O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi


Download 5.3 Mb.
bet125/272
Sana21.06.2023
Hajmi5.3 Mb.
#1645733
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   272
Bog'liq
Hozirgi o`zbek adabiy tili H.Jamolxonov2019

Fonografik yozuv tipi -tilning fonetik-fonologik birliklarini (fonema, bo‘g‘in, urg‘u va intonatsiyani) fizik-akustik asosdan optik-grafik asosga ko‘chirish imkonini beradigan yozuv tipi.Uning alfavitli yozuv va bo‘g‘inli yozuv turlari bor.
Ideografik yozuv tipi -shartli belgilar asosida tilning ma’noli birliklarini yoki ular nomlagan tushunchlarni ifoda etishga asoslangan yozuv.Bunday yozuvdagi ideogramma va logogrammalar tushunchaning yozuvdagi belgisi bo‘ladi: hozirgi yozuvlarda keng qo‘llanadigan raqamlar, oluv (-), qo‘shuv(+), bo‘luv(:) kabi belgilar ana shunday ideogrammalardir.
Fonografik simmetriya-so‘z yoki morfemaning yozma shaklida tovushlar va harflar miqdorining o‘zaro teng kelishi (“bir tovushga bir hark’ munosabatining ta‘minlanishi).
Fonografik asimmetriya - so‘z yoki morfemaning yozma shaklida —bir tovushga bir hatf" munosabatining buzilishi.
Grafik sinonimiya- shakli har xil bo‘lgan ikki grafemaning ma’lum fonetik-grafik pozitsiyalarda bir fonemani ifodalashi: ekin va tekin so‘zlarining rus-o‘zbek yozuvidagi grafik tarkibida shunday holat yuz beradi: экин ва текин. Bu ikki so‘zda “э” va “e” grafemalari bitta “e” unlisining o‘zini ifodalagan, demak, o‘zaro sinonimik munosabatga kirishgan (Bunday holatni rus-o‘zbek yozuviga xos bo‘lgan pozitsion sinonimiya deyish mumkin).Lotin-o‘zbek yozuvida grafik sinonimiya uchramaydi.
Diakritik belgilar-harfga qo‘shimcha ravishda biriktirilgan ishora elementlari.Ular bir umumiy (integral) belgili grafemalarni o‘zaro farqlashda muhim ahamiyat kasb etadi, ularni farqlash vazifasini bajaradi, shuning uchun differensial belgilar deb ham yuritiladi: rus-o‘zbek alifbosidagi к-ц, г-f, у-у, lotin-o‘zbek yozuvidagi g-g‘, o-o‘ harflari bir-biridan ana shunday diakritik belgilar vositasida farqlangan.
Diakritik belgilar signalizatorlik vazifalarini bajaradi.

Download 5.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling