O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi


Download 5.3 Mb.
bet23/272
Sana21.06.2023
Hajmi5.3 Mb.
#1645733
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   272
Bog'liq
Hozirgi o`zbek adabiy tili H.Jamolxonov2019

Tovushning kuchi (intensivligi)-lsm2 maydondan 1 sekundda o‘tadigan energiya miqdori. Bunday energiya miqdorining ko‘p yoki oz bo‘lishi tebranish amplitudasining (kengligining) katta yoki kichikligiga bog‘liqdir: tebranish amplitudasining katta bo‘lishi unga berilayotgan zarba darajasiga, masalan, o‘pkadan kelayotgan havo oqimi kuchiga bog‘liq. Masalan, zarb urg‘usini (dinamik urg‘uni) yuzaga keltirishda havo zarbi kuchli bo‘ladi. Demak, tovush kuchining nutqdagi ahamiyati ko‘proq zarb urg‘usini ifodalashda namoyon bo‘ladi.

Tovush kuchi odatda detsibel bilan o‘lchanadi. Masalan, soatning chiqillashi - 20 db, pichirlash - 40 db, yarim ovoz bilan gapirish-60 db, baland ovoz bilan gapirish - 80 db, simfonik orkestr ovozi-100dan 110 detsibelgacha bo‘ladi. 130 detsibeldan ortiq kuchdagi tovush quloqqa og‘riq beradi, insonni noxush qiladi.

  1. Tovush tembri - tovushning asosiy ton va yordamchi tonlar (oberton,parsial tonlar) qo‘shilmasidan tarkib topadigan sifati. Tovush tembrini ifodalovchi va uning boshqa tovushlar tembridan farqini ko‘rsatuvchi chastotalar formantlar deyiladi. Tovush formantlari maxsus eksperimental apparat - spektograf yordamida aniqlanadi.

Tovush tembrining turli xil formantlarga ega bo‘lishida bo‘g‘iz bo‘shlig‘i, halqum, og‘iz bo‘shlig‘i va burun bo‘shlig‘i maxsus rezonatorlik (akustik filtrlik) vazifasini bajaradi: bunday bo‘shliqlarning turli shaklga kirishi, hajmi, undagi a’zolaming harakati-holati tovushning bo‘yoqdorligini (sifat belgilarini) o‘zgartirib turadi, shu tariqa fonemalarning o‘zaro farqlanishi ta‘minlanadi. Odatda, tovush tembri unli fonemalarda muhim rol o‘ynaydi: hamma unli fonemalarda ovoz bor, ammo ular bir-biridan tembri bilan farq qiladi. Ayni paytda, tovush tembri ayrim undoshlarni, masalan, sonantlarni farqlashda ham qatnashadi. Bulardan tashqari, tembr nutqning supersegment birligi, ovoz tovlanishlari tarzida ham namoyon bo‘ladi: quvnoq tembr, ma’yus tembr kabi. Tembrning bu turlari nutqning ekspresssiv-emotsional xususiyatlarini, ayniqsa nazm va navodagi ohang tovlanishlarini ta‘minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.


  1. Download 5.3 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling