Tayanch tushunchalar
1 1
Fonetik-fonologik sath - til ierarxiyasining tovush tizimidan iborat quyi pog‘onasi (quyi yarusi): nutq tovushlari, bo‘g‘in, urg‘u, ohang va b.lar.
Leksik sath - til ierarxiyasining lug‘at boyligidan iborat yuqori pog‘onasi:
leksemalar, frazemalar, ularning turli qatlamlari.
Grammatik sath - til ierarxiyasining morfologik va sintaktik birliklardan iborat eng yuqori pog‘onasi: so‘z turkumlari, grammatik ma’no va grammatik shakllar, so‘z birikmalari va gap, ularning turlari va konstruksiya modellari.
Vokalizm - unli fonemalar tizimi.
Konsonantizm - undosh fonemalar tizimi.
Divergensiya - til strukturasidagi o‘zgarishlar ta’sirida bir fonemaning ikki fonemaga bo‘linishi. Mas."k"ning "k"va "q"ga ajralishi.
Konvergensiya - tarixiy taraqqiyot jarayonida ikki fonemaning bir fonema holiga kelishi: qadimgi turkiy va eski o‘zbek tillarida alohida-alohida fonemalar bo‘lgan "e va "o" unlilari shu qonuniyat asosida hozirgi o‘zbek adabiy tilida bitta "o" fonemasiga birlashgan.
Pozitsion xususiyatlar - nutq tovushlarining so‘z tarkibidagi o‘rni (unlining urg‘uli yoki urg‘usiz bo‘g‘inda, undosh tovushning kuchli yoki kuchsiz pozitsiyada bo‘lishi), shu omil ta’sirida yuz beradigan hodisalar.
Sintagmatik xususiyat - so‘z yoki bo‘g‘in tarkibida tovushlarning zanjirsimon joylashuvi, birin-ketin kelishi, gorizontal chiziq bo‘ylab joylashuvidan kelib chiqadigan xususiyatlar.
Singarmonizm - so‘zning asosi va affiks tarkibidagi unlilarning o‘zaro uyg‘unlashuvi, garmoniyasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |