deb kirib keldi shu mahal Ikromning uyda qolgan shotirlaridan biri... (N. I. Iblis saltanati, 1-kitob, 2009-yil, 299-bet).Jargonizm: shotir (kriminal guruhlar jargonida “guruh boshlig‘i xizmatida bo‘lgan jinoyatchi unsur”).
Hozirgi o„zbek tilining vazifaviy uslublari
Do'stlaringiz bilan baham: |