O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi


Download 5.3 Mb.
bet11/272
Sana21.06.2023
Hajmi5.3 Mb.
#1645733
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   272
Bog'liq
Hozirgi o`zbek adabiy tili H.Jamolxonov2019

Singarmonizm: 1) qadimgi turkiy til, eski turkiy til va eski o‘zbek tilida singarmonizm (so‘z tarkibidagi o‘zak va qo‘shimchalarda unlilarning uyg‘unlashuvi) mavjud bo‘lgan. Qiyos qiling: kelduk ("kel" dagi "e" - old qator, ingichka unli + "-duk" dagi "u" ham old qator, ingichka unli) va barduk ("bar"dagi "a" - orqa qator, yo‘g‘on unli+ "-duk" dagi "u" ham orqa qator yo‘g‘on unli). Bu misollardagi unlilar til garmoniyasi qonuniyati asosida uyg‘unlashgan. Kelip va korup so'z shakllarining birinchisida ("kel+ip"da) o‘zak va qo‘shimchadagi unlilar lablanmagan, ikkinchisida ("kor+up" da) esa o‘zak va qo‘shimchadagi unlilar lablangandir. Demak, ikkinchi misolda unlilar lab garmoniyasi qonuniyati asosida uyg‘unlashgan; 2) hozirgi o‘zbek adabiy tilida singarmonizm o‘z mavqeini ancha yo‘qotgan. Qiyos qiling: konlunuz eski o‘zbek tilida) - ko'nglingiz (hozirgi o‘zbek adabiy tilda), korup (eski o‘zbek tilida) - ko‘rib (hozirgi o‘zbek adabiy tilida) kabi.

Izoh: singarmonizm qonuniyati hozirgi paytda qipchoq va o‘g‘uz dialektlariga mansub o‘zbek shevalarida saqlangan: olgan (adabiy tilda)-alg‘an (qipchoq lahjasi shevalarida), borgan (adabiy tilda) - barg„an (qipchoq lahjasi shevalarida), kelgan (adabiy ti\da)-kelgan (qipchoq lahjasi shevalarida), o'ttiz (adabiy tilda) - o‘ttuz (qipchoq lahjasi shevalarida), uyimga (adabiy tilda) -uyomo (o‘g‘uz lahjasi shevalarida) kabi.
Tilning lugat boyligida
Ma‘lumki, turkiy tillarning eng qadimgi davri leksikasi hozirgacha yetarli darajada tadqiq etilmagan, shuning uchun bu davr leksikasi haqida aniq-tiniq bir fikr bildirish imkoni ham o‘ta cheklangan.Qadimgi turkiy va ayniqsa eski turkiy tillar davrida turkiy-arab va turkiy-fors ikki tilliligi (bilingvizmi) shaklana boshlanganligini hisobga olsak, turkiy tillar lug‘atida substrat tillar leksikasidan tashqari superstrat tillar leksikasi (arabcha va forscha leksik o‘zlashmalar) paydo bo‘lganligini ko‘ramiz: gul, gavhar, guruch, go'r (fors-tojik so‘zlari), madrasa, oilafikr, firoq, hosil (arabcha so‘zlar). Hozirgi o‘zbek adabiy tilida bunday o‘zlashma so‘zlarning ayrimlari eskirgan (masalan, muvallidulhamuza, handasa, tarh kabilar), ularning o‘rnida bir qator ruscha o‘zlashma termin va atamalar paydo bo‘lgan (kislorod, geometriya, avtobus, tramvay va b.lar.Qadimgi turkiy tildagi ayrim leksemalarning eski o‘zbek tilida tojikcha sinonimlari paydo bo‘lgan: chechak (turkiy)- gul( tojikcha), yog„och, yig„och (turkiy) - daraxt (tojikcha), oltin (turkiy)- tilla (tojikcha),buloq (o‘zbekcha)-chashma (tojikcha), qirov (o‘zbekcha)- shabnam (tojikcha) kabi.Qadimgi turkiy, eski turkiy va eski o‘zbek tillarida qisqartma so‘zlar (abbreviaturalar) bo‘lmagan. Hozirgi o‘zbek tilida bunday qisqartmalar anchagina bor: BMT, TDPU, SamDU kabi. Keyingi yillarda o‘zbek tili leksikasida IIB(Ichki ishlar bo‘limi), IIBB (Ichki ishlar bo‘limi boshqarmasi), IIV (Ichki ishlar vazirligi), DAN (Davlat avtoinspeksiya nazorati) kabi yangi qisqartma nomlar ham paydo bo‘ldi.O‘zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi, shuningdek, mustaqil O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy va ma’rifiy islohotlar o‘zbek tili leksikasida yana bir qator yangi so‘zlarning yuzaga kelishiga yoki ayrim eskirgan so‘zlarning qayta tiklanishiga sabab bo‘lmoqda: supermarket, fermer, aksiyador, internet, faks(yangi leksemalar), vazirlik, nozir, devonxona, ta‘til(qayta tiklangan leksemalar) kabilar shular jumlasidandir.Rus tili va rus yozuvi ta‘sirida yuzaga kelgan tok ("elektor toki") va tok ("uzum toki") kabi omograflar, to‘rt ("miqdor son") va tort ("konditer mahsuloti") kabi omofonlar ham ko‘proq hozirgi o‘zbek adabiy tili leksikasiga xosdir.Qadimgi turkiy, eski turkiy va eski o‘zbek tillari leksikasidagi ayrim so‘zlarning semantik strukturasida jiddiy o‘zgarishlar yuz berdi: til, bosh, burun, ko‘z so‘zlarining semantik tarkibida ko‘chma ma’nolar paydo bo‘ldi; yog„och, chechak, g„am, harf so‘zlarining ayrim ma’nolari esa eskirdi.
Tilning grammatik qurilishida

