Sintetik grafemalar - ifodalanuvchisi ikkita bo‘lgan monograflar: Bunday grafemalar rus alifbosiga asoslangan o‘zbek yozuvida bor: е=й+э (елкан), e^+o(eMFup), ю=й+у(юлДуз), я=й+а(яшил) kabi. Lotin-o‘zbek yozuvining grafik tizimida sintetik grafemalar yo‘q.
Prosodemografemalar tovush tilining ohang, melodika, pauza, urg‘u kabi ritmik-intonatsion vositalarini yozuvda ifodalash uchun xizmat qiladigan grafemalar: .(nuqta), ,(vergul), ? (so‘roq belgisi), ! (undov belgisi) va boshqalar (jami 10ta).
Logografemalar (logogrammalar) -tushunchani yoki tushuncha nomi bo‘lgan so‘zni ifodalashga asoslangan grafemalar. Asosan raqamlar logografemalar funksiyasini bajaradi: 1,2,3,4,5 ... kabi. Bu raqamlar “bir”, “ikki”, “uch”, “to‘rt”, “besh” so‘zlari anglatgan miqdor tushunchalarini ifodalaydi. Bunday belgilar aslida ideografik (semasiografik) yozuv tipiga mansub birliklar sanaladi, ammo ulardan fonografik yozuv tarkibida ham foydalaniladi.
Morfografemalar so‘z tarkibidagi ma‘noli qismlarni (morfemalarni) ifodalovchi belgilar.
Simvollar - ilm-fanning ma'lum sohalarida qabul qilingan maxsus ideografik belgilar: a) matematik simvollar (ildiz), - (oluv), + (qo‘shuv), x (ko‘paytiruv), : (bo‘luv), X (iks) va boshqalar; b) astronomik simvollar - ® (Quyosh), C (Oy), 3 (Mars), $ (Merkuriy), Ч (Yupiter), O (Venera, Zuhra), ё (Saturn) va boshqalar.
Signalizatorlar-digraf tarkibida “ishora qilish” vazifasini bajaruvci
komponentlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |