O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi


Fonetik birliklarning til va nutqdagi vazifalari


Download 5.3 Mb.
bet18/272
Sana21.06.2023
Hajmi5.3 Mb.
#1645733
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   272
Bog'liq
Hozirgi o`zbek adabiy tili H.Jamolxonov2019

Fonetik birliklarning til va nutqdagi vazifalari

  1. shakllantiruvchi vazifa (ruscha: образующая функция). Bunda fonetik birliklarning so‘z yoki morfemalar tarkibida yoxud gap va nutq tuzilishida qurilish materiali sifatida ishtirok etishi nazarda tutiladi. Chunonchi, paxta so‘zining tarkib topishida 5 ta tovush (p.a,x,t,a), ikkita bo ‘g‘in (pax-ta) va bitta so ‘z urg‘usi (paxta) «qurilish materiali» vazifasida qatnashgan. Bu birliklarning shu tartibda joylashtirilishidanpaxta so‘zining tovush qobig‘i (moddiy qiyofasi) - fonetik so„z shakllangan. Ohang, melodika, pauza kabi supersegment birliklar esa gap qurilishida yoxud nutqning tarkib topishida ustama hodisa sifatida qatnashadi: darak, so‘roq va buyruq gaplarning o‘ziga xos intonatsiyalari, she’riy misralardagi ohang tovlanishlari bunga misol bo‘ladi;

  2. tanituvchi vazifa (ruscha: опознавательная функция). Bunda fonetik so‘z tarkibidagi fonetik birliklarning shu so‘zni va uning ma’nosini «tanib olish» va «eslab qolish» uchun xizmat qilishi nazarda tutiladi: so‘z va uning ma’nosi (yoxud morfema va uning ma’nosi) shu so‘zning (yoki morfemaning) moddiy qiyofasi (shakli) tufayligina inson ongida (til xotirasida) doimiy yashaydi. Masalan, inson paxta so‘zini (fonetik so‘zni) eshitganda yoki o‘qiganda, uning xotirasida «g‘o‘za o ‘simligining oq tolali yumshoq mahsuli», taxta so‘zini eshitganda yoki o‘qiganda esa «g‘o‘ladan uzunasiga tilib olingan yassi yog‘och bo‘lagi» esga keladi, bu hol har bir so‘zning fonetik qobig‘i (nomemasi) bilan shu so‘zning mazmun jihatidagi ma’nolar o‘rtasida doimiy aloqa borligidan (shakl va mazmun birligidan) dalolat beradi. Ko‘pchilik so‘zlarning fonetik tarkibi (demak, shakli, nomemasi) o‘zaro farqli bo‘lishini hisobga olsak, bunday farqlar shu so‘zlarning ma’nolarini tafovutlash uchun хizmat qilishi ham ma’lum bo‘ladi: «qishloq»ni «pishloq»dan, «g„o„za»ni «ko„za»dan, «uy»ni «kuy»dan farqlash imkoni yaratiladi. Demak, so‘z va grammatik shakllar o‘zlarining tovush materiyasi tufayligina nutqda ma’lum ahamiyat kasb etadi. Tovushgina so‘z yoki so‘z shaklini eshituvchi uchun bo rliq tusiga kiritadi.


Download 5.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling