Leksemalarning paradigmatik, sintagmatik va ierarxik munosabatlarini o„rganishning ahamiyati shundaki, bu masalalar haqida tegishli bilimga ega bo‘lish lug‘at boyligining tizim (sistema) sifatida shakllanish qonuniyatlarini ochish, leksik birliklarning leksik sathning o‘zidagi munosabatlarini va turli sath birliklari munosabatlarida tutgan o‘rni (ishtiroki)ni to‘g‘ri baholash imkonini beradi, demak, talabalarning mazkur masalalarga oid bilim darajasini shakllantirishga xizmat qiladi.
Leksema -ikki jihatli birlik
Har qanday leksema ikki tomonning - tashqi(ifodalovchi) va ichki ifodalanuvchi) tomonlarning birligidan tarkib topadi.
Leksemaning ifodalovchi va ifodalanuvchi tomonlari dialektikaning shakl va mazmun birligi qonuniga asoslanadi: shakl mazmunning bo‘lishini taqozo qiladi, mazmun esa shaklsiz yuzaga kelmaydi, ifodalanmaydi ham. Qiyos qiling: shahar, hashar leksemalarining ikkalasida bir xil fonemalar qatnashgan, ammo bu fonemalarning har ikki leksemadagi joylashish tartibi, demak, leksemallarning shakllari har xil. Bu hol shu ikki leksema ma‘nolarining tilda farqlanishini ta’minlaydi. Ulardagi fonemalar tartibini o‘zgartirish esa shaklning yo‘qolishiga olib keladi: shahar ( leksema)- ashhar (leksema emas), hashar ( leksema) - rashah (leksema emas). Demak, tovushlarning har qanday yig‘indisi leksemaning tashqi formasi bo‘lavermaydi: bunday yig‘indi til birligining (leksik birlikning) tashqi formasi darajasiga ko‘tarilishi uchun u albatta mazmun bilan tarixan bog‘langan bo‘lishi kerak.
Yuqoridagi ma’lumotlardan shunday xulosa qilish mumkin: har qanday leksema shakl va ma‘no butunligiga ega. Leksemaning shakli uning tashqi formasi, mazmun tomoni (ma’nosi yoki ma’nolari) esa shu leksemaning ichki formasi bo‘ladi. Shakl ma’noni borliq tusiga kiritadi, shu orqali ma’noning tilda va inson xotirasida yashashini ta‘minlaydi.
Savollar va topshiriqlar
1 .Leksemaning til qurilishidagi maqomi xususida qanday fikrlar bor?
Leksemaning qaysi xususiyatlari uni til qurilishi birliklari qatoridan o‘rin olishiga asos bo‘ladi?
Leksemaning asosiy belgi-xususiyatlarini sanab ko‘rsating.
Leksemalarning paradigmatik munosabatlarini qanday tushunasiz?
Paradigma va paradigmatika haqida ma‘lumot bering.
Paradigmatika va sintagmatika qanday farqlanadi?
Leksemalarning sintagmatik munosabatlarini misollar tahlili asosida tushuntiring.
Leksemalarnig ierarxik munosabatlari haqida ma‘lumot bering.
9.Ierarxik munosabatlarning qanday turlari bor?
Leksemalarning paradigmatik, sintagmatik va ierarxik munosabatlarini bilishning qanday ilmiy va amaliy ahamiyati bor?
Nima uchun leksema ikki jihatli (bilateral) birlik sanaladi?
Leksemaning tashqi va ichki formalari haqida ma‘lumot bering.
Tayanch tushunchalar
Leksema tilning eng kichik nominativ birligidir, u muayyan til egasining til xotirasida ma‘lum shakl va mazmun birligi holiga kelgan birlik sifatida nutqqa chiqarish uchun tayyor holda saqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |