a) g„arbiy arab (g„ubor) raqamlari: 0, 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9, 10, 20, 100, 1000, 100000, 1000000, 1000000000 kabi.
Arab raqamlari aslida Hindistonda (5-asrga yaqin) kashf etilgan bo„lsa-da, Arabistonga buyuk o„zbek olimi Muhammad Xorazmiyning arab tilida yozilgan "Hisob al- hind"("Hind arifmetikasi haqida kitob") asari orqali kirib kelgan, bu asar lotin tiliga tarjima qilinib, Yevropaga (10-asrda Ispaniyaga, 12-asrda Yevropadagi boshqa mamlakatlarga) tarqalgan. Demak, Hindistonda yuzaga kelgan yuqoridagi raqamlarning "arab raqamlari" nomi bilan ommalashib ketishida hamyurtimiz Muhammad Xorazmiyning ulkan xizmati bor;
b) rim raqamlari - qadimgi rimliklar ishlatgan raqamlar bo‘lib, ular quyidagi belgilardan tarkib topgan: I (bir), V (besh), X (o‘n), L (ellik), C (yuz),
D (besh yuz), M (ming). Qolgan raqamlar shu belgilar kombinatsiyasiga asosla- nadi: I(1), II(2), III3), IV(4), V(5), VI(6), VII(7), VIII(8), IX(9), X(10), XI(11), XII(12), XIII(13), XIV(14), XV(15), XVI(16), XVII(17), XVIII(18), XIX(19), XX(20), XXX(30) XL(40), L(50), LX (60), LXX(70), LXXX(80), XC(90), C(100), CD(400), D(500), DC(600), CM(900), M (1000), MC(1100), MD(1500) va boshqalar.
Rim raqamlari miloddan oldingi 500-yillarda etrusklar tomonidan kashf qilingan.
Morfografemalar
Grafemalarning bu tipi so‘z tarkibidagi ma‘noli qismlarni (morfemalarni) ifodalaydi. Masalan,defis (chiziqcha) raqamdan keyin qo‘llanganda tartib son tarkibidagi — -nchi” (—-inchi”) morfemasini ifodalaydi - shu morfema defisning referenti bo‘ladi: 5-uy (beshinchi uy), 20-xona (yigirmanchi xona) kabi.Biroq, qozon-tovoq, aka-uka kabi juft so‘zlarning yozuvdagi shakllarida defiis morfografema emas, orfografik belgi vazifasida qatnashadi (jult so‘zlar orfogrammasiga tegishli bo‘lganligi uchun).
Har qanday tilning grafik tizimida grafema tiplaridan tashqari simvollar,signalizatorlar kabi yordamchi belgilar ham bor.
Do'stlaringiz bilan baham: |