O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi


Leksemalarning sintagmatik munosabatlari


Download 5.3 Mb.
bet170/272
Sana21.06.2023
Hajmi5.3 Mb.
#1645733
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   272
Bog'liq
Hozirgi o`zbek adabiy tili H.Jamolxonov2019

Leksemalarning sintagmatik munosabatlari
Sintagmatika -til birliklarini nutq zanjiridagi unsurlar sifatida tekshirish aspekti91. Leksemalarni bunday aspektda tekshirish shuni ko‘rsatadiki, nutq zanjirida leksemaning barcha imkoniyatlari bir yo‘la voqelanmaydi: so‘zlovchi leksema paradigmasidagi imkoniyatlardan nutqdagi maqsadga muvofiq bo‘lganini tanlaydi, nutq zanjirini ham shunga muvofiq ravishda tuzadi. Bunda leksemalarning o‘zaro qo‘shnichilik munosabatlariga kirishishlari uchun ularning orasida ma’no o‘xshashligi, aloqadorligi, mantiqiy bo‘g‘lanish bo‘lishi shart. Masalan,xat leksemasi “yozmoq”, “o„qimoq” fe’l leksemalari bilan nutq zanjirida o‘zaro bog‘lanishi mumkin, chunki xat yozilishi, o‘qilishi,yuborilishi mumkin bo‘lgan narsa, ayni shu holat xat yozdi, xatni o „qidi, xatni yubordi kabi birikmalar tuzish imkonini beradi, biroq xat leksemasi “ekmoq”, “sug'ormoq” fe’llari bilan qo‘shnichilik munosabatida bo‘la olmaydi, chunki xat ekiladigan, sug‘oriladigan narsa emas. Bundan anglashiladiki, leksemalarning nutq zanjirida o‘zaro birikishi, bir-biri bilan bog‘lanib kelishi ularning lug‘aviy konteksti, valentlik imkoniayatlari, hatto grammatik tabiati kabi omillar bilan uzviy bo‘g‘liqdir.(Bu haqda “Leksik ma’noning lug‘aviy konteksti”, —Leksik ma’noning grammatik tabiati”, —Leksik ma’nolarda semantik bog‘lanish” mavzulariga qaralsin).
Leksemalarning ierarxik munosabatlari
Leksemalarning ierarxik nunosabatlari, odatda, shu leksemalarning ma’nolari- dagi “keng va tor” yoki —butun va bo‘lak” tafovutlanish belgilariga asoslanadi. Masalan, qovun leksemasining ma’nosi amiri, tarraki,handalak kabi tur nomlarining ma’nolarini o‘z ichiga oladi (ma’nolar turkum nomidan tur nomiga qarab torayib bormoqda),amiri, tarraki, handalak kabi tur nomlarining ma’nolari esa bo„rikalla, bosvoldi,obinovvot, ko„kcha,asati,zamcha kabi nav nomlarining ma’nolarini o‘z ichiga oladi (ma’nolar tur nomidan nav nomiga qarab torayib bornoqda). Demak, turkum nomining ma’nosi tur nomlarining ma’nolarini, tur nomining ma’nosi esa nav nomlarining ma’nolarini o‘z ichiga oladi. Ana shunday keng va tor ma’nolar o‘rtasidagi pog‘onali munosabatlar ierarxik munosabatlarning bir turi sanaladi.
Leksemalardagi ierarxik munosabatlarning ikkinchi turi “butun va bo‘lak” yoki “butun va qism” tafovutlanish belgisiga asoslanadi: daraxt (butun nomi), tana (qism nomi), ildiz (qism nomi), shox-shabba (qism nomi),novda(qism nomi), barg (qism nomi) kabi.
Tilda ierarxik munosabatlarning turli sath birliklari o‘rtasida yuz beradigan ko‘rinishlari ham mavjud. Chunonchi, tilning fonetik-fonologik sathidagi birliklar (fonema, bo‘g‘in, urg‘u, ohang) o‘zidan yuqori pog‘onalarga tegishli birliklarning (morfema, leksema va gapning) shakllanishida —qurilish materiali” vazifasida qatnashadi; ayni paytda morfemalar yasama leksemamning (ishchi, tadbirkor, kasbdosh) va grammatik shakllarning (ishni, ishning, ishga, ishdan kabilarning) ichki va tashqi formalarini borliq tusiga kiritadi; gap esa leksema va leksemashakllarning nutq oqimidagi sintagmatik munosabatlariga asoslanadi.Tilning murakkab strukturaga asoslangan sistemaligi ham ana shunday munosabatlardan kelib chiqadi.
Leksikologiyada va leksik semantikada ierarxik munosabatlarning ko‘proq leksik sathdagi ko‘rinishlari ustida fikr yuritiladi, ammo o‘rni bilan ularning turli sath birlikalari orasidagi ko‘rinishlariga ham e’tibor qaratiladi.

Download 5.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling