Hozirgi o„zbek adabiy tilining yozma shakli - hozirgi o‘zbek adabiy tilining fizik-akustik asosdan optik-grafik asosga ko‘chirilgan yozma formasi.U grafika, orfografiya va punktuatsiya qoidalariga tayangan holda jamiyatga xizmat qiladi.
Grafika(yunoncha grafo -“yozaman”) - muayyan tilning fonetik-fonologik, leksik- semantik va morfologik birliklarini yozuvda ifodalash uchun maxsus shakllantirilgan optik-grafik belgilar va bu belgilarni qo‘llash qoidalari tizimidir. Bu tizim yozuv sistemasining birinchi va yetakchi komponenti sanaladi.
Yozuvning lisoniy (lingvistik) asoslari - til va nutq.Yozuv tizimi ana shu —poydevor”ga tayanadi.Til va nutqning birlamchi,yozuvning esa ikkilamchi hodisa ekanligi, yozuvning til va nutqqa tobeligi ham shundan.
Yozuv tizimining nolisoniy (ekstralingvistik) asoslari - yozuvning tildan tashqarida bo‘lgan omillar (texnika, ilm-fan,pedagogika, psixologiya, ta’lim, estetika va boshqalar) bilan bog‘liq jihatlari. Alifbo va imlo qoidalarining shakllantirilishida bunday omillarning ham hisobga olinishi talab etiladi.
Grafema - yozuv tizimining asosiy grafik birligi. U tashqi (ifodalovchi) va ichki (ifodalanuvchi) tomonlarning uzviy bog‘liq bo‘lishiga asoslangan bilateral birlik sanaladi.
Grafemika- tilshunoslikning,xususan,grafik lingvistikaning grafema masalalari bilan shug‘ullanuvchi sohasi.
Kod turli informatsiyalarni uzatish, ishlash, saqlash va xotirlab qolish uchun mo‘ljallangan shartli belgilar, simvollar sistemasidir. Har qanday grafema ana shu sistemaning bir a'zosi hisoblanadi.
Grafemalarning integral va differensial belgilari- grafemalar shaklidagi farqlanmaydigan va farqlanadigan belgilar. Masalan, k va l fonografemalarining har ikkalasida tik chiziq bor, u shu ikki grafema uchun umumiydir (integral belgi), ammo “k”ning o‘ng tomonidagi yuqori va pastki chiziqchalar ‘T’da yo‘q.B unday ko‘rinish shu ikki grafemaning differensial (farqlanadigan) belgilari sanaladi, ular o‘z navbatida so‘zlarni yoki morfemalarni yozuvda farqlash imkonini beradi: tik va til, uka va ula kabi..
Do'stlaringiz bilan baham: |