  1. Qadimgi turkiy va eski o‘zbek adabiy tillarida ot, sifat, son, olmosh, fe’l va ravish kabi mustaqil so‘z turkumlari bo‘lgan. Bunday mustaqil so‘zlar hozirgi o‘zbek adabiy tilida ham bor.2.Qadimgi turkiy va eski o‘zbek adabiy tillarida yordamchi so‘zlar - ko‘makchilar, bog‘lovchilar va yuklamalar bo‘lgan. Bunday turkumlarga xos so‘zlar hozirgi o‘zbek adabiy tilida ham mavjud.3.Qadimgi turkiy va eski o‘zbek tillarida undovlar va modal so‘zlar bo‘lgan. Ular hozirgi o‘zbek adabiy tilida ham bor.4.Qadimgi turkiy tilda ham, eski o‘zbek tilida ham har bir so‘z turkumining o‘ziga xos grammatik kategoriyalari (otlarda-egalik, kelishik, son; sifatlarda- daraja; fe’llarda - shaxs-son, mayl, nisbat, zamon va b.lar) bo‘lgan. Bu xususiyatlar hozirgi o‘zbek adabiy tiliga ham xos. Biroq, hozirgi o‘zbek adabiy tilida qadimgi turkiy va eski o‘zbek tillaridan farq qiladigan yangi jihatlar ham uchraydi: 1) hozirgi o‘zbek adabiy tilida morfemalar qadimgi turkiy va eski o‘zbek adabiy tillaridagiga nisbatan miqdoran ko‘p va mazmunan boydir. Masalan: qadimgi turkiy tilda o‘zakdan oldin qo‘shiluvchi affiks morfemalar (prefikslar) bo‘lmagan. Bu tipdagi morfemalar eski o‘zbek tilida va hozirgi o‘zbek adabiy tilida uchraydi: bebosh, bevosita, bavosita (bilvosita), noo’rin, sersuv, sergap kabi; b) eski o‘zbek adabiy tilida "-ov","-yev", "-ova", "-yeva", "-ovna", "-yevna", "-ovich", "-yevich" kabi familiya va otchestvo yasovchi qo‘shimchalar bo‘lmagan. Hozirgi o‘zbek adabiy tilida bunday

qo‘shimchalar bor; d) eski o‘zbek adabiy tilida "-lar" affiksi ko‘plikni (odamlar, qishloqlar kabi), birgalikni (Karimlar kelishdi), ma‘no kuchaytirilishini (suvlar oqib yotibdi), chama yoki taxminni (qirq yillar bo'ldi kabi) ifodalagan. Hozirgi o‘zbek adabiy tilida esa "-lar"affiksining so‘zlarni terminlashtirish funksiyasi ham paydo bo‘lgan: qirqquloqsimonlar, sutemizuvchilar... kabi; 2) qadimgi turkiy va eski o‘zbek adabiy tillarida singarmonizm mavjud bo‘lganligidan, ko‘pchilik morfemalarning yo‘g‘on va ingichka turlari saqlangan: "-mbiz" va"-miz" (barambiz va kelamiz kabi), "-gsn" va "-g‘an" ( kelgan va barg„an), "-chbi" va "-chi" (yog„chbi- "azani boshqaruvchi" va bsdizchi- "naqqosh" kabi). Hozirgi o‘zbek adabiy tilida esa ulardan faqat bittasi standart forma sifatida saqlangan (boramiz, kelamiz, borgan, kelgan, qo‘riqchi va ishchi kabi), "-lbiq" va "-lik" haqida ham shu fikrni aytish mumkin; 3) eski o‘zbek adabiy tilidagi ba’zi affikslar hozirgi o‘zbek adabiy tilida qo‘llanmaydi. Masalan, "-vul" affiksi eski o‘zbek adabiy tilida qorovul, yasovul kabi so‘zlarni yasagan, hozir esa bu affiks so‘z yasash xususiyatini yo‘qotgan; 4) qadimgi turkiy tilda bosh kelishik, qaratqich kelishigi, tushum kelishigi, vosita kelishigi ("-n", "-ы", "-in", "-yn", "-un", "-on", "-sn"), jo‘nalish kelishigi, o‘rin-payt kelishigi,
chiqish kelishigi bo‘lgan. Hozirgi o‘zbek adabiy tilida shulardan bittasi - vosita kelishigi yo‘q. U qadimgi turkiy tilda "bilan" ko‘makchisi funksiyasiga teng bo‘lgan: masalan, tilin sozlap, qolqaqbin eshidip ("tili bilan so‘zlab, qulog‘i bilan eshitib...") kabi.

Download 5.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